Soxta chegirmalarga qarshi: narxlarni QR-kod orqali tekshirish taklifi tayyorlanmoqda

© Sputnik / Sgenerirovano IIProverka skidok po QR-kodu
Proverka skidok po QR-kodu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2026
Obuna bo‘lish
Raqobat qo‘mitasi 116 ta aksiyani tekshirib, 65 ta kamchilikni aniqladi. Chegirmalarni QR-kod orqali tekshirish taklif etilmoqda.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekistonda aksiya va chegirmalarning haqiqiyligini QR-kod orqali tekshirish tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlanmoqda. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘mita 58 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasidagi 116 ta aksiya va chegirmani o‘rganib, 65 ta muammo va kamchilikni aniqladi.
Ular orasida chegirmalarning amalda boshqacha qo‘llanishi, aksiya shartlarining to‘liq tushuntirilmagani va sovrinlar berilmasligi holatlari bor.
Masalan, Andijonda “Water Life Mineral” aksiyasining uch g‘olibiga jami 60 mln so‘m berilmagan. Namanganda esa "Chevrolet Cobalt" yutgan fuqaroning telefon raqami noto‘g‘ri terilgani uchun sovrin boshqa shaxsga berilgan. Qo‘mita aralashuvidan so‘ng avtomobil haqiqiy g‘olibga qaytarilgan.
Buxorodagi “IDEA” do‘konida e’lon qilingan 20–60 foizlik chegirmalar tovarning to‘liq narxiga emas, bo‘lib to‘lashning oylik to‘lovlariga tegishli bo‘lgan. Qashqadaryodagi “1+1” aksiyasida esa xaridorga qanday qo‘shimcha tovar berilishi aniq ko‘rsatilmagan.
Aniqlangan kamchiliklarning 59 tasi tushuntirish va ogohlantirishlar orqali bartaraf etildi. To‘rt tadbirkorlik subyektiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Iste’molchilar foydasiga qariyb 250 mln so‘m qayta hisob-kitob qilindi.
Endi qo‘mita uchta raqamli mexanizm bo‘yicha takliflar tayyorlamoqda:
tovar yonidagi QR-kod orqali avvalgi narx va haqiqiy chegirmani ko‘rsatish;
aksiya shartlarini oldindan elektron tizimda qayd etish;
narxlar o‘zgarishi tarixini raqamli shaklda saqlash.
Amaldagi qoidalarga ko‘ra, sotuvchi chegirma e’lon qilishda tovarning oxirgi 30 kundagi eng past narxini asos qilishi shart. Yangi takliflar esa bu talab bajarilishini tekshirishni osonlashtirishga qaratilgan.
Apteka v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2026
Olti baravargacha qimmat: Toshkentda ayrim dorixonalar narxlarni oshirib sotgan
Yangiliklar lentasi
0