Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga qancha ariza topshirilgan — agentlik raqamlari

© SputnikMejdunarodniy obrazovatelniy forum i vistavka Silk Road University Fair
Mejdunarodniy obrazovatelniy forum i vistavka Silk Road University Fair - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2026
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi forumda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga talab, o‘quvchilar soni va OTMga kirish natijalari ochiqlandi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekistonda Prezident va ijod maktablari bitiruvchilarining 100 foizi, ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarining esa 98 foizi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Shakirova ushbu raqamlarni 27–28 oktabr kunlari Toshkentda ilk bor o‘tkazilayotgan Silk Road University Fair xalqaro ta’lim forumi va ko‘rgazmasining ochilish marosimida keltirdi.

Uning ta’kidlashicha, joriy yilda agentlik tizimidagi maktablarga kirish uchun 500 ming nafarga yaqin talabgor hujjat topshirgan. Hozir respublika bo‘ylab mazkur maktablarda 85 ming nafardan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda, 9 ming nafarga yaqin pedagog faoliyat yuritmoqda.

Agentlikning iyun oyida e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yili uchun respublika bo‘yicha uning tizimidagi ta’lim muassasalariga jami 446 530 nafar talabgor hujjat topshirgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 60 foizga ko‘p.
Prezident maktablariga 60 169 ta ariza kelib tushgan. Ushbu maktablardagi 336 ta o‘rin uchun bir o‘ringa o‘rtacha 179 nafar talabgor to‘g‘ri kelgan. Eng yuqori raqobat Farg‘ona viloyatida kuzatilgan — bir o‘ringa 279 nafar nomzod da’vogarlik qilgan.
Respublika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktablarga 217 407 ta ariza topshirilgan. Ijod maktablariga esa 8 143 nafar talabgor hujjat topshirgan. Mamlakatda agentlik tizimidagi 9 ta ijod maktabi faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, "Prezident iqtidorli farzandlari" milliy dasturida ishtirok etish uchun 31 676 ta ariza kelib tushgan.
Skripka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2026
1,5 mln o‘quvchi musiqa va san’atga jalb qilinadi
Yangiliklar lentasi
0