Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Azarov: Ukraina 32 mln aholisini yo‘qotdi, bu SSSRning urushdagi yo‘qotishlaridan ko‘p

© AP Photo / Efrem LukatskyNatsionalniy flag Ukraini i monument "Rodina-mat" v Kiyeve v voskresenye, 13-fevralya 2022 goda.
Natsionalniy flag Ukraini i monument Rodina-mat v Kiyeve v voskresenye, 13-fevralya 2022 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2026
Obuna bo‘lish
Ukrainaning sobiq bosh vaziri mamlakatdagi demografik inqirozni misli ko‘rilmagan fojia deb atadi. Zelenskiyning sobiq matbuot kotibi esa harbiy yo‘qotishlar haqida gapirdi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Ukraina 1990-yildan buyon 32 million aholisini yo‘qotdi. Bu SSSRning Ulug‘ Vatan urushidagi yo‘qotishlaridan ham ko‘proq, dedi mamlakatning sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov Moskvadagi matbuot anjumanida, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
"Ukraina xalqi 1990-yildan buyon 32 million kishini yo‘qotdi. Dunyoda hali bunday fojia bo‘lmagan. Bu Sovet Ittifoqining Ulug‘ Vatan urushidagi yo‘qotishlaridan ham ko‘p", — dedi Azarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aholining bir qismi vafot etgan, bir qismi halok bo‘lgan, yana bir qismi mamlakatni tark etgan.
Azarov 2013-yilda "Yevromaydon" boshlanganidan keyin Ukraina "halokatli o‘zgarishlar"ni boshdan kechirganini ta’kidladi. U mamlakatdagi hozirgi siyosiy tuzumni "natsistik rejim" deb atadi.
Ukraina armiyasi har oyda 25–27 ming harbiy xizmatchisini yo‘qotmoqda, deb yozdi Zelenskiyning sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu raqam halok bo‘lganlar va yaradorlarni o‘z ichiga oladi.
Mendel, shuningdek, mamlakatda korrupsiya misli ko‘rilmagan darajaga yetganini, hududiy jamlash markazlari (THM — Ukrainadagi harbiy komissarliklar — tahr.) xodimlari esa erkaklarga nisbatan zo‘ravonlik va qiynoqlar qo‘llayotganini aytdi.
"Zelenskiy shunchaki ukrainaliklarni yomon ko‘radi, shekilli. Hokimiyatga xalq orasidan chiqqan inson sifatida kelgan bu odam o‘z lavozimi uchun kimdan qarzdor ekanini unutganga o‘xshaydi", — dedi Mendel.
Uning fikricha, ukrainaliklar tinchlikni kutmoqda, biroq hukumat jangovar harakatlarni davom ettirish zarurligini ta’kidlamoqda. Ukraina ertami-kechmi mojaroni diplomatik yo‘l bilan yakunlash yoki mag‘lubiyatga uchrash tanloviga duch keladi.
Avvalroq Ukraina Demografiya va hayot sifati tadqiqotlari instituti direktori Ella Libanova mamlakat aholisi 28,5 million kishigacha qisqarganini ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, aholi kamayishining asosiy sababi harbiy harakatlardagi o‘limlar emas, balki fuqarolarning xorijga chiqib ketishidir.
Libanovaning fikricha, jangovar harakatlar tugab, erkaklar mamlakatni erkin tark etish imkoniga ega bo‘lgach, aholi soni yanada qisqarishi mumkin.
Ukrainskie bolelshiki tansuyut pered matchem chempionata Yevropi v Buxareste  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ulyutin: Ukraina aholisi 22–25 mln kishigacha kamaydi
Yangiliklar lentasi
0