https://oz.sputniknews.uz/20261029/sputnik-uzbekistan-istanbul-media-61592727.html
Sputnik O‘zbekiston Istanbuldagi media forumda o‘z tajribasini taqdim etdi
Sputnik O‘zbekiston Istanbuldagi media forumda o‘z tajribasini taqdim etdi
Sputnik O‘zbekiston
Istanbulda 24 mamlakat vakillari ishtirokida xalqaro mediaforum bo‘lib o‘tdi. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazining 220dan ortiq tadbiri, 350 nafardan ziyod ma’ruzachisi va 8 milliondan ortiq ko‘rish natijalari taqdim etildi
2026-10-29T17:02+0500
2026-10-29T17:02+0500
2026-10-29T17:02+0500
video
sputnik
turkiya
forum
oav
rus tili
jurnalist
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1d/61597985_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_10c768802bd11d3de13c142a3d2a1abc.jpg
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Istanbulda bo‘lib o‘tgan xorijdagi rusiyzabon ommaviy axborot vositalari media forumida Sputnik O‘zbekiston o‘z tajribasi va Toshkentdagi multimedia matbuot markazi faoliyati natijalarini taqdim etdi.24–26 oktabr kunlari o‘tkazilgan forum 24 ta mamlakatdan kelgan jurnalistlar va jamoatchilik faollarini birlashtirdi. Tadbir Moskva hukumati, Moskva shahri tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar departamenti, Moskva vatandoshlar uyi hamda Moskva xalqaro hamkorlik markazi tomonidan tashkil etildi.Matbuot markazi davlat idoralari, ekspertlar hamjamiyati, biznes va OAV vakillari o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazish, xalqaro media hamkorlikni rivojlantirish va kasbiy aloqalarni mustahkamlash uchun maydon vazifasini bajarmoqda.Moskva vatandoshlar uyi direktorining birinchi o‘rinbosari Anna Kolesnikova Sputnik O‘zbekiston Moskva hukumatining rossiyalik vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarini yoritib kelayotganini ta’kidladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hamkorlik O‘zbekiston aholisini yoshlar dasturlari, tarixiy xotirani saqlash tashabbuslari, rus tili va madaniyati sohasidagi loyihalar bilan tanishtirishga xizmat qilmoqda.Forumning turkiyalik ishtirokchisi Aleksandr Babayev Sputnik O‘zbekiston faoliyatining madaniy-gumanitar yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratdi.Germaniyalik ishtirokchi Aleksandr Detlefsen esa kasbiy mahoratini oshirish va Germaniyadagi auditoriya bilan yanada samarali ishlash maqsadida SputnikPro ta’lim dasturida ishtirok etish istagini bildirdi.Xalqaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollari haqida tunislik ishtirokchi Xristina Romanenko ham fikr bildirdi.Istanbuldagi mediaforum turli mamlakatlar jurnalistlariga hamkasblarining ish tajribasi bilan tanishish, o‘z ishlanmalarini taqdim etish va kelgusida qo‘shma loyihalarga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan g‘oyalarni muhokama qilish imkonini berdi.Forum dasturidan intervyu olish mahorati, tarixiy mavzularda kontent yaratish va uni targ‘ib qilish, shuningdek, jurnalistikada sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha mahorat darslari o‘rin oldi.Tadbirning muhim qismlaridan biri “Moskva va vatandoshlar: media hamkorlik va axborot imkoniyatlari” mavzusidagi strategik sessiya bo‘ldi. Unda xalqaro axborot almashinuvini kengaytirish, professional aloqalarni rivojlantirish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1d/61597985_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_673b7b75b41392f6983825f5be9480c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, sputnik, turkiya, forum, oav, rus tili, jurnalist, video
video, sputnik, turkiya, forum, oav, rus tili, jurnalist, video
Sputnik O‘zbekiston Istanbuldagi media forumda o‘z tajribasini taqdim etdi
Eksklyuziv
Istanbuldagi media forumda Sputnik O‘zbekistonning 220 tadan ortiq tadbiri va 8 milliondan ziyod ko‘rish natijalari ham taqdim etildi.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Istanbulda bo‘lib o‘tgan xorijdagi rusiyzabon ommaviy axborot vositalari media forumida
Sputnik O‘zbekiston o‘z tajribasi va Toshkentdagi multimedia matbuot markazi faoliyati natijalarini taqdim etdi.
24–26 oktabr kunlari o‘tkazilgan forum 24 ta mamlakatdan kelgan jurnalistlar va jamoatchilik faollarini birlashtirdi. Tadbir Moskva hukumati, Moskva shahri tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar departamenti, Moskva vatandoshlar uyi hamda Moskva xalqaro hamkorlik markazi tomonidan tashkil etildi.
Forumda Sputnik O‘zbekistonning Toshkentdagi multimedia matbuot markazida 350 nafardan ortiq ma’ruzachi ishtirokida 220 tadan ziyod xalqaro media tadbir o‘tkazilgani ma’lum qilindi. Ushbu tadbirlarga oid materiallarning umumiy ko‘rishlar soni 8 milliondan oshgan.
Matbuot markazi davlat idoralari, ekspertlar hamjamiyati, biznes va OAV vakillari o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazish, xalqaro media hamkorlikni rivojlantirish va kasbiy aloqalarni mustahkamlash uchun maydon vazifasini bajarmoqda.
Moskva vatandoshlar uyi direktorining birinchi o‘rinbosari Anna Kolesnikova Sputnik O‘zbekiston Moskva hukumatining rossiyalik vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarini yoritib kelayotganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hamkorlik O‘zbekiston aholisini yoshlar dasturlari, tarixiy xotirani saqlash tashabbuslari, rus tili va madaniyati sohasidagi loyihalar bilan tanishtirishga xizmat qilmoqda.
Forumning turkiyalik ishtirokchisi Aleksandr Babayev Sputnik O‘zbekiston faoliyatining madaniy-gumanitar yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratdi.
“Matbuot markazi maydonida ko‘plab madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazilmoqda va ular axborot jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ayniqsa, O‘zbekistonda rus tilini ommalashtirish va targ‘ib qilish, shuningdek, uni saqlashga qaratilgan loyihalarni alohida ta’kidlamoqchiman”, — dedi Aleksandr Babayev.
Germaniyalik ishtirokchi Aleksandr Detlefsen esa kasbiy mahoratini oshirish va Germaniyadagi auditoriya bilan yanada samarali ishlash maqsadida SputnikPro ta’lim dasturida ishtirok etish istagini bildirdi.
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollari haqida tunislik ishtirokchi Xristina Romanenko ham fikr bildirdi.
“Sputnik yaqinda Afrikada ham ochildi. Shuning uchun sizga: marhabo deymiz va Tunisda kutamiz! Sputnik Afrika mintaqada muvaffaqiyatli rivojlanishini tilaymiz. Umid qilamizki, u nafaqat Afrikaning Rossiya va postsovet hududi davlatlari bilan iqtisodiy hamkorligini, balki vatandoshlar hamjamiyati bilan aloqalarni mustahkamlash uchun ham ishonchli ko‘prik bo‘ladi”, — dedi Xristina Romanenko.
Istanbuldagi mediaforum turli mamlakatlar jurnalistlariga hamkasblarining ish tajribasi bilan tanishish, o‘z ishlanmalarini taqdim etish va kelgusida qo‘shma loyihalarga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan g‘oyalarni muhokama qilish imkonini berdi.
Forum dasturidan intervyu olish mahorati, tarixiy mavzularda kontent yaratish va uni targ‘ib qilish, shuningdek, jurnalistikada sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha mahorat darslari o‘rin oldi.
Tadbirning muhim qismlaridan biri “Moskva va vatandoshlar: media hamkorlik va axborot imkoniyatlari” mavzusidagi strategik sessiya bo‘ldi. Unda xalqaro axborot almashinuvini kengaytirish, professional aloqalarni rivojlantirish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.