https://oz.sputniknews.uz/20261118/kazakhstan-internet-nazorat-62104062.html
Folbinlardan "motivatorlar"gacha: Qozog‘iston internet nazoratini kuchaytirmoqchi
Folbinlardan "motivatorlar"gacha: Qozog‘iston internet nazoratini kuchaytirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda folbinlar kontentiga belgi qo‘yish, onlayn-kouchlardan diplom talab qilish, 5 mingdan ortiq obunachili anonim akkauntlarni aniqlash va roziliksiz surat e’lon qilganlar uchun jarima joriy etish taklif qilinmoqda.
2026-11-18T17:47+0500
2026-11-18T17:47+0500
2026-11-18T17:47+0500
ijtimoiy tarmoq
internet
bloger
bolalar
dunyoda
dunyo yangiliklari
qozog‘iston
markaziy osiyo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/09/42425743_0:256:2731:1792_1920x0_80_0_0_b8efa73ca49ea0cb2e8e86cda913464b.jpg
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Qozog‘istonda folbinlar, onlayn-kouchlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga yangi talablar joriy etish rejalashtirilmoqda. Tegishli qonun loyihalari parlamentda birinchi o‘qishda ma’qullandi, deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston.Yangi qoidalarga ko‘ra, folbinlar, bashoratchilar va sehrgarlik xizmatlarini taklif qiluvchilar o‘z kontentida bunday xizmatlar ko‘ngilochar xususiyatga ega ekani, ilmiy yoki amaliy jihatdan tasdiqlanmaganini ko‘rsatishi shart bo‘ladi.Qonun loyihalarida internetdagi anonim akkauntlar ustidan nazoratni kuchaytirish ham nazarda tutilgan. Jumladan, 5 mingdan ortiq obunachisi bo‘lgan anonim foydalanuvchilar va ommaviy sahifalarni identifikatsiya qilish hamda ularning reyestrini yuritish taklif etilmoqda.Madaniyat va axborot vaziri Arman Qiriqboyevning ma’lum qilishicha, 2026-yilning dastlabki o‘n oyida internet platformalarida qonunga zid 128,5 mingta material aniqlangan. Ularning qariyb 70 foizi o‘chirilgan.Shu bois onlayn platformalarni Qozog‘istonda rasmiy vakolatxona ochishga majburlash, qonunga zid materiallarni o‘chirish bo‘yicha talablarni bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash rejalashtirilmoqda.Bundan tashqari, fuqarolarning suratlarini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda e’lon qilganlik uchun jarimalar joriy etish taklif qilingan. Jarima miqdori jismoniy shaxslar uchun taxminan 290 dollar, tashkilotlar uchun esa 580 dollardan 1950 dollargacha bo‘lishi mumkin.Hozircha ushbu talablar qonun loyihasi bosqichida. Ular kuchga kirishi uchun parlamentdagi keyingi qonunchilik jarayonlaridan o‘tishi kerak.
https://oz.sputniknews.uz/20260826/kazakhstan-bolalar-ijtimoiy-tarmoq-taqiq-59980619.html
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/09/42425743_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_62904bcfcd3a0aefcc512b518f380d04.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ijtimoiy tarmoq, internet, bloger, bolalar, dunyoda, dunyo yangiliklari, qozog‘iston, markaziy osiyo
ijtimoiy tarmoq, internet, bloger, bolalar, dunyoda, dunyo yangiliklari, qozog‘iston, markaziy osiyo
Folbinlardan "motivatorlar"gacha: Qozog‘iston internet nazoratini kuchaytirmoqchi
Qozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqlash, folbinlar va "motivatorlar"ga yangi talablar qo‘yish taklif etilmoqda.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Qozog‘istonda folbinlar, onlayn-kouchlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga yangi talablar joriy etish rejalashtirilmoqda. Tegishli qonun loyihalari parlamentda birinchi o‘qishda ma’qullandi, deb
xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston.
Yangi qoidalarga ko‘ra, folbinlar, bashoratchilar va sehrgarlik xizmatlarini taklif qiluvchilar o‘z kontentida bunday xizmatlar ko‘ngilochar xususiyatga ega ekani, ilmiy yoki amaliy jihatdan tasdiqlanmaganini ko‘rsatishi shart bo‘ladi.
"Motivatorlar", ya’ni onlayn-kouchlar va ta’lim kurslari mualliflari esa o‘z malakasini tasdiqlovchi diplom yoki sertifikat haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishi kerak
Qonun loyihalarida internetdagi anonim akkauntlar ustidan nazoratni kuchaytirish ham nazarda tutilgan. Jumladan, 5 mingdan ortiq obunachisi bo‘lgan anonim foydalanuvchilar va ommaviy sahifalarni identifikatsiya qilish hamda ularning reyestrini yuritish taklif etilmoqda.
Madaniyat va axborot vaziri Arman Qiriqboyevning ma’lum qilishicha, 2026-yilning dastlabki o‘n oyida internet platformalarida qonunga zid 128,5 mingta material aniqlangan. Ularning qariyb 70 foizi o‘chirilgan.
Shu bois onlayn platformalarni Qozog‘istonda rasmiy vakolatxona ochishga majburlash, qonunga zid materiallarni o‘chirish bo‘yicha talablarni bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, fuqarolarning suratlarini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda e’lon qilganlik uchun jarimalar joriy etish taklif qilingan. Jarima miqdori jismoniy shaxslar uchun taxminan 290 dollar, tashkilotlar uchun esa 580 dollardan 1950 dollargacha bo‘lishi mumkin.
Yana bir o‘zgarish 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqlashni nazarda tutadi.
Hozircha ushbu talablar qonun loyihasi bosqichida. Ular kuchga kirishi uchun parlamentdagi keyingi qonunchilik jarayonlaridan o‘tishi kerak.