Qozog‘istonda 2027-yil qurilish avji kutilmoqda: Toqayev 14,3 mlrd dollarlik rejani ochiqladi

© Press-slujba prezidenta KazaxstanaPoslanie Prezidenta Kasim-Jomarta Tokayeva narodu Kazaxstana
Poslanie Prezidenta Kasim-Jomarta Tokayeva narodu Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2026
Obuna bo‘lish
Infratuzilmani yangilashga 14,3 mlrd dollar sarflash va yuz minglab yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Qozog‘istonda kelgusi yillar davomida keng ko‘lamli qurilish ishlari olib boriladi. Mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 2027-yilni umumxalq qurilish yili deb e’lon qilishni taklif etdi. Bu haqda u 28-oktabr kuni xalqqa yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, qurilish bumi mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi.
Yuz minglab yangi ish o‘rinlari
Toqayevning ma’lum qilishicha, infratuzilmani modernizatsiya qilish uchun 2029-yil oxiriga qadar Milliy jamg‘armadan qariyb 6,5 trln tenge (taxminan 14,3 mlrd dollar) ajratish rejalashtirilgan.
Dastur doirasida dastlab 70 taga yaqin tibbiyot muassasasi hamda 50 ta ta’lim, sport va madaniyat obyekti quriladi. Shuningdek, aholi punktlariga gaz va toza ichimlik suvi yetkazish ko‘zda tutilgan.
Chegara punktlari va transport yo‘laklari
Qozog‘iston rahbari 2027-yilda mamlakatdagi barcha avtomobil chegara o‘tkazish punktlarini rekonstruksiya qilishni yakunlash vazifasini qo‘ydi.
U chegaralarda yuzaga kelayotgan ko‘p kilometrlik tirbandliklarni tanqid qilib, bu holat Qozog‘istonning xalqaro transport markaziga aylanish rejalariga to‘sqinlik qilayotganini qayd etdi.
Bu masala O‘zbekiston uchun ham ahamiyatli. Ikki mamlakat chegarasida 11 ta o‘tkazish punkti mavjud bo‘lib, ularning sakkiztasi avtomobil, uchtasi temir yo‘l transportiga mo‘ljallangan.
Chegara infratuzilmasining yangilanishi O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yo‘lovchi hamda yuk tashish imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin.
Toqayev transport sohasidagi boshqa rejalarni ham e’lon qildi. Jumladan, 2027-yilda "Baxti–Ayagoz" temir yo‘li ishga tushirilib, Xitoy bilan yuk tashish quvvati 20 mln tonnaga oshirilishi kutilmoqda.
"Orol–Kaspiy" magistrali esa Transkaspiy transport yo‘lagi masofasini qariyb ming kilometrga qisqartirishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar
Qozog‘istonda qurilish hajmining ortishi O‘zbekistonning qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari va eksportchilari uchun ham qo‘shimcha bozor imkoniyatlarini yaratishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistondan 714 mln dollarlik qurilish materiallari eksport qilingan.

Qozog‘iston o‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun ham asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmi yakunlarida ushbu mamlakatda 84,4 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat qilgan.

Keng ko‘lamli qurilish dasturi ular uchun ham yangi ish imkoniyatlarini yaratishi mumkin.
Toqayev murojaatida energetika sohasiga ham to‘xtalib, Qozog‘iston 2029-yilga qadar elektr energiyasi taqchilligini bartaraf etishi kerakligini bildirdi. Buning uchun yangi elektr stansiyalarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston kooperatsiya bo‘yicha yangi kun tartibini ishlab chiqadi
Yangiliklar lentasi
0