O‘zbekiston termasi FIFA reytingida 60-o‘rinda: avvalgi yillarda qaysi pog‘onalarda edi?

© Press-slujba Assotsiatsii futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana obigrala Iran so schetom 3:1 v tovarisheskom matche
Sbornaya Uzbekistana obigrala Iran so schetom 3:1 v tovarisheskom matche - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi Markaziy Osiyoda yetakchilikni saqlab qoldi. Jahon reytingining birinchi o‘ntaligida esa o‘zgarishlar bo‘ldi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning yangilangan reytingida 60-o‘rinni egalladi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa hisobida 1418,10 ochko bor. O‘zbekiston avvalgi reytingga nisbatan bir pog‘ona pastlagan bo‘lsa-da, Markaziy Osiyo terma jamoalari orasida yetakchilikni saqlab qoldi.
Noyabr oyida O‘zbekiston Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alaba esa jamoaga yo‘qotilgan reyting ochkolarini qoplash imkonini berdi.
Markaziy Osiyo davlatlari terma jamoalarining reytingdagi o‘rinlari:
O‘zbekiston — 60-o‘rin;
Tojikiston — 100-o‘rin;
Qirg‘iziston — 102-o‘rin;
Qozog‘iston — 119-o‘rin;
Turkmaniston — 139-o‘rin.
FIFA jahon reytingining birinchi o‘ntaligi:
1.
Ispaniya — 2004,48 ochko;
2.
Argentina — 1966,13;
3.
Fransiya — 1950,82;
4.
Angliya — 1938,90;
5.
Marokash — 1809,37;
6.
Portugaliya — 1801,28;
7.
Braziliya — 1800,91;
8.
Belgiya — 1790,37;
9.
Niderlandiya — 1774,06;
10.
Kolumbiya — 1735,90.
Rossiya terma jamoasi esa 1545,59 ochko bilan 35-o‘rinda qoldi. Rossiya jamoalari va klublari 2022-yil fevral oyidan buyon FIFA va UYeFA musobaqalaridan chetlashtirilgan.
O‘zbekiston 10-yil avval qaysi o‘rinda edi?
2016 yil noyabr oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 62-o‘rinda edi. O‘sha paytda jamoa Osiyo qit’asida oltinchi pog‘onani egallagan.
2025 yil oxirida esa O‘zbekiston 54-o‘rinda bo‘lgan. Shu tariqa, jamoa hozir o‘tgan yil yakuniga nisbatan olti pog‘ona pastda, biroq 2016-yil noyabriga qaraganda ikki pog‘ona yuqorida turibdi.
Qayd etish joiz, FIFA 2018-yilda reytingni hisoblash tizimini o‘zgartirgan. Shu bois turli yillardagi o‘rinlarni taqqoslash mumkin bo‘lsa-da, reyting ochkolarini bevosita solishtirish to‘g‘ri emas.
Glavniy trener sbornoy Uzbekistana Fabio Kannavaro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2026
“Bu mening xatoyim ham”: Kannavaro Rossiyaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat sabablarini sanadi
Yangiliklar lentasi
0