Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII va Indoneziya o‘rtasidagi erkin savdo bitimi 2027-yil boshida kuchga kiradi — Putin

© Getty Images / Abdul AzisDjakarta
Djakarta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2026
Obuna bo‘lish
YeOIIning erkin savdo bitimlari tuzilgan hamkor mamlakatlardan iborat imtiyozli bozori so‘nggi uch yilda uch baravar kengaydi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Indoneziya o‘rtasidagi erkin savdo bitimi 2027-yil boshida kuchga kiradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoyning Shenchjen shahrida o‘tayotgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) forumi doirasidagi ishbilarmonlar sammitida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, so‘nggi uch yilda YeOIIning erkin savdo bitimlari tuzilgan hamkor mamlakatlardan iborat imtiyozli bozori uch baravar kengaydi.
2025 yilda Eron bilan erkin savdo bitimi kuchga kirgan bo‘lsa, 2026-yilda Birlashgan Arab Amirliklari va Mo‘g‘uliston bilan ham shunday kelishuvlar ishlay boshladi.
YeOII boshqa davlatlar bilan ham erkin savdo aloqalarini kengaytirmoqda:
Hindiston bilan erkin savdo to‘g‘risida muzokaralar olib borilmoqda;
Tunis bilan muhokamalar boshlanmoqda;
Pokiston, Iordaniya, Misr, Janubiy Afrika Respublikasi va Zimbabve bilan shunday bitimlar tuzish istiqbollari o‘rganilmoqda.
YeOII va Indoneziya o‘rtasidagi erkin savdo bitimi 2025-yil 21-dekabrda Sankt-Peterburgda imzolangan. Hujjat 11,8 mingdan ortiq tovar pozitsiyasi bo‘yicha bojlarni kamaytirish yoki bekor qilishni nazarda tutadi.
Avvalroq Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Aleksey Gruzdev mazkur bitim 2026-yil oxirigacha kuchga kirishi mumkinligini bildirgan edi.
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Prabovo Subianto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2026
O‘zbekiston va YeOII
Indoneziya prezidenti YeOIIni hamkorlik namunasi deb atadi
Yangiliklar lentasi
0