O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar: top-5 davlat

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha Xitoy, Rossiya va Turkiya yetakchi. Top-5 — Sputnik infografikasida.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-noyabr holatiga O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda — 7 106 ta.
Keyingi o‘rinlarda Rossiya — 3 885 ta va Turkiya — 2 554 ta korxona bilan bormoqda.
Umuman, mamlakatda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 23 501 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 5 906 taga yoki 33,6 foizga ko‘p.
Shundan 5 137 tasi qo‘shma korxona, 18 364 tasi esa xorijiy korxona hisoblanadi..
Batafsil — Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0