https://oz.sputniknews.uz/20261028/toshkent-masjidlar-61503699.html
Toshkent gumbazlari ostida: shahar tarixini aks ettirgan masjidlar
Toshkent gumbazlari ostida: shahar tarixini aks ettirgan masjidlar
Sputnik O‘zbekiston
Kichik mahalla masjidlaridan mahobatli majmualargacha — Toshkent masjidlari shahar tarixining turli sahifalarini ochadi. Fotolavhamizda me’morchilik, an’analar va kundalik hayot tutashgan o‘nta maskan bilan tanishasiz.
2026-10-28T20:04+0500
2026-10-28T20:04+0500
2026-10-31T12:32+0500
foto
toshkent
masjid
jome’ masjid
madaniy boyliklar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1a/61501441_31:108:1255:796_1920x0_80_0_0_bb1adc521a3533adfd851fe178459e6e.jpg
TOShKENT, 28 okt — Sputnik, Baxrom Xatamov. Toshkentni minoralar sharpasi, gumbazlar naqshi va o‘ymakor eshiklari orqali ham kashf etish mumkin. Ayrim masjidlar qadimiy mahallalar xotirasini saqlasa, boshqalari milliy me’morchilik an’analarining zamonaviy binolardagi davomini namoyon etadi. Ularning qiyofasini mahobatli shakllar bilan birga g‘isht terimi, bezaklar va ravoqlar ostiga tushgan yorug‘lik ham belgilaydi.Me’morchilikning ramziy tili sakral geometriya tamoyillariga e’tibor qaratadi.Hazrati Imom: Eski shahar bilan tanishuv2007 yilda qurilgan Hazrati Imom jome masjidi alloma Qaffol Shoshiy nomi bilan bog‘liq tarixiy majmuaning bir qismiga aylangan. Ikki gumbaz, baland minoralar va keng fasad kechki quyoshning iliq nurlarida ayniqsa jozibali ko‘rinadi.Xo‘ja Ahror Valiy: Chorsu uzraChorsu bozori va Ko‘kaldosh madrasasi yaqinida Xo‘ja Ahror Valiy masjidi joylashgan. Uning tarixi Eski shaharning ko‘p asrlik hayoti bilan bog‘liq, biroq hozirgi bino keyingi qayta qurishlar natijasida shakllangan. Gavjum ko‘chalar uzra ko‘rinib turgan uch gumbaz shahar manzarasini odamlarning kundalik hayoti bilan bog‘laydi.Ukkosha: mahalla muhitiUkkosha masjidi Toshkentning mahalla hayoti bilan chambarchas bog‘liq, sokinroq qiyofasini ko‘rsatadi. Ayvon, kichik hovli va yonma-yon binolar bu yerda obod, odamlarga yaqin muhit yaratadi. Masjid ulkanligi bilan emas, insonga mos ko‘lami bilan e’tiborni tortadi.Oxun Guzar: g‘ishtdagi nafosatTarixiy Oxun Guzar masjidi qiyofasida g‘ishtning iliq rangi, cho‘ziq fasad va nozik minora asosiy o‘rin tutadi. Derazalarning bir maromda joylashuvi va bezakli yo‘llar yaxlit kompozitsiya hosil qiladi. Surat oddiy sayr paytida ko‘zdan qochishi mumkin bo‘lgan detallar go‘zalligini ochib beradi.Orifjonboy: o‘ziga xos qiyofa1915 yilga oid Orifjonboy masjidi shahar me’morchiligining yana bir sahifasini namoyon etadi. Uni to‘rt qirrali minorasi hamda gumbazlar bilan uyg‘unlashgan g‘ayrioddiy fasad detallaridan tanib olish mumkin. Tashkent City hududidagi bu qadimiy bino poytaxtning ushbu qismi o‘tmishini eslatadi.Suzuk ota: me’morchilik va hunarmandchilikSuzuk ota majmuasida ustalar mahorati mavzusi davom etadi. Majmuani yangilash jarayonida hunarmandlar uchun uylar va ustaxonalar ham barpo etilgan. Masjid, maqbara va obod hudud me’moriy meros bilan qo‘l mehnati an’analari yonma-yon yashaydigan muhitni tashkil qiladi.Ko‘kcha: tarixiy dahaning tanish manzarasiKo‘kcha nomi bilan tanilgan Shayx Zayniddin masjidi shu nomdagi tarixiy hudud bilan bog‘liq. Suratda baland minora va gumbazlar yo‘l hamda shahar harakati bilan birga aks etgan. Bu rakurs masjidni Toshkentning kundalik hayotiga uyg‘un holda ko‘rsatadi.Islom ota: tanish maskandagi yangi binoYashnobod tumanida avval Jo‘rabek nomi bilan tanilgan Islom ota masjidi joylashgan. 2015-yilgi yong‘indan so‘ng u yangidan qurilib, 2016-yil oktabrda ochilgan. Katta moviy gumbaz, naqshinkor peshtoq va minora zamonaviy binoning ifodali qiyofasini yaratadi.Islomobod: to‘rt minorali masjidIslomobod masjidi gumbazlar kompozitsiyasini o‘rab turgan to‘rt minorasi bilan ajralib turadi. Bu me’moriy yechim majmuaga o‘ziga xos qiyofa bag‘ishlaydi. Umumiy ko‘rinishda och rangli fasadlar, rangdor gumbazlar va osmonga bo‘y cho‘zgan minoralar uyg‘unligi yaqqol namoyon bo‘ladi.Minor: poytaxt manzarasidagi masjidFotolavhani Anhor bo‘yidagi oq marmarli Minor masjidi yakunlaydi. 2014-yilda ochilgan masjid balandlikdan olingan suratda yashillik va zamonaviy binolar qurshovida ko‘rinadi. Namozxonlar aks etgan kadr esa uning odamlar hayotidagi o‘rnini ochib beradi. Ikki rakurs birgalikda poytaxtning me’moriy qiyofasi va kundalik hayotini tutashtiradi.Yaqindan esa masjid atrofidagi hayot ko‘zga tashlanadi: uning yonida namozxonlar jam bo‘ladi. Minor me’moriy diqqatga sazovor maskan bo‘lish bilan birga, jamoat bo‘lib namoz o‘qiladigan joy sifatida ham namoyon bo‘ladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1a/61501441_110:0:1171:796_1920x0_80_0_0_903717fe2dbc0e35f2df5a3c1991bbdb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
foto, toshkent, masjid, jome’ masjid, madaniy boyliklar
foto, toshkent, masjid, jome’ masjid, madaniy boyliklar
Toshkent gumbazlari ostida: shahar tarixini aks ettirgan masjidlar
20:04 28.10.2026 (yangilandi: 12:32 31.10.2026) Eksklyuziv
Kichik mahalla masjidlaridan mahobatli majmualargacha — Toshkent masjidlari shahar tarixining turli sahifalarini ochadi. Fotolavhamizda me’morchilik, an’analar va kundalik hayot tutashgan o‘nta maskan bilan tanishasiz.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik, Baxrom Xatamov. Toshkentni minoralar sharpasi, gumbazlar naqshi va o‘ymakor eshiklari orqali ham kashf etish mumkin. Ayrim masjidlar qadimiy mahallalar xotirasini saqlasa, boshqalari milliy me’morchilik an’analarining zamonaviy binolardagi davomini namoyon etadi. Ularning qiyofasini mahobatli shakllar bilan birga g‘isht terimi, bezaklar va ravoqlar ostiga tushgan yorug‘lik ham belgilaydi.
Me’morchilikning ramziy tili sakral geometriya tamoyillariga e’tibor qaratadi.
"Masjidlarning me’moriy rejalari kompozitsiyasi sakral geometriya tamoyillariga tayanadi. Kompozitsiyadagi minoralar soni tasodifiy emas. Bir soni bo‘linmas yaxlitlikni ifodalaydi va Yaratuvchining ramzi sanaladi. Sakral an’analarda u ko‘pincha cheksizlik va mukammallik timsoli bo‘lgan doira bilan bog‘lanadi", — deya izohlaydi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professori Marina Borodina.
Hazrati Imom: Eski shahar bilan tanishuv
2007 yilda qurilgan Hazrati Imom jome masjidi alloma Qaffol Shoshiy nomi bilan bog‘liq tarixiy majmuaning bir qismiga aylangan. Ikki gumbaz, baland minoralar va keng fasad kechki quyoshning iliq nurlarida ayniqsa jozibali ko‘rinadi.
Xo‘ja Ahror Valiy: Chorsu uzra
Chorsu bozori va Ko‘kaldosh madrasasi yaqinida Xo‘ja Ahror Valiy masjidi joylashgan. Uning tarixi Eski shaharning ko‘p asrlik hayoti bilan bog‘liq, biroq hozirgi bino keyingi qayta qurishlar natijasida shakllangan. Gavjum ko‘chalar uzra ko‘rinib turgan uch gumbaz shahar manzarasini odamlarning kundalik hayoti bilan bog‘laydi.
Ukkosha masjidi Toshkentning mahalla hayoti bilan chambarchas bog‘liq, sokinroq qiyofasini ko‘rsatadi. Ayvon, kichik hovli va yonma-yon binolar bu yerda obod, odamlarga yaqin muhit yaratadi. Masjid ulkanligi bilan emas, insonga mos ko‘lami bilan e’tiborni tortadi.
Oxun Guzar: g‘ishtdagi nafosat
Tarixiy Oxun Guzar masjidi qiyofasida g‘ishtning iliq rangi, cho‘ziq fasad va nozik minora asosiy o‘rin tutadi. Derazalarning bir maromda joylashuvi va bezakli yo‘llar yaxlit kompozitsiya hosil qiladi. Surat oddiy sayr paytida ko‘zdan qochishi mumkin bo‘lgan detallar go‘zalligini ochib beradi.
Orifjonboy: o‘ziga xos qiyofa
1915 yilga oid Orifjonboy masjidi shahar me’morchiligining yana bir sahifasini namoyon etadi. Uni to‘rt qirrali minorasi hamda gumbazlar bilan uyg‘unlashgan g‘ayrioddiy fasad detallaridan tanib olish mumkin. Tashkent City hududidagi bu qadimiy bino poytaxtning ushbu qismi o‘tmishini eslatadi.
Sonlar ramziy ma’nosi haqidagi fikrini davom ettirib, Borodina shunday ta’kidlaydi:
"Sakral geometriyada uch soni uyg‘unlikni, ruh, jon va tana birligini anglatadi hamda uchburchak shaklida ifodalanadi. To‘rt soni kvadrat bilan bog‘liq bo‘lib, dunyoning yaxlitligi va tartibini — to‘rt tomon, to‘rt faslni ifodalaydi. Besh soni esa islomning besh ustuni va har kuni ado etiladigan besh vaqt namozni anglatadi".
Suzuk ota: me’morchilik va hunarmandchilik
Suzuk ota majmuasida ustalar mahorati mavzusi davom etadi. Majmuani yangilash jarayonida hunarmandlar uchun uylar va ustaxonalar ham barpo etilgan. Masjid, maqbara va obod hudud me’moriy meros bilan qo‘l mehnati an’analari yonma-yon yashaydigan muhitni tashkil qiladi.
Ko‘kcha: tarixiy dahaning tanish manzarasi
Ko‘kcha nomi bilan tanilgan Shayx Zayniddin masjidi shu nomdagi tarixiy hudud bilan bog‘liq. Suratda baland minora va gumbazlar yo‘l hamda shahar harakati bilan birga aks etgan. Bu rakurs masjidni Toshkentning kundalik hayotiga uyg‘un holda ko‘rsatadi.
Islom ota: tanish maskandagi yangi bino
Yashnobod tumanida avval Jo‘rabek nomi bilan tanilgan Islom ota masjidi joylashgan. 2015-yilgi yong‘indan so‘ng u yangidan qurilib, 2016-yil oktabrda ochilgan. Katta moviy gumbaz, naqshinkor peshtoq va minora zamonaviy binoning ifodali qiyofasini yaratadi.
Islomobod: to‘rt minorali masjid
Islomobod masjidi gumbazlar kompozitsiyasini o‘rab turgan to‘rt minorasi bilan ajralib turadi. Bu me’moriy yechim majmuaga o‘ziga xos qiyofa bag‘ishlaydi. Umumiy ko‘rinishda och rangli fasadlar, rangdor gumbazlar va osmonga bo‘y cho‘zgan minoralar uyg‘unligi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Minor: poytaxt manzarasidagi masjid
Fotolavhani Anhor bo‘yidagi oq marmarli Minor masjidi yakunlaydi. 2014-yilda ochilgan masjid balandlikdan olingan suratda yashillik va zamonaviy binolar qurshovida ko‘rinadi. Namozxonlar aks etgan kadr esa uning odamlar hayotidagi o‘rnini ochib beradi. Ikki rakurs birgalikda poytaxtning me’moriy qiyofasi va kundalik hayotini tutashtiradi.
Yaqindan esa masjid atrofidagi hayot ko‘zga tashlanadi: uning yonida namozxonlar jam bo‘ladi. Minor me’moriy diqqatga sazovor maskan bo‘lish bilan birga, jamoat bo‘lib namoz o‘qiladigan joy sifatida ham namoyon bo‘ladi.