https://oz.sputniknews.uz/20261118/maosh-bank-karta-tanlov-62097783.html
Endi xodimlar maosh oladigan bank kartasini o‘zi tanlashi mumkin
Endi xodimlar maosh oladigan bank kartasini o‘zi tanlashi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda xodimlar maoshini o‘zi tanlagan bank kartasi yoki elektron hamoniga olishi mumkin. Yangi tizim hozircha xususiy sektorda ishlaydi. Buning uchun nima qilish kerak? Batafsil.
2026-11-18T14:22+0500
2026-11-18T14:22+0500
2026-11-18T14:22+0500
plastik karta
bank kartasi
jamiyat
markaziy bank
maosh
oylik
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/15/55117355_0:60:1135:698_1920x0_80_0_0_8dfc06dfbbecc5ce8f7f01470b4fc5ce.jpg
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekistonda xodimlar ish haqi, mukofot puli va boshqa to‘lovlarni o‘zi tanlagan bank kartasi yoki elektron hamoniga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.Yangi imkoniyat "Mablag‘larni taqsimlash markazi" tizimi orqali yaratilmoqda. Endilikda xodim ish beruvchi qaysi bank bilan hamkorlik qilishidan qat’i nazar, maoshini o‘ziga qulay bank kartasiga olishi mumkin.Avval ish haqini olish uchun ko‘pincha ish beruvchi hamkorlik qiladigan bankda alohida karta ochish talab etilardi. Yangi tizim esa bunday zaruratni bartaraf etadi.Maoshni o‘zi tanlagan kartaga olish uchun nima qilish kerak?Bunda xodim yangi tizimda alohida ro‘yxatdan o‘tishi shart emas. Keyinchalik bankni yoki karta rekvizitlarini o‘zgartirish ham mumkin.Yangi mexanizm ish beruvchilarga ham qulaylik yaratadi. Tashkilot xodimlari turli banklardan foydalangan taqdirda ham barcha to‘lovlarni yagona reyestr orqali amalga oshirishi mumkin.Tizim 2025-yil 27-noyabrdagi prezident qarori asosida joriy etilmoqda. Uning maqsadi fuqarolarga bankni erkin tanlash imkonini berish, banklar o‘rtasida raqobatni kuchaytirish va ommaviy to‘lovlarni soddalashtirishdan iborat.
https://oz.sputniknews.uz/20260810/bank-nazorat-operatsiyalar-59591437.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/15/55117355_63:0:1071:756_1920x0_80_0_0_14a4a1c1c10ec1b1af81e830ee27732b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
plastik karta, bank kartasi, jamiyat, markaziy bank, maosh, oylik, o‘zbekiston
plastik karta, bank kartasi, jamiyat, markaziy bank, maosh, oylik, o‘zbekiston
Endi xodimlar maosh oladigan bank kartasini o‘zi tanlashi mumkin
Yangi tizim orqali ish haqi va boshqa to‘lovlarni ish beruvchi qaysi bank bilan ishlashidan qat’i nazar, o‘ziga qulay kartaga olish mumkin.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekistonda xodimlar ish haqi, mukofot puli va boshqa to‘lovlarni o‘zi tanlagan bank kartasi yoki elektron hamoniga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati
xabar berdi.
Yangi imkoniyat "Mablag‘larni taqsimlash markazi" tizimi orqali yaratilmoqda. Endilikda xodim ish beruvchi qaysi bank bilan hamkorlik qilishidan qat’i nazar, maoshini o‘ziga qulay bank kartasiga olishi mumkin.
Avval ish haqini olish uchun ko‘pincha ish beruvchi hamkorlik qiladigan bankda alohida karta ochish talab etilardi. Yangi tizim esa bunday zaruratni bartaraf etadi.
Maoshni o‘zi tanlagan kartaga olish uchun nima qilish kerak?
Xodim o‘ziga qulay bank kartasi yoki elektron hamonni tanlaydi.
Uning rekvizitlarini ish beruvchining buxgalteriyasiga taqdim etadi.
Ish beruvchining banki to‘lov ma’lumotlarini "Mablag‘larni taqsimlash markazi"ga yuboradi.
Tizim ma’lumotlarni tekshirib, mablag‘larni xodim tanlagan bankka yo‘naltiradi.
Bunda xodim yangi tizimda alohida ro‘yxatdan o‘tishi shart emas. Keyinchalik bankni yoki karta rekvizitlarini o‘zgartirish ham mumkin.
Muhim jihati: tizimning birinchi versiyasi hozircha faqat xususiy sektor tashkilotlari va ularning xodimlari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, bank kartasi yoki elektron hamon xodimning o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.
Yangi mexanizm ish beruvchilarga ham qulaylik yaratadi. Tashkilot xodimlari turli banklardan foydalangan taqdirda ham barcha to‘lovlarni yagona reyestr orqali amalga oshirishi mumkin.
Tizim 2025-yil 27-noyabrdagi prezident qarori asosida joriy etilmoqda. Uning maqsadi fuqarolarga bankni erkin tanlash imkonini berish, banklar o‘rtasida raqobatni kuchaytirish va ommaviy to‘lovlarni soddalashtirishdan iborat.