https://oz.sputniknews.uz/20261023/videoni-oxirigacha-korishga-undaydigan-usullar-61443386.html
Videoni oxirigacha ko‘rishga undaydigan usullar — ma’ruza
Videoni oxirigacha ko‘rishga undaydigan usullar — ma’ruza
Sputnik O‘zbekiston
Nima uchun tomoshabin ba’zi videolarni saqlab qo‘yadi yoki do‘stilari bilan bo‘lishadi — SputnikPRO ma’ruzasidan asosiy usullar. 23.10.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-10-23T18:46+0500
2026-10-23T18:46+0500
2026-10-23T20:02+0500
video
sputnik
sputnikpro
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/17/61444237_11:0:1376:768_1920x0_80_0_0_d474b3c280244b630e05fd1931b19c20.jpg
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. YouTube’da atigi bir kunda paydo bo‘ladigan barcha kontentni to‘xtovsiz ko‘rib chiqish uchun odamga 82-yil kerak bo‘ladi. Agar barcha yirik platformalardagi postlarni bir vaqtda qamrab olishga harakat qilinsa, bu muddat 30 ming yilga yetadi. Tomoshabin videoni o‘tkazib yubormasligi, uni oxirigacha ko‘rishi, saqlab qo‘yishi yoki do‘stiga yuborishi uchun nima qilish kerak? Bu haqda Toshkentdagi Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universitetida (IUSI) bo‘lib o‘tgan SputnikPRO uchrashuvida “Rossiya segodnya” media guruhining Video ishlab chiqarish direksiyasi kontentni targ‘ib qilish bo‘limi boshlig‘i Polina Golubeva gapirib berdi.Odamni videolarni tinimsiz varaqlashdan to‘xtashga nima majburlaydi? Polina quyidagilarni tavsiya qiladi:1. “Xuk”dan (ilmoq) boshlang. Birinchi kadr va dastlabki so‘zlardanoq tomoshabinda kontentni ko‘rishda davom etish uchun sabab paydo bo‘lishi kerak. Bu kutilmagan fakt, ziddiyat, savol yoki yorqin vizual harakat bo‘lishi mumkin. Agar barcha javobni darhol oshkor qilsangiz, qiziqish so‘nadi: ochiq qolgan savol esa, aksincha, miyani davomini izlashga undaydi.“Biror narsani ko‘rish uchun to‘xtaganimizda, ongsiz ravishda o‘zimizga bir nechta savol beramiz. Balki bu video men haqimdadir? Balki keyin nima bo‘lishi qiziqdir? Balki buni ko‘rib qandaydir foyda olarman? Balki uni kimgadir yuboraman? Ehtimol, bu siz o‘zingizni ehtiyot qilishni xohlaydigan biror hayratga soluvchi videodir? Balki bularning hammasi birgalashib bo‘lar”– dedi ma’ruzachi.2. Tomoshabinga his-tuyg‘u ulashing. Qiziqish, hayrat, xavotir, g‘azab, zavq kabi kuchli hissiy reaksiyalar kontentning e’tiborga tushishi va ulashilishi ehtimolini oshiradi. Ammo butun strategiyani salbiylikka asoslanib qurish xavfli: auditoriya tinimsiz tajovuz oqimidan tez charchaydi.“Salbiy his-tuyg‘ularga tayanib atigi 3 hafta chidash mumkinligi, shundan so‘ng foydalanuvchi ruhan charchab, hammasini shunchaki arxivga tashlab qo‘yishi haqida tadqiqotlar bo‘lgan” ,– o‘rtoqlashdi Golubeva.3. “Bu men haqimda ekan”– deb, odam videoda o‘zini taniy olgandagina eng yaxshi samara paydo bo‘ladi. Kishi bunday kontentni saqlab qo‘yishni yoki xuddi shunday vaziyatga tushadigan tanishiga yuborishni xohlaydi.4. Foyda keltiring yoki va’da qiling. Tomoshabin sarflagan vaqti evaziga nimaga ega bo‘lishini tushunishi kerak: bilim, maslahat, mablag‘ tejash, pul topish yoki muammoni hal qilish usuli.5. Hammasini birdaniga aytmang. Yaxshi storitelling: “Keyin nima bo‘lar ekan?”, – degan savolga o‘rin qoldiradi. Aynan shu sababli ig‘voga boy, davomi kutilmagan va bir nechta ma’no bilan ilgaklari bor formatlar yaxshi samara beradi.6. Diqqatni qayta jalb qiling. Dinamik montaj, kadrlar almashinuvi, grafika va vizual urg‘ular tomoshabin e’tiborini ushlab turishga yordam beradi. Ma’ruzachining ta’kidlashicha, bunday montaj aynan e’tiborni muntazam ravishda videorolikka qaytarish uchun zarur.7. Videoni ulashishlari haqida o‘ylang. Viral kontent ijtimoiy qiymatga ega bo‘lishi — odamda do‘stiga: “Xuddi sen-a”, “Buni ko‘rdingmi?” yoki “Sen ham shunday qilib ko‘r”,– deyishga ishtiyoq uyg‘otishi kerak. Aynan shu lahzada oddiy tomosha qilish kontentni tarqatishga aylanadi.Shu bilan birga, Polina Golubevaning so‘zlariga ko‘ra, ommalashishning universal formulasi mavjud emas. Kontent yaratuvchilar doimiy ravishda turli formatlarni sinab ko‘rishlariga, trendlar va shov-shuvli mavzularni kuzatib borishlariga, ziddiyat hamda e’tiborni ushlab qolishning yangi usullarini izlashlariga to‘g‘ri keladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/17/61444237_342:0:1366:768_1920x0_80_0_0_90e62985d36c16928b5576dd5770a434.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, sputnik, sputnikpro
video, sputnik, sputnikpro
Videoni oxirigacha ko‘rishga undaydigan usullar — ma’ruza
18:46 23.10.2026 (yangilandi: 20:02 23.10.2026) Eksklyuziv
Nima uchun tomoshabin ba’zi videolarni saqlab qo‘yadi yoki do‘stilari bilan bo‘lishadi — SputnikPRO ma’ruzasidan asosiy usullar.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. YouTube’da atigi bir kunda paydo bo‘ladigan barcha kontentni to‘xtovsiz ko‘rib chiqish uchun odamga 82-yil kerak bo‘ladi. Agar barcha yirik platformalardagi postlarni bir vaqtda qamrab olishga harakat qilinsa, bu muddat 30 ming yilga yetadi.
Kontent cheksiz ko‘payib borayotgan dunyoda axborot emas, balki e’tibor eng katta taqchillikka aylanmoqda.
Tomoshabin videoni o‘tkazib yubormasligi, uni oxirigacha ko‘rishi, saqlab qo‘yishi yoki do‘stiga yuborishi uchun nima qilish kerak? Bu haqda Toshkentdagi Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universitetida (IUSI) bo‘lib o‘tgan SputnikPRO uchrashuvida “Rossiya segodnya” media guruhining Video ishlab chiqarish direksiyasi kontentni targ‘ib qilish bo‘limi boshlig‘i Polina Golubeva gapirib berdi.
Odamni videolarni tinimsiz varaqlashdan to‘xtashga nima majburlaydi? Polina quyidagilarni tavsiya qiladi:
1. “Xuk”dan (ilmoq) boshlang. Birinchi kadr va dastlabki so‘zlardanoq tomoshabinda kontentni ko‘rishda davom etish uchun sabab paydo bo‘lishi kerak. Bu kutilmagan fakt, ziddiyat, savol yoki yorqin vizual harakat bo‘lishi mumkin. Agar barcha javobni darhol oshkor qilsangiz, qiziqish so‘nadi: ochiq qolgan savol esa, aksincha, miyani davomini izlashga undaydi.
“Biror narsani ko‘rish uchun to‘xtaganimizda, ongsiz ravishda o‘zimizga bir nechta savol beramiz. Balki bu video men haqimdadir? Balki keyin nima bo‘lishi qiziqdir? Balki buni ko‘rib qandaydir foyda olarman? Balki uni kimgadir yuboraman? Ehtimol, bu siz o‘zingizni ehtiyot qilishni xohlaydigan biror hayratga soluvchi videodir? Balki bularning hammasi birgalashib bo‘lar”– dedi ma’ruzachi.
2. Tomoshabinga his-tuyg‘u ulashing. Qiziqish, hayrat, xavotir, g‘azab, zavq kabi kuchli hissiy reaksiyalar kontentning e’tiborga tushishi va ulashilishi ehtimolini oshiradi. Ammo butun strategiyani salbiylikka asoslanib qurish xavfli: auditoriya tinimsiz tajovuz oqimidan tez charchaydi.
“Salbiy his-tuyg‘ularga tayanib atigi 3 hafta chidash mumkinligi, shundan so‘ng foydalanuvchi ruhan charchab, hammasini shunchaki arxivga tashlab qo‘yishi haqida tadqiqotlar bo‘lgan” ,– o‘rtoqlashdi Golubeva.
3. “Bu men haqimda ekan”– deb, odam videoda o‘zini taniy olgandagina eng yaxshi samara paydo bo‘ladi. Kishi bunday kontentni saqlab qo‘yishni yoki xuddi shunday vaziyatga tushadigan tanishiga yuborishni xohlaydi.
4. Foyda keltiring yoki va’da qiling. Tomoshabin sarflagan vaqti evaziga nimaga ega bo‘lishini tushunishi kerak: bilim, maslahat, mablag‘ tejash, pul topish yoki muammoni hal qilish usuli.
5. Hammasini birdaniga aytmang. Yaxshi storitelling: “Keyin nima bo‘lar ekan?”, – degan savolga o‘rin qoldiradi. Aynan shu sababli ig‘voga boy, davomi kutilmagan va bir nechta ma’no bilan ilgaklari bor formatlar yaxshi samara beradi.
6. Diqqatni qayta jalb qiling. Dinamik montaj, kadrlar almashinuvi, grafika va vizual urg‘ular tomoshabin e’tiborini ushlab turishga yordam beradi. Ma’ruzachining ta’kidlashicha, bunday montaj aynan e’tiborni muntazam ravishda videorolikka qaytarish uchun zarur.
7. Videoni ulashishlari haqida o‘ylang. Viral kontent ijtimoiy qiymatga ega bo‘lishi — odamda do‘stiga: “Xuddi sen-a”, “Buni ko‘rdingmi?” yoki “Sen ham shunday qilib ko‘r”,– deyishga ishtiyoq uyg‘otishi kerak. Aynan shu lahzada oddiy tomosha qilish kontentni tarqatishga aylanadi.
Shu bilan birga, Polina Golubevaning so‘zlariga ko‘ra, ommalashishning universal formulasi mavjud emas. Kontent yaratuvchilar doimiy ravishda turli formatlarni sinab ko‘rishlariga, trendlar va shov-shuvli mavzularni kuzatib borishlariga, ziddiyat hamda e’tiborni ushlab qolishning yangi usullarini izlashlariga to‘g‘ri keladi.