O‘zbekiston o‘q otish sporti bo‘yicha JChda “bronza”ga ega chiqdi

© NOK UzbekistanaUzbekistansi vpervie v istorii stali prizerami chempionata mira po strelkovomu sportu
Uzbekistansi vpervie v istorii stali prizerami chempionata mira po strelkovomu sportu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston jamoasi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar sabab janubiy koreyaliklardan keyingi pog‘onadan o‘rin oldi.
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tayotgan o‘q otish sporti bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston dastlabki medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Erkaklar o‘rtasida 10 metrdan pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha jamoaviy dasturda Vladimir Svechnikov, Sodiqjon Abdullayev va Muhammad Kamalov final bahsida 1738 ochko bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Qayd etish joiz, kumush medal sohibi bo‘lgan Koreya Respublika jamoasi ham 1738 ochko to‘plagan, biroq qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga koreyaliklar shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy olishdi.

1. Xitoy – 1755 ochko
2. Koreya Respublikasi – 1738
3. O‘zbekiston – 1738
Dunyo birinchiligi 1-noyabrdan 14-noyabrgacha bo‘lib o‘tadi.
© NOK UzbekistanaUzbekistansi vpervie v istorii stali prizerami chempionata mira po strelkovomu sportu
Uzbekistansi vpervie v istorii stali prizerami chempionata mira po strelkovomu sportu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2026
Uzbekistansi vpervie v istorii stali prizerami chempionata mira po strelkovomu sportu
Ma’lumot uchun, 2022-yilda Misrda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi jamoaviy dasturda kumush medalni, Janubiy Koreyaning Chxanvon shahrida jahon chempionatida esa ikkita kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
Uzbekistansi obnovili kontinentalniy i mirovoy rekordi na chempionate Azii po strelbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2026
O‘q otish: Kamalov va Saidqulova jahon rekordi bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0