O‘zbekiston YaIM besh yilda qanday o‘zgardi — infografika

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston YaIM 2026-yilning to‘qqiz oyida 8,3 foizga o‘sdi. Iqtisodiy o‘sishning yarmidan ko‘prog‘i xizmat ko‘rsatish sohasi hissasiga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida joriy narxlarda 1 755,5 trln so‘mni tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, iqtisodiyot o‘tgan yilning mos davriga nisbatan real hisobda 8,3 foizga o‘sdi.
O‘sishning asosiy qismi xizmat ko‘rsatish sohasi hissasiga to‘g‘ri keldi. Ushbu tarmoq YaIM o‘sishiga 4,2 foiz punkt hissa qo‘shdi. Sanoatning hissasi 2 foiz punktni, qurilishniki esa 1 foiz punktni tashkil etdi.
Xizmatlar tarkibida savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari, transport, saqlash, axborot va aloqa yo‘nalishlari iqtisodiy o‘sishga salmoqli hissa qo‘shgan.
O‘zbekiston YaIM hajmi va o‘sish sur’atlari 2022–2026 yillarda qanday o‘zgargani Sputnik O‘zbekiston infografikasida aks etgan.
Yangiliklar lentasi
0