https://oz.sputniknews.uz/20261110/sanktsiya-dunyo-ochlik-61886134.html
Dunyoda 600 milliondan ortiq odam sanksiyalar tufayli och qolmoqda — Lavrov
Dunyoda 600 milliondan ortiq odam sanksiyalar tufayli och qolmoqda — Lavrov
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov dunyodagi ochlik sabablarini sanksiyalar bilan bog‘ladi. U Rossiya va AQSh o‘rtasidagi dizel kelishuvi, narxlar pasayishi, Yevropa yo‘qotishlari va Rossiya eksporti haqida ham ma’lum qildi.
2026-11-10T09:57+0500
2026-11-10T09:57+0500
2026-11-10T10:15+0500
sergey lavrov
rossiya tiv
rossiya
sanksiyalar
ochlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1f/60087920_0:91:3072:1819_1920x0_80_0_0_5a766216bdfe0e9b206fe461acef9510.jpg
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Dunyoda 600 milliondan ortiq kishi ochlikdan aziyat chekmoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov buning sababi resurslar yetishmasligi emas, balki sanksiyalar va savdo to‘siqlari ekanini bildirdi. Bu haqda u "Kommersant’" gazetasida chop etilgan maqolasida yozdi.Lavrovning yozishicha, joriy yilda G20 mamlakatlarining savdo vazirlari oziq-ovqat yetkazib berishdan bosim vositasi sifatida foydalanishni qoralagan. Yevropa Ittifoqi ham bu pozitsiyaga qo‘shilgan. Endi esa ushbu kelishuvlarni amalda bajarish zarur.Rossiya vaziri G‘arb davlatlari xalqaro savdoning umumiy qoidalarini bloklarga bo‘linish mantig‘i bilan almashtirayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, sanksiyalar va savdo to‘siqlari jahon iqtisodiyotining parchalanishiga olib kelmoqda.Lavrov sanksiyalar Rossiyaga sezilarli zarar yetkazmaganini, aksincha, Yevropa uchun trillionlab yo‘qotishlarga, AQShda inflyatsiyaga va boshqa mamlakatlarda aholi farovonligining pasayishiga sabab bo‘lganini bildirdi.Rossiya va AQSh o‘rtasidagi dizel kelishuviRossiya va AQSh rahbarlari o‘rtasida Rossiya dizel yoqilg‘isi eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuv allaqachon amalga oshirilmoqda.Biroq Rossiya TIV rahbari dizel narxi qanchaga pasaygani bo‘yicha aniq raqamlarni keltirmadi.Uning ma’lum qilishicha, Rossiya 2022-yildan buyon Yevropaga 320 milliard dollarlik energiya resurslari yetkazib bergan.Shu bilan birga, Rossiya eksportining 80 foizi G‘arbdan tashqari mamlakatlarga, jumladan, 70 foizi Osiyo bozorlariga yo‘naltirilgan.2026 yilning birinchi choragida Rossiyadan ASEAN mamlakatlariga neft va mineral xomashyo yetkazib berish hajmi 40 foizga oshgan.Lavrov Rossiya 160 ta mamlakatga oziq-ovqat va o‘g‘itlar yetkazib berayotganini ham ta’kidladi. Uning fikricha, jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun xalqaro savdodagi siyosiy to‘siqlarni kamaytirish va teng huquqli hamkorlikni kengaytirish zarur.
https://oz.sputniknews.uz/20261017/aqshda-rossiya-bilan-dizel-kelishuviga--xalaqit-bermoqchi-bolishdi-61265998.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1f/60087920_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_9a1aa321140c62916b74c246dca9c0c6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sergey lavrov, rossiya tiv, rossiya, sanksiyalar, ochlik
sergey lavrov, rossiya tiv, rossiya, sanksiyalar, ochlik
Dunyoda 600 milliondan ortiq odam sanksiyalar tufayli och qolmoqda — Lavrov
09:57 10.11.2026 (yangilandi: 10:15 10.11.2026) Lavrov ochlikni sanksiyalar bilan bog‘ladi. Shuningdek, Rossiya va AQShning dizel kelishuvi narxlarni pasaytirganini bildirdi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Dunyoda 600 milliondan ortiq kishi ochlikdan aziyat chekmoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov buning sababi resurslar yetishmasligi emas, balki sanksiyalar va savdo to‘siqlari ekanini bildirdi. Bu haqda u "Kommersant’" gazetasida chop etilgan maqolasida
yozdi.
"Gap resurslar yetishmasligida emas, balki sanksiyalar va to‘siqlarda", — deya ta’kidladi vazir.
Lavrovning yozishicha, joriy yilda G20 mamlakatlarining savdo vazirlari oziq-ovqat yetkazib berishdan bosim vositasi sifatida foydalanishni qoralagan. Yevropa Ittifoqi ham bu pozitsiyaga qo‘shilgan. Endi esa ushbu kelishuvlarni amalda bajarish zarur.
Rossiya vaziri G‘arb davlatlari xalqaro savdoning umumiy qoidalarini bloklarga bo‘linish mantig‘i bilan almashtirayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, sanksiyalar va savdo to‘siqlari jahon iqtisodiyotining parchalanishiga olib kelmoqda.
Lavrov sanksiyalar Rossiyaga sezilarli zarar yetkazmaganini, aksincha, Yevropa uchun trillionlab yo‘qotishlarga, AQShda inflyatsiyaga va boshqa mamlakatlarda aholi farovonligining pasayishiga sabab bo‘lganini bildirdi.
Rossiya va AQSh o‘rtasidagi dizel kelishuvi
Rossiya va AQSh rahbarlari o‘rtasida Rossiya dizel yoqilg‘isi eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuv allaqachon amalga oshirilmoqda.
"Uni amalda bajarishga allaqachon kirishdik va bu darhol narxlarni pasaytirdi", — dedi Lavrov.
Biroq Rossiya TIV rahbari dizel narxi qanchaga pasaygani bo‘yicha aniq raqamlarni keltirmadi.
Uning ma’lum qilishicha, Rossiya 2022-yildan buyon Yevropaga 320 milliard dollarlik energiya resurslari yetkazib bergan.
Shu bilan birga, Rossiya eksportining 80 foizi G‘arbdan tashqari mamlakatlarga, jumladan, 70 foizi Osiyo bozorlariga yo‘naltirilgan.
2026 yilning birinchi choragida Rossiyadan ASEAN mamlakatlariga neft va mineral xomashyo yetkazib berish hajmi 40 foizga oshgan.
Shimoliy dengiz yo‘li orqali yuk tashish ham tarixiy eng yuqori darajaga yetgan. Yil boshida reyslar soni 1,5 baravar, yuk tashish hajmi esa 25 foizga ko‘paygan. Yil yakunida 40 million tonna yuk tashilishi kutilmoqda.
Lavrov Rossiya 160 ta mamlakatga oziq-ovqat va o‘g‘itlar yetkazib berayotganini ham ta’kidladi. Uning fikricha, jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun xalqaro savdodagi siyosiy to‘siqlarni kamaytirish va teng huquqli hamkorlikni kengaytirish zarur.