Putin, Tramp va Si tinchlik deklaratsiyasini qabul qildi — to‘liq matn

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishTrexstoronnyaya vstrecha Vladimira Putina, Si Szinpina i Donalda Trampa
Trexstoronnyaya vstrecha Vladimira Putina, Si Szinpina i Donalda Trampa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya, AQSh va Xitoy rahbarlari tarixiy uchrashuv yakunlari bo‘yicha tinchlik deklaratsiyasini qabul qildi. Hujjat to‘rtta asosiy banddan iborat.
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpin Shenchjendagi ilk uch tomonlama uchrashuv yakunlari bo‘yicha tinchlik deklaratsiyasini qabul qildi. Hujjat matnini Kreml matbuot xizmati e’lon qildi.
Deklaratsiyada uch mamlakat strategik barqarorlik va xalqaro xavfsizlikni saqlashga sodiqligini bildirdi.
Hujjatning asosiy bandlari:
1.
BMTni isloh qilish. Rossiya, Xitoy va AQSh tashkilot global tahdidlarga samaraliroq javob berishi hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash vazifasini bajarishi uchun uni isloh qilish tarafdori.
2.
Energetika xavfsizligi. Uch davlat neft mahsulotlari ishlab chiqarish va yetkazib berishni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. Barqaror energiya ta’minoti muhimligi ta’kidlandi.
3.
Xalqaro jinoyat sudi. Davlatlarning roziligi tamoyili va rasmiy shaxslar immunitetiga rioya qilish zarurligi qayd etildi. Xalqaro jinoyat sudi va shu kabi tuzilmalar o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmasligi kerakligi ta’kidlandi.
4.
Yadroviy xavfsizlik. Uch mamlakat rahbarlari yadroviy urushda g‘oliblar bo‘lmasligini va bunday urush hech qachon boshlanmasligi kerakligini tasdiqladi. Rossiya, Xitoy va AQSh yadroviy xavflarni kamaytirish hamda yadroviy qurol tarqalishining oldini olish bo‘yicha muloqot olib boradi.
Deklaratsiyada Rossiya va AQSh rahbarlari tarixiy sammitni tashkil etgani uchun Xitoyga minnatdorlik bildirgani ham qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shenchjendagi uchrashuv Rossiya, AQSh va Xitoy rahbarlarining ilk uch tomonlama sammiti bo‘ldi.
Trexstoronnyaya vstrecha Vladimira Putina, Si Szinpina i Donalda Trampa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2026
Putin, Si Szinpin va Trampning tarixiy uchrashuvi: asosiy bayonotlar
Yangiliklar lentasi
0