2014 yilda Ukrainadagi davlat to‘ntarishini AQSh uyushtirgan — Ilon Mask

© REUTERS / Gonzalo FuentesAmerikanskiy biznesmen i osnovatel SpaceX Ilon Mask
Amerikanskiy biznesmen i osnovatel SpaceX Ilon Mask - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2026
Obuna bo‘lish
Ilon Mask AQSh Davlat departamenti va boshqa idoralari yordamisiz Ukrainada 2014-yilgi davlat to‘ntarishi yuz bermasligini aytdi.
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Amerikalik tadbirkor Ilon Mask 2014-yilda Ukrainadagi davlat to‘ntarishi AQSh tomonidan uyushtirilganini bildirdi. U bu haqda jurnalist Endryu Ross Sorkinga bergan intervyusida gapirdi.

“Biz, Amerika, Ukrainadagi demokratik yo‘l bilan saylangan, Rossiya bilan yaqin munosabatlarni qo‘llab-quvvatlagan prezidentni ag‘darish uchun davlat to‘ntarishi uyushtirdik”, — dedi Mask.

Uning ta’kidlashicha, bu hujumkor harakat bo‘lgan va AQSh Davlat departamenti hamda boshqa davlat idoralarining ko‘magisiz amalga oshmagan bo‘lardi.
Shu bilan birga, Mask 2014-yilda AQShning Ukrainadagi harakatlari ham hujumkor xususiyatga ega bo‘lganini ta’kidladi.
Tadbirkor Ukrainada davom etayotgan jangovar harakatlar va odamlar halok bo‘layotganidan xavotir bildirdi. Uning fikricha, nafaqat ukrainalik, balki rossiyalik askarlarga ham hamdardlik bildirish kerak.
Mask, shuningdek, o‘zining "SpaceX" kompaniyasi "Starlink" sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi orqali Ukrainaga katta yordam ko‘rsatganini eslatdi.
Ma’lumot uchun: 2013-yil noyabrida Ukraina hukumati Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya bitimini imzolashni to‘xtatgach, mamlakatda “Yevromaydon” norozilik namoyishlari boshlangan.
2014 yil 22-fevralda Ukraina parlamenti Viktor Yanukovich prezidentlik vakolatlarini bajarishdan o‘zini chetlashtirgani haqida qaror qabul qildi.
Biroq Konstitutsiya parlamentga prezidentni impichment tartibisiz bevosita lavozimidan chetlashtirish vakolatini bermagan.
Moskva ushbu voqealarni G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlangan davlat to‘ntarishi sifatida baholab kelmoqda.
Poyavlenie yevropeyskix voysk na Ukraine privedet k voyne s Rossiyey – Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukrainaga Yevropa qo‘shinlarining kiritilishi Rossiya bilan urush degani bo‘ladi — Putin
Yangiliklar lentasi
0