Buxoro NQIZ quvvatlari kengaytiriladi – rejalar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o tekushey deyatelnosti Buxarskogo neftepererabativayushego zavoda i planax po rasshireniyu yego moshnostey.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o tekushey deyatelnosti Buxarskogo neftepererabativayushego zavoda i planax po rasshireniyu yego moshnostey. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2026
Obuna bo‘lish
Yiliga 1,1 mln tonna Yevro-5 standartidagi avtobenzin ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
TOShKENT, 13 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro neftni qayta ishlash zavodining joriy faoliyati va quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha rejalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
1997 yilda ishga tushirilgan zavod yiliga 2,5 mln tonna neft va gaz kondensatini qayta ishlash quvvatiga ega. Korxonada avtobenzin, dizel yonilg‘isi, aviakerosin va boshqa neft mahsulotlari ishlab chiqariladi. Hozirda bu yerda 3,2 mingdan ziyod kishi ishlaydi.
Taqdimotda ma’lum qilinishicha, 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida zavodda 1,5 mln tonnadan ortiq xomashyo qayta ishlanib, qariyb shuncha neft mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Korxonaning sof foydasi 2,2 trln so‘mni tashkil etgan.
Yil yakunigacha xomashoni qayta ishlash hajmini 2,17 mln tonnaga, neft mahsulotlari ishlab chiqarishni esa 2,12 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.
Zavodda Yevro-5 ekologik standartiga javob beradigan AI-92 va AI-95 rusumli avtobenzin ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham loyiha ishlab chiqilgan. Uning qiymati 328 mln dollarni tashkil etadi.
Loyiha doirasida mavjud texnologik jarayonlarni takomillashtirish va yangi ishlab chiqarish qurilmalarini barpo etish ko‘zda tutilgan. Natijada yiliga 1,1 mln tonna Yevro-5 standartidagi avtobenzin ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, import qilinadigan yoqilg‘i qo‘shimchalari xarajatlaridan yiliga 150 mln dollargacha tejalishi hamda 200 ta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Loyihani 2029-yilning ikkinchi choragida ishga tushirish mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, qiymati 1,8 mlrd dollar bo‘lgan istiqbolli loyiha doirasida zavodda neftni zamonaviy qayta ishlash va neft-kimyo texnologiyalarini joriy etish, yangi texnologik qurilmalar qurish rejalashtirilgan.
U amalga oshirilsa, neft mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy yillik hajmi hozirgi 2,1 mln tonnadan 4,6 mln tonnaga yetadi. Jumladan, avtobenzin ishlab chiqarish 2,7 mln tonna, dizel yonilg‘isi 1,24 mln tonna, aviakerosin esa 500 ming tonnaga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, benzol va boshqa neft-kimyo mahsulotlarini o‘zlashtirish, xomashoni chuqur qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish imkoniyatlari kengayadi.
Loyihani amalga oshirishda Xitoy, Fransiya, AQSh va Ozarbayjonning yetakchi texnologik kompaniyalari bilan hamkorlik qilish rejalashtirilgan. Qurilish ishlarini 2028-yilda boshlash mo‘ljallangan.
Taqdimotda loyihalarning iqtisodiy samaradorligi, zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish hamda yuqori sifatli va raqobatbardosh neft mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Ferganskiy neftepererabativayushiy zavod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2026
Farg‘ona NQIZ yuklamasini yil oxirigacha 65% gacha yetkazish rejalashtirilmoqda
Yangiliklar lentasi
0