Rossiya Qurolli kuchlari hafta davomida 13 ta aholi punktini ozod qildi

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov
Obuna bo‘lish
Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlari hafta davomida 8300dan ortiq harbiy xizmatchilarni (qurbon va yaralangan) tashkil qildi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Rossiya Qurolli Kuchlari 17-oktabrdan 23-oktabrgacha Ukraina hududlariga uzoq masofali aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida uchta yirik va 11 ta guruhli hujumlarni amalga oshirdi
Hujumlar natijasida UQK foydalaniladigan harbiy-sanoat obyektlari, logistika markazlariga, energetika va transport infratuzilmasiga zarba berildi.
Harbiy yuklarni qabul qilish, saqlash va tarqatishni logistika markazlari va port infratuzilmasi obyektlari ishdan chiqarildi.
UQK uchun qurol-yarog‘, harbiy texnika va ikki maqsadli tovarlar yetkazib berayotgan 14ta quruq yuk kemasi va konteyner kemasi zarbaga uchradi.
"Shimol" kuchlar guruhi Xarkov viloyatida qamal qilingan dushmanni yo‘q qilishni yakunladi va u yerda qolgan alohida dushman guruhlarini yo‘q qilishni davom ettirmoqda.
"G‘arb" kuchlar guruhi bo‘linmalari yanada qulayroq pozitsiyalarni egallab oldi va qat’iy harakatlar natijasida Xarkov viloyatidagi Palamarevka va Kovalevka qishloqlarini nazoratga oldi.
"Janub" kuchlar guruhi bo‘linmalari front chizig‘idagi pozitsiyalarini yaxshiladilar va DXRdagi Alekseyevo-Drujkovka qishlog‘ini ozod qildilar.
"Markaz" kuchlar guruhi bo‘linmalari faol operatsiyalar natijasida DXRdagi Dobropole, Pervomayskoe va Sergeyevka qishloqlarini ozod qildilar.
"Sharq" kuchlar guruhining bo‘linmalari dushman mudofaasiga chuqur kirib borishda davom etdi va qat’iy harakatlar natijasida Zaporojye viloyatidagi Omelnik, Timoshevka, Chervoniy Yar va Mirovka qishloqlarini ozod qildi va Dnepropetrovsk viloyatidagi Velikimixaylivkani nazoratga oldi.
"Dnepr" kuchlar guruhining bo‘linmalari taktik pozitsiyalarini yaxshiladilar va Zaporojye viloyatidagi Malokaterinovka va Yuliyevka qishloqlarini ozod qildilar.
Qora dengiz floti Qora dengizda Ukraina dengiz flotining beshta ekipajsiz qayig‘ini yo‘q qildi.
Havo mudofaa kuchlari beshta boshqariladigan havo bombasini, uchta AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS raketalarini, yettita "Flamingo" uzoq masofali raketalarini va 5593 ta uzoq masofali uchuvchisiz apparatlarini urib tushirdi.
Hafta davomida Ukraina Qurolli kuchlarining yerdagi yo‘qotishlari 8300dan ortiq harbiy xizmatchilarni (qurbon va yaralangan), 112ta zirhli jangovar mashinalarni, 43ta dala artilleriya qurollarini, 693ta harbiy avtomobilni tashkil qildi.
Hafta davomida Ukraina Qurolli kuchlarining yerdagi yo‘qotishlari 8300dan ortiq harbiy xizmatchilarni (qurbon va yaralangan), 112ta zirhli jangovar mashinalarni, 43ta dala artilleriya qurollarini, 693ta harbiy avtomobilni tashkil qildi.
