Andrey Stenin nomidagi XII Xalqaro fototanlov g‘oliblari e’lon qilindi
15:02 22.10.2026 (yangilandi: 15:30 26.10.2026)

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev
/ Obuna bo‘lish
Moskvadagi tanlovning Gran-pri mukofoti Livandagi havo hujumlari va odamlar hayoti aks etgan fotosuratlar turkumiga berildi.
TOShKENT, 26 OKT — Sputnik. Moskvada Andrey Stenin nomidagi XII Xalqaro fotojurnalistika tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi. Taqdirlash marosimi 21-oktabrda Moskva muzeyida bo‘lib o‘tdi.
Gran-pri livanlik fotograf Abdul Qodir Al-Bayga nasib etdi. Xalqaro hakamlar hay’ati unga "Asosiy yangiliklar. Fotosuratlar turkumi" yo‘nalishidagi "Livan, 2024–2025: havo hujumlari orasidagi hayot" ishi uchun bir ovozdan oliy mukofotni topshirdi.

Otkritie vistavki konkursa fotojurnalistiki imeni Andreya Stenina
© Sputnik / Grigoriy Sisoyev
/ "2024 yil sentabr oyida Livan shiddatli harbiy mojaroga tortildi. Butun mamlakat Isroilning havo hujumlariga uchradi. Ko‘pchilik o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Bu suratlar Livanning turli hududlarida olingan. Ularda zarbadan keyingi dastlabki soniyalarda va qutqaruv operatsiyalari davomida nimalar sodir bo‘lgani muhrlangan. Suratlar oddiy odamlar urush va yo‘qotishlarni qanday boshdan kechirayotganini, omon qolishga qanday urinayotganini ko‘rsatadi", — dedi Abdul Qodir Al-Bay.
Gran-pri sohibi bilan bir qatorda tanlovning oltita nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblar ham e’lon qilindi.
"Asosiy yangiliklar. Yakka fotosurat" nominatsiyasida birinchi o‘rinni bangladeshlik Al Muztaba Rosulning "Tomi — osmon, poli kuldan" ishi egalladi. Unda yong‘inda boshpanasidan ayrilgan, biroq iroda kuchi, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va atrofdagilar yordami tufayli qiyinchiliklarga bardosh berayotgan insonlar tasvirlangan.
"Asosiy yangiliklar. Fotosuratlar turkumi" yo‘nalishida rossiyalik Sergey Bobilovning "Urush aks-sadosi" turkumi eng yaxshi deb topildi. Unda Rossiya armiyasi tomonidan Kursk viloyatining Sudja shahri va boshqa bir qator aholi punktlari Ukraina Qurolli Kuchlaridan ozod qilingani haqida hikoya qilinadi.

Otkritie vistavki konkursa fotojurnalistiki imeni Andreya Stenina
© Sputnik / Grigoriy Sisoyev
/ "Sport. Yakka fotosurat" nominatsiyasida rossiyalik Yevgeniy Filippovning "So‘nggi faza" ishi g‘olib bo‘ldi. Suratda sportchilarning suvga sakrash bo‘yicha "Kreml kubogi" Butunrossiya musobaqasi finali oldidan chigalozdi mashqlarini bajarayotgani aks etgan.

Otkritie vistavki konkursa fotojurnalistiki imeni Andreya Stenina
© Sputnik / Grigoriy Sisoyev
/ Tanlov ishtirokchilari orasida eng ommabop bo‘lgan "Mening sayyoram" nominatsiyasida birinchi o‘rinni bangladeshlik Sulaymon Husaynning "Qum tilidagi hayot" surati egalladi. U fermerlarning darodagi suv sathi o‘zgarishiga moslashish mahoratiga bag‘ishlangan.
Ushbu nominatsiyada rossiyalik Alisa Severnayaning "Biz shu yerda yashaymiz" turkumi eng yaxshi deb topildi. Unda vayron bo‘lgan aholi punktlarida turli qiyinchiliklarga qaramay o‘z uylarini tark etmayotgan odamlar hayoti aks etgan.
"Portret. Zamonamiz qahramoni" nominatsiyasida Hindiston va Rossiya fotojurnalistlarining ishlari sovrinli o‘rinlarni egalladi.

Otkritie vistavki konkursa fotojurnalistiki imeni Andreya Stenina
© Sputnik / Grigoriy Sisoyev
/ Hindistonlik Arpan Basu Chaudxurining "E’tiqod nigohi" suratida tojdagi chiroqlar aksi va aylanayotgan uchqunlar orqali vaqtning o‘zi Mahadev qarshisida ta’zim qilayotgandek taassurot yaratilgan.
Rossiyalik fotojurnalist Mariya Semonovaning "Zulmatdagi orzular" turkumi esa gender kamsitish va huquqlarining muntazam buzilishi sharoitida yashayotgan afg‘on ayollari hayoti haqida hikoya qiladi.
"Yuqoridan ko‘rinish. Yakka fotosurat" nominatsiyasida hakamlar hay’ati sovrini bangladeshlik Muhammad Amdad Husaynning "Daryo uzra juma namozi" suratiga berildi.
"Hayot quvvati" maxsus nominatsiyasida birinchi o‘rin rossiyalik Pavel Volkovga nasib etdi. Uning "Rekviyem" fotosuratlar turkumi jangovar harakatlardan keyin o‘z shaharlarida yashashda davom etayotgan, umidini yo‘qotmagan insonlar hayotiga bag‘ishlangan.

Otkritie vistavki konkursa fotojurnalistiki imeni Andreya Stenina
© Sputnik / Grigoriy Sisoyev
/ Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilda tanlovga 36 mamlakatdan qariyb 2500 ta ish kelib tushgan. Finalchilar orasida 13 mamlakat fotojurnalistlari bor.
Moskvadagi marosim g‘oliblar ishlarining xalqaro ko‘rgazma turnesiga start berdi. Moskva muzeyida esa fotosuratlarni 10-noyabrgacha tomosha qilish mumkin.
Tanlov haqida
Andrey Stenin nomidagi Xalqaro fotojurnalistika tanlovi 2014-yil yozida Donesk yaqinida halok bo‘lgan "Rossiya segodnya" mediaguruhining maxsus fotomuxbiri, Jasorat ordeni sohibi Andrey Stenin xotirasiga bag‘ishlangan.
2014 yil dekabrda "Rossiya segodnya" xalqaro mediaguruhi yosh fotojurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy fotojurnalistika vazifalariga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadida ushbu tanlovni ta’sis etgan.
2026 yilda tanlov o‘n ikkinchi marta o‘tkazildi. U oltita nominatsiyani qamrab oldi: "Asosiy yangiliklar", "Sport", "Mening sayyoram", "Portret. Zamonamiz qahramoni", "Yuqoridan ko‘rinish" va "Hayot quvvati".
Joriy yilda 34 yosh va undan katta fotojurnalistlar uchun "Hayot quvvati" maxsus nominatsiyasi ilk bor tashkil etildi.

Otkritie vistavki konkursa fotojurnalistiki imeni Andreya Stenina
© Sputnik / Grigoriy Sisoyev
/