https://oz.sputniknews.uz/20261106/toshkent-61793947.html
Toshkentda MDH davlatlari jurnalistlari va blogerlari uchun mediamaktab qanday o‘tdi
Toshkentda MDH davlatlari jurnalistlari va blogerlari uchun mediamaktab qanday o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbir dasturidan sun’iy intellekt imkoniyatlarini o‘rganish, raqamli kontent yaratish, shaxsiy brendni rivojlantirish va boshqa ko‘plab mavzular o‘rin oldi. 06.11.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-11-06T16:23+0500
2026-11-06T16:23+0500
2026-11-06T16:23+0500
video
jurnalistlar
toshkent
mdh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/06/61801904_48:0:1852:1015_1920x0_80_0_0_061e4b332bb8a63cec347e4f411541f3.jpg
Toshkentda yosh jurnalistlar va blogerlar uchun “Kelajak yoshlari: raqamli texnologiyalar va ijodiy yechimlar” mediamaktabining III bosqichi bo‘lib o‘tdi. U “Ziyo Forum” ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish jamg‘armasi bazasida bo‘lib o‘tdi.Tadbir MDHga a’zo davlatlarning Davlatlararo gumanitar hamkorlik jamg‘armasi ko‘magida “Shimol – Janub” siyosatshunoslik markazi tomonidan tashkil etildi. O‘quv dasturi “Media 2026: inson, sun’iy intellekt va yangi e’tibor iqtisodiyoti” mavzusiga bag‘ishlandi.Mediamaktab O‘zbekiston, Rossiya, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan 70 ga yaqin ishtirokchini bir joyga jamladi. Ular orasida yosh jurnalist va blogerlar, shuningdek, ustozlar, ekspertlar va amaliyotchilar bor.Qirg‘iziston xalqi Assambleyasi yoshlar birlashmasi rahbari Yunusjon Ilaxunov mamlakat delegatsiyasi Toshkentdagi mediamaktabda ishtirok etayotganidan mamnun ekanligini aytdi.Xalqaro format yosh mutaxassislarga nafaqat yangi bilimlar olish, balki o‘zaro tajriba almashish, o‘z mamlakatlaridagi mediamuhitning o‘ziga xos jihatlarini muhokama qilish hamda kasbiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkonini berdi.“Shimol – Janub” siyosatshunoslik markazi ijrochi direktori Anjelika Trapeznikovaning aytishicha, loyiha 2024-yilda boshlangan.Uning so‘zlariga ko‘ra, mediamaktabning asosiy vazifalaridan biri faqat nazariya bilan cheklanib qolmay, ishtirokchilarga olingan bilimlarni amalda qo‘llash hamda o‘z medialoyihalarini tayyorlash imkoniyatini berishdan iborat. Tashkilotchilar sifatli jurnalistika va blogerlikning poydevori bo‘lib qolayotgan mediasavodxonlikka alohida e’tibor qaratishmoqda.Ikki kunlik mediamaktab dasturi zamonaviy mediasanoatining dolzarb talablariga qaratildi. Qozog‘istonlik ijtimoiy-siyosiy arbob hamda jamoatchilik muhitida ijodiy yondashuvlarni rivojlantirish bo‘yicha ekspert Rustam Qayriyev ishtirokchilarga turistik kontentga odatiy qoliplardan kengroq qarashni taklif qildi. Uning fikricha, mamlakat haqida hikoya qilish — bu nafaqat diqqatga sazovor joylar, tog‘lar, muzeylar va ibodatxonalarni, balki, eng avvalo, odamlarni ko‘rsatish demak.Rossiya prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining Milliy xavfsizlik fakulteti professori Natalya Xaritonova “Shaffoflik va manipulyatsiya: AI Deepfake dunyosida malakalar, ma’ruzachi obro‘si, OSINT va inqirozni boshqarish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi. Toshkentdagi “Faces” reklama agentligi asoschisi Sabina Bakiyeva ortida pul, algoritm va bloger turgan hikoyani yaratish haqida gapirib berdi, Artemiy Lebedevning mediaproduseri hamda Art. Lebedev Media rahbari ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy brend yaratish sirlarini ochib berdi.Shaxsiy medialoyihalar ustida yakka tartibda va guruh bo‘lib mustaqil ishlash dasturning muhim qismiga aylandi. Ishtirokchilar o‘z ishlanmalarini ekspertlar, hakamlar hay’ati a’zolari, hamkorlar va tadbir mehmonlari e’tiboriga taqdim etishdi. Taqdimotlar yakuniga ko‘ra eng yaxshi loyihalar e’tirof etilib, taqdirlandi, barcha ishtirokchilarga esa sertifikatlar topshirildi.Mediamaktab MDHning turli mamlakatlaridan kelgan yosh mutaxassislar o‘rtasida kasbiy muloqot o‘rnatish, tajriba almashish hamda media sohasida yangi xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish maydoniga aylandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/06/61801904_273:0:1626:1015_1920x0_80_0_0_47e8a04428f587608083a65e7fe800c7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, jurnalistlar, toshkent, mdh, video
video, jurnalistlar, toshkent, mdh, video
Toshkentda MDH davlatlari jurnalistlari va blogerlari uchun mediamaktab qanday o‘tdi
Eksklyuziv
Tadbir dasturidan sun’iy intellekt imkoniyatlarini o‘rganish, raqamli kontent yaratish, shaxsiy brendni rivojlantirish va boshqa ko‘plab mavzular o‘rin oldi.
Toshkentda yosh jurnalistlar va blogerlar uchun “Kelajak yoshlari: raqamli texnologiyalar va ijodiy yechimlar” mediamaktabining III bosqichi bo‘lib o‘tdi. U “Ziyo Forum” ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish jamg‘armasi bazasida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir MDHga a’zo davlatlarning Davlatlararo gumanitar hamkorlik jamg‘armasi ko‘magida “Shimol – Janub” siyosatshunoslik markazi tomonidan tashkil etildi. O‘quv dasturi “Media 2026: inson, sun’iy intellekt va yangi e’tibor iqtisodiyoti” mavzusiga bag‘ishlandi.
Mediamaktab O‘zbekiston, Rossiya, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan 70 ga yaqin ishtirokchini bir joyga jamladi. Ular orasida yosh jurnalist va blogerlar, shuningdek, ustozlar, ekspertlar va amaliyotchilar bor.
Qirg‘iziston xalqi Assambleyasi yoshlar birlashmasi rahbari Yunusjon Ilaxunov mamlakat delegatsiyasi Toshkentdagi mediamaktabda ishtirok etayotganidan mamnun ekanligini aytdi.
“Bugungi kunda media hayotimizning ajralmas qismidir, ayniqsa, yoshlar mediasavodxonlik asoslarini egallashi nihoyatda muhim”, — dedi u.
Xalqaro format yosh mutaxassislarga nafaqat yangi bilimlar olish, balki o‘zaro tajriba almashish, o‘z mamlakatlaridagi mediamuhitning o‘ziga xos jihatlarini muhokama qilish hamda kasbiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkonini berdi.
“Shimol – Janub” siyosatshunoslik markazi ijrochi direktori Anjelika Trapeznikovaning aytishicha, loyiha 2024-yilda boshlangan.
“Bunday uchrashuvlardan so‘ng o‘zaro ishonch, kasbiy aloqalar va birgalikda yangi loyihalarni yaratish istagi saqlanib qolishi biz uchun ayniqsa qadrlidir”, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mediamaktabning asosiy vazifalaridan biri faqat nazariya bilan cheklanib qolmay, ishtirokchilarga olingan bilimlarni amalda qo‘llash hamda o‘z medialoyihalarini tayyorlash imkoniyatini berishdan iborat. Tashkilotchilar sifatli jurnalistika va blogerlikning poydevori bo‘lib qolayotgan mediasavodxonlikka alohida e’tibor qaratishmoqda.
“Bugungi kunda muallifda o‘z voqeasini gapirib berish uchun imkoniyatlar ko‘p, ammo katta axborot oqimi ichida auditoriya e’tiborini jalb qilish ham kerak. Shuning uchun, yakunda o‘quvchiga qanday ma’noda yetib borishi, u ko‘rgan narsasiga ishona olish-olmasligi haqida o‘ylashimiz muhim”, — deya ta’kidladi u.
Ikki kunlik mediamaktab dasturi zamonaviy mediasanoatining dolzarb talablariga qaratildi. Qozog‘istonlik ijtimoiy-siyosiy arbob hamda jamoatchilik muhitida ijodiy yondashuvlarni rivojlantirish bo‘yicha ekspert Rustam Qayriyev ishtirokchilarga turistik kontentga odatiy qoliplardan kengroq qarashni taklif qildi. Uning fikricha, mamlakat haqida hikoya qilish — bu nafaqat diqqatga sazovor joylar, tog‘lar, muzeylar va ibodatxonalarni, balki, eng avvalo, odamlarni ko‘rsatish demak.
Rossiya prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining Milliy xavfsizlik fakulteti professori Natalya Xaritonova “Shaffoflik va manipulyatsiya: AI Deepfake dunyosida malakalar, ma’ruzachi obro‘si, OSINT va inqirozni boshqarish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi. Toshkentdagi “Faces” reklama agentligi asoschisi Sabina Bakiyeva ortida pul, algoritm va bloger turgan hikoyani yaratish haqida gapirib berdi, Artemiy Lebedevning mediaproduseri hamda Art. Lebedev Media rahbari ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy brend yaratish sirlarini ochib berdi.
Shaxsiy medialoyihalar ustida yakka tartibda va guruh bo‘lib mustaqil ishlash dasturning muhim qismiga aylandi. Ishtirokchilar o‘z ishlanmalarini ekspertlar, hakamlar hay’ati a’zolari, hamkorlar va tadbir mehmonlari e’tiboriga taqdim etishdi. Taqdimotlar yakuniga ko‘ra eng yaxshi loyihalar e’tirof etilib, taqdirlandi, barcha ishtirokchilarga esa sertifikatlar topshirildi.
Mediamaktab MDHning turli mamlakatlaridan kelgan yosh mutaxassislar o‘rtasida kasbiy muloqot o‘rnatish, tajriba almashish hamda media sohasida yangi xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish maydoniga aylandi.