https://oz.sputniknews.uz/20261024/rossiyaga-qarshi-sportdagi-diskriminatsiya-mdhda-dostlikni-kuchaytirdi--ikramov-61465117.html
Sportdagi diskriminatsiya MDHda do‘stlikni kuchaytirdi — Ikramov
Sportdagi diskriminatsiya MDHda do‘stlikni kuchaytirdi — Ikramov
Sputnik O‘zbekiston
Yalpi majlis sport sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishga bag‘ishlandi. 24.10.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-10-24T18:20+0500
2026-10-24T18:20+0500
2026-10-24T22:58+0500
sport
adham ikramov
rossiya
hamkorlik
sanksiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/18/61465331_0:133:2560:1573_1920x0_80_0_0_708d824f65157c1b3b02a2c6042c611e.jpg
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston sport vaziri Adham Ikramov Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida bo‘lib o‘tgan "Rossiya - sport davlati" forumida “Sport: o‘zgarishlar davrida dunyoni birlashtirish” mavzusidagi xalqaro yalpi majlisda ishtirok etdi.O‘z nutqida vazir Rossiyaga sport sohasiga kiritilgan diskriminatsiya choralari aksincha ish berib, MHD davlatlarini birlashtirganini qayd etdi. Undan tashqari, Adham Ikramov o‘z nutqida O‘zbekistonda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni saralash va tayyorlash, shuningdek, sohani raqamlashtirish borasida erishilgan natijalarni haqida ham aytib berdi.Shuningdek, xalqaro sport hamkorligini kengaytirish, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida sportchilar hamda murabbiylar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va musobaqalarni tashkil etish muhimligi qayd etildi.Tadbir doirasida sport sohasidagi xalqaro hamkorlik istiqbollari, sportni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari hamda xalqaro sport hamjamiyati oldida turgan dolzarb vazifalar keng muhokama qilindi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/18/61465331_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_35c6a0a8f1636e114ac9a0220a62a34d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, adham ikramov, rossiya, hamkorlik, sanksiya
sport, adham ikramov, rossiya, hamkorlik, sanksiya
Sportdagi diskriminatsiya MDHda do‘stlikni kuchaytirdi — Ikramov
18:20 24.10.2026 (yangilandi: 22:58 24.10.2026) Yalpi majlis sport sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishga bag‘ishlandi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston sport vaziri Adham Ikramov Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida bo‘lib o‘tgan "Rossiya - sport davlati" forumida “Sport: o‘zgarishlar davrida dunyoni birlashtirish” mavzusidagi xalqaro yalpi majlisda ishtirok etdi.
O‘z nutqida vazir Rossiyaga sport sohasiga kiritilgan diskriminatsiya choralari aksincha ish berib, MHD davlatlarini birlashtirganini qayd etdi.
"Men bu kamsituvchi choralarni joriy qilgan shaxslar nimaga erishmoqchi bo‘lganini bilmoqchi edim. Bu bizning hamkorligimiz, sherikligimiz va do‘stligimizni mustahkamlash uchunmidi? Bunga ishonchim komil emas, lekin ular bunga mutlaqo erishdilar. 2021-yilda Qozon birinchi MDH o‘yinlariga mezbonlik qildi. Hozirda biz ShHT kuboklariga mezbonlik qilmoqdamiz... Agar ikkinchi maqsad Rossiya va Belarus sportining mavqeyini zaiflashtirish bo‘lsa, ular muvaffaqiyatsizlikka uchradi.", — dedi Ikromov.
Undan tashqari, Adham Ikramov o‘z nutqida O‘zbekistonda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni saralash va tayyorlash, shuningdek, sohani raqamlashtirish borasida erishilgan natijalarni haqida ham aytib berdi.
Shuningdek, xalqaro sport hamkorligini kengaytirish, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida sportchilar hamda murabbiylar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va musobaqalarni tashkil etish muhimligi qayd etildi.
Tadbir doirasida sport sohasidagi xalqaro hamkorlik istiqbollari, sportni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari hamda xalqaro sport hamjamiyati oldida turgan dolzarb vazifalar keng muhokama qilindi.