Kumushdan oltinga: o‘zbekistonlik talaba Rossiyada konchilik olimpiadasida qanday g‘olib bo‘ldi

© Press-slujba NITU MISISOt serebra k zolotu: kak student iz Almalika stal pervim v gornom dele
Ot serebra k zolotu: kak student iz Almalika stal pervim v gornom dele - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2026
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
MISIS Fan va texnologiyalar universiteti Olmaliq filiali talabasi Daniil Yermakov "Men — professionalman" olimpiadasining "Konchilik ishi" yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi marta shohsupaga ko‘tarildi.
Bir yil avval olimpiadada kumush medal olgan Daniil Yermakov bu safar finalga peshqadamdan uch ball ortda qolgan holda kirdi. Ammo hal qiluvchi bosqichda farqni nafaqat yo‘qqa chiqardi, balki raqibidan to‘rt ballga o‘zib ketdi.
U Sputnik O‘zbekiston muxbiriga uchuvchi bo‘lish orzusidan konchilikkacha bosib o‘tgan yo‘li, olimpiadaga tayyorgarligi va oltin medal qanday imkoniyatlar ochgani haqida so‘zlab berdi.
— Daniil, avvalo, o‘quvchilarimizga konchilik sohasiga qanday qiziqib qolganingiz va nima uchun aynan MISIS universitetining Olmaliq filialini tanlaganingiz haqida so‘zlab bersangiz.
— Men O‘zbekistonda tug‘ilganman, lekin to‘g‘risini aytsam, bolaligimdan konchilik sohasiga kirishni maqsad qilmaganman. Aksincha, uzoq vaqt uchuvchi bo‘lishni orzu qilganman. Shuning uchun konchilik yo‘nalishini tanlashim keyinchalik shakllangan kasbiy yo‘lim bo‘ldi.
© Press-slujba NITU MISISOt serebra k zolotu: kak student iz Almalika stal pervim v gornom dele
Ot serebra k zolotu: kak student iz Almalika stal pervim v gornom dele - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2026
Ot serebra k zolotu: kak student iz Almalika stal pervim v gornom dele
Olmaliq — sanoat shahri, shu bois bu yerda konchilik va metallurgiya darslikdagi mavhum fanlar emas, balki mintaqa iqtisodiyoti va hayotining ulkan bir qismi ekaniga doimo guvoh bo‘lasan.
"MISIS" MTTUning Olmaliq filiali mantiqiy tanlov bo‘lib chiqdi, chunki bu yerda kuchli muhandislik maktabi hamda real ishlab chiqarish bilan uzviy aloqa mavjud.
O‘qish, amaliyot va sohaga oid tadbirlarda ishtirok etish jarayonidayoq bu yo‘nalishga chuqurroq kirib bora boshladim va aynan shu sohada yanada rivojlanish men uchun haqiqatan ham qiziq ekanini angladim.
— “Men — professionalman” olimpiadasida ishtirok etishga qaror qilgan paytingizni eslay olasizmi?
— Oliy o‘quv yurtidagi baholar dasturni qanchalik yaxshi o‘zlashtirganingni ko‘rsatadi, lekin boshqa universitetlardagi talabalar fonida qanday ko‘rinishing haqidagi savolga har doim ham javob beravermaydi. Men esa bilim va yondashuvlarim kengroq doirada qanchalik raqobatbardosh ekanini bilishni xohlardim.
Shuningdek, olimpiada formatining o‘zi ham meni qiziqtirib qo‘ydi: bu yerda nafaqat nazariyani bilish, balki uni murakkab muhandislik masalalarida qo‘llay olish ham muhim. Karyera imkoniyatlari, amaliyotlar va mukofotlar ham qiziq, albatta, ammo dastlab bu men uchun o‘ziga xos kasbiy sinov edi.
— 2025-yilda “Konchilik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdingiz. O‘sha ilk tajriba sizga nima berdi?
— Men uchun shunchaki yaxshi ishtirok etish emas, balki o‘zimni avval ham sovrindor bo‘lgan va yuqori natijalar ko‘rsatgan ishtirokchilar bilan taqqoslab ko‘rish qiziq edi.
Men avval sovrindor bo‘lgan ishtirokchilardan o‘zib keta olamanmi va buning uchun menga nima yetishmayotganini tushunishni istardim. Kumush medal juda muhim hisni berdi: men haqiqatan ham eng kuchlilar qatoridaman va bundan-da yuqoriroq natija uchun kurasha olaman.
Shu bilan birga, u eng yaxshi natijaga yetishish uchun hali ishlash kerakligini ham ko‘rsatdi. Shundan so‘ng nimalar ustida ishlash kerakligini ancha xotirjam va aniqroq tushunib oldim: qayerda chuqur bilim, qayerda amaliyot va qayerda o‘z qarorimga ishonch yetishmaganini angladim.
— 2025-yilgi “kumush” va 2026-yilgi “oltin” orasida naq bir yil bor. Tayyorgarlik jarayoningizda nimalar o‘zgardi?
— Tayyorgarlikka tizimliroq yondasha boshladim. Mutaxassislik fanlarini, ayniqsa, yer osti geotexnologiyasi bilan bog‘liq fanlarni takrorladim, ammo faqat nazariya bilan cheklanib qolmadim. Ko‘plab chempionatlarda ishtirok etganim katta rol o‘ynadi: ishlab chiqarishga oid turli masalalarni qanchalik ko‘p tahlil qilsang, yangi vaziyatda qo‘llay oladigan yondashuvlaring doirasi shunchalik kengayib boradi.
Bundan tashqari, o‘tgan mavsumlardagi topshiriqlarni va avval medal sohibi bo‘lgan ishtirokchilarning chiqishlarini batafsil tahlil qilib chiqdim. Men uchun shunchaki tayyor yechimni ko‘rib chiqish emas, balki ishtirokchi nima sababdan aynan shunday yo‘lni tanlaganini, yechimning kuchli tomoni nimada ekanini va nimani boshqacharoq qilish mumkin bo‘lganini tushunish muhim edi.
Faol tayyorgarlik bir necha hafta davom etdi, lekin amalda o‘qish va boshqa musobaqalarda qatnashish davomida asta-sekin to‘planib borgan bilimlar bazasi qo‘l keldi. Mening tayyorgarlik formulam juda oddiy: amaliyot qanchalik ko‘p bo‘lsa, notanish masalani yechishda variantlaring ham shunchalik ko‘p bo‘ladi.
— Barchasini tashlab ketishni istagan yoki natijaga shubha qilgan paytlaringiz bo‘ldimi?
— Hammasini tashlab ketish istagi bo‘lmadi-yu, lekin 2026-yilda bosim juda yuqori edi. Bu men uchun amalda so‘nggi imkoniyat edi. O‘qishim tugayotgandi va men uchun boshqa bunday mavsum bo‘lmasligini tushunib turardim.
Bu, ayniqsa, yarim finaldan keyin kuchliroq sezildi. O‘sha bosqichda peshqadamdan uch ball ortda qolayotgandim. Albatta, bu bosimni yanada oshirardi. Maqsad yaqinligini, lekin yana bir bor urinib ko‘rishga vaqt qolmaganini anglab turardim.
Finalda avvalgi farq haqida umuman o‘ylamaslikka harakat qildim va bor e’tiborimni faqat topshiriqning o‘ziga qaratdim. Natijada nafaqat o‘sha uch ballik farqni yo‘qqa chiqarishga, balki to‘rt ball oldinga o‘tib olishga ham muvaffaq bo‘ldim. Ehtimol, bu men uchun eng muhim lahzalardan biri bo‘lgandir. Bu oddiy bir haqiqatni isbotladi: oraliq bosqichdan so‘ng birinchi o‘rinda bo‘lmasang ham, yakuniy natija hali oldindan hal bo‘lgan degani emas.
— Oltin medal — bu shunchaki maqom emas. U sizga qanday aniq imkoniyatlar eshigini ochdi?
— Olimpiada haqiqatan ham ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etadi: pul mukofotlari, ta’limning keyingi bosqichiga kirishda imtiyozlar, amaliyotlar, karyera tadbirlari, ta’lim dasturlari va sayohatlar shular jumlasidan.
Biroq shaxsan men uchun oltin medalning qadri faqatgina bitta bonus bilan cheklanib qolmaydi. Pul mukofoti — yoqimli, imtiyozlar va karyera imkoniyatlari esa foydali, ammo eng uzoq muddatli samarasi, nazarimda, boshqa narsada. Inson professional muhitga tushadi, u yerda olimpiadada ishtirok etishdan oldin hatto xayoliga ham kelmagan yangi aloqalar, tadbirlar, safarlar va imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
Shu bois men uchun oltin medal — yakuniy nuqta emas, balki kasbiy imkoniyatlarning yangi bosqichidir.
— Olimpiada sizning kasbiy yo‘nalishingizga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
— U umuman muhandislarni tayyorlashga bo‘lgan munosabatimni tubdan o‘zgartirib yubordi. Bo‘lajak mutaxassis uchun shunchaki formulalarni bilish va ma’ruza materialini takrorlay olishning o‘zi yetarli emas. Muhandis doimo tayyor algoritmi bo‘lmagan, ba’zan esa yagona to‘g‘ri javobi ham mavjud bo‘lmagan masalalarga duch keladi.
Shuning uchun men amaliy vazifalarni, qarorlarni asoslab berish va bir nechta variantni o‘zaro taqqoslash zaruratini ko‘proq qadrlay boshladim. Olimpiada nafaqat nazariyani bilish, balki mavhumlik sharoitida ishlay olish ham haqiqatan muhim ekanligini yaqqol ko‘rsatib beradi.
Bu karyera rejalarimga ham ta’sir qildi. Men tog‘-kon sanoatidagi imkoniyatlarga kengroq qaray boshladim — uni faqatgina bevosita ishlab chiqarishdagi mehnat deb emas, balki ilmiy, ta’lim va loyihalashtirish faoliyati sifatida ham ko‘ra oldim.
— Siz olimpiadada O‘zbekiston va Olmaliq filiali sharafini himoya qildingiz. Shu sababli o‘zingizda qo‘shimcha mas’uliyat his qildingizmi?
— Faqat o‘z nomingdan ishtirok etganingda, natijani qabul qilish osonroq bo‘ladi. Ammo bir vaqtning o‘zida ham Olmaliq filiali, ham O‘zbekiston nomidan qatnashayotganingni anglasang, qo‘shimcha motivatsiya paydo bo‘ladi.
Men uchun kuchli mutaxassisni nafaqat bosh universitetda, balki xorijiy filialda ham tayyorlash mumkinligini, shuningdek, o‘zbekistonlik talaba Rossiyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari ishtirokchilari bilan tengma-teng raqobatlasha olishini ko‘rsatish muhim edi.
Oltin medaldan so‘ng bu tuyg‘u yanada kuchaydi. Endilikda natija nafaqat shaxsiy yutuq, balki men tahsil olgan ta’lim muhiti darajasining ko‘rsatkichi sifatida ham qabul qilinmoqda.
— Olimpiadada hali ishtirok etib ko‘rmagan talabaga nima degan bo‘lardingiz: nega kishi o‘zini sinab ko‘rishi kerak?
— Olimpiadada qatnashish odatiy o‘qish bera olmaydigan tajribani taqdim etadi. Boshqa oliygohlardagi talabalar fonida o‘zingning haqiqiy darajangni tushunib yetasan va hozircha senga nima yetishmayotganini ko‘ra olasan. Buning o‘ziyoq juda foydali.
Undan keyin esa — o‘quv mashg‘ulotlariga o‘xshamaydigan murakkab kasbiy masalalarni yechish tajribasi. Shuningdek, yangi imkoniyatlar: amaliyotlar, karyera tadbirlari, foydali aloqalar va safarlar.
Ammo eng muhimi — birinchi maqsadni "g‘alaba qozonish" deb belgilamaslik kerak. O‘ziga bo‘lgan ishonch, odatda, bir necha marta urinib ko‘rib, xato qilib, xatolarni tahlil qilgandan va yanada kuchliroq bo‘lgandan keyingina paydo bo‘ladi.
Eng yomon holatda, murakkab masalani yechish tajribasiga ega bo‘lasan — buning o‘zi ham katta gap. Eng yaxshi holatda esa unga yangi imkoniyatlar va medal qo‘shiladi. Agar umuman urinib ko‘rilmasa, natija oldindan ma’lum — hech narsa o‘zgarmaydi.
© Press-slujba NITU MISISOt serebra k zolotu: kak student iz Almalika stal pervim v gornom dele
Ot serebra k zolotu: kak student iz Almalika stal pervim v gornom dele - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2026
Ot serebra k zolotu: kak student iz Almalika stal pervim v gornom dele
Yangiliklar lentasi
0