Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainaning "1991 yilgi chegaralar" eyforiyasi tinchlik kelishuviga to‘sqinlik qildi — Kuleba

© AP Photo / Efrem LukatskyMinistr inostrannix del Ukraini Dmitriy Kuleba vo vremya intervyu v Kiyeve.
Ministr inostrannix del Ukraini Dmitriy Kuleba vo vremya intervyu v Kiyeve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2026
Obuna bo‘lish
1991-yilgi chegaralarga qaytish eyforiyasi 2022-yilda Rossiya bilan kelishishga urinib ko‘rishga yo‘l qo‘ymadi. Keyin frontdagi vaziyat Ukraina uchun yomonlasha boshladi, dedi Kuleba
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Ukraina 2022-yil kuzida Rossiya bilan tinchlik kelishuviga erishishga urinib ko‘rishi mumkin edi, ammo jamiyatda 1991-yilgi chegaralarga qaytish haqidagi eyforiya bunga yo‘l qo‘ymadi. Bu haqda 2020–2024 yillarda Ukraina tashqi ishlar vaziri bo‘lgan Dmitriy Kuleba "Ukrainskaya pravda" nashriga bergan intervyusida aytdi.
Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jamiyat kayfiyatini yaxshi tushungan va shu asosda qarorlar qabul qilgan.
"Jamiyatning ko‘z o‘ngida 1991-yilgi chegaralar turardi. Hukumat ham shu kayfiyatga berilgan, men ham bu g‘oyaga ishonganman", — dedi sobiq vazir.
Uning ta’kidlashicha, bunday sharoitda aholiga frontdagi mavjud chiziq bo‘yicha harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun muzokara boshlanishini tushuntirish qiyin edi.
Biroq 2022-yil oxiriga kelib frontdagi vaziyat Ukraina foydasiga bo‘lmagan tomonga o‘zgara boshlagan. 2023-yil bahorida Baxmut boy berilgan, Ukraina qarshi hujumi ham kutilgan natijani bermagan.
Kuleba nazariy jihatdan 2022-yil sentabr–oktabr oylarida Rossiya bilan kelishishga urinib ko‘rish mumkin bo‘lganini tan oldi.
AQSh siyosatida dizel narxi ham muhim
Kuleba AQShning Ukrainaga yordamiga to‘xtalib, Vashington qarorlariga ichki iqtisodiy omillar ham ta’sir qilishini ta’kidladi.
Uning aytishicha, 2022-yilda AQShda dizel yoqilg‘isi narxining keskin oshishi Ukrainaga yordam ko‘rsatishni Jo Bayden ma’muriyati uchun siyosiy jihatdan murakkablashtirgan.
Kuleba Donald Tramp ma’muriyatining Rossiya neftni qayta ishlash obyektlariga zarba berish bo‘yicha cheklovlarini tanqid qilar ekan, Bayden ma’muriyati ham bunday zarbalarga qarshi bo‘lganini eslatdi.
Sobiq vazirning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti kim bo‘lishidan va qaysi partiyaga mansubligidan qat’i nazar, dizel yoqilg‘isi narxi AQSh ichki siyosatida asosiy masalalardan biri bo‘lib qoladi.
Yevropa yordami to‘xtasa, nima bo‘ladi?
Kuleba Ukraina uchun hozirgi eng muhim masalalardan biri Yevropa Ittifoqining moliyaviy yordami ekanini ta’kidladi.
Uning fikricha, Yevropa davlatlari mablag‘ ajratishni qisqartirsa yoki to‘xtatsa, Kiyev jiddiy qiyinchiliklarga duch keladi.
Shu bilan birga, Kuleba hozircha YeIda aynan Ukrainaga ajratiladigan mablag‘larni qisqartirish masalasi kun tartibida emasligini aytdi.
Biroq kelasi yil Fransiyadagi saylovlar va Germaniyada "Germaniya uchun muqobil" partiyasi ta’sirining kuchayishi Yevropa siyosatchilari uchun qaror qabul qilishni qiyinlashtirishi mumkinligini qayd etdi.
Sobiq vazirning fikricha, Ukrainadagi mojaroning kelajagi nafaqat frontdagi vaziyat, balki G‘arb davlatlarining moliyaviy imkoniyatlari va siyosiy qarorlariga ham bog‘liq.
Vladimir Zelenskiy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
OAV: Ukraina Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi
Yangiliklar lentasi
0