O‘zbekistonda 1 547 ta metan "zapravka" bor — qaysi viloyatlarda eng ko‘p?

Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi metan quyish shoxobchalarining eng ko‘pi Farg‘ona viloyatida, eng kami esa Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida joylashgan.
O‘zbekiston bo‘yicha jami 1 547 ta metan quyish shoxobchasi faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hududlar kesimida metan quyish shoxobchalari soni quyidagicha:
Farg‘ona viloyati — 174 ta;
Samarqand viloyati — 147 ta;
Andijon viloyati — 143 ta;
Toshkent viloyati — 140 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 136 ta;
Namangan viloyati — 134 ta;
Qashqadaryo viloyati — 117 ta;
Surxondaryo viloyati — 108 ta;
Buxoro viloyati — 100 ta;
Xorazm viloyati — 95 ta;
Toshkent shahri — 78 ta.
Jizzax viloyati — 65 ta;
Navoiy viloyati — 55 ta;
Sirdaryo viloyati — 55 ta;
Yangiliklar lentasi
0