Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Xorijga ishga borish uchun avvalambor kasb va til o‘rganish kerak — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
O‘zbekiston hukumati xorijga ishga borayotgan mehnat migrantlari mushkullarini yengil qilish uchun barcha zarur ishlarni bajarmoqda.
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida O‘zbekiston Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari Elor Toshtemirovning Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan nomzodlarni tashkillashtirilgan tartibda ishga yo‘naltirish mexanizmlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Sentabr oyi oxirida Migratsiya agentligi “barcha jarayonlar bir joyda” tamoyili asosida kompleks markaz tashkil etishni taklif qildi. Markazda safardan oldi rus tilidan test, tibbiy ko‘rik, biometriya va daktiloskopiyadan o‘tish, hujjatlarni tekshirish ko‘zda tutilmoqda.
Yana bir yo‘nalish — rus tili imtixonlarini topshirish uchun Toshkentga kelishi bilan bog‘liq vaqt va xarajatlarini kamaytirish maqsadida jarayonlarni hududlarda tashkil etish. Buning uchun 4 ta hududda zarur infratuzilma tayyorlab qo‘yilgan.
Migratsiya agentligi direktorining o‘rinbosari Elor Toshtemirovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga ishga borishdan oldingi ayrim jarayonlarni O‘zbekistonning o‘zida tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
"Rossiyaga borgandan keyin fuqaro kirish taqiqi borligini bilib qolyapti va bu barcha tomonlar uchun noqulayliklar keltirib chiqarmoqda. Natijada fuqaromiz vatanga qaytishga majbur bo‘lyapti", — dedi Toshtemirov.
Mazkur mexanizmlarni O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Agar kelishuvlarga erishilsa, bu mehnat migrantlariga Rossiyaga ketishdan oldin zarur jarayonlarni o‘tish va ortiqcha sarsongarchiliklarni kamaytirish imkonini berishi mumkin.
Xorijiy davlatlarda 1,3–1,4 million nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi mehnat qilmoqda. Bu ko‘rsatkich mavsumga qarab o‘zgarib turadi.
Elor Toshtemirov xorijda ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolarga safarga oldindan tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya qildi.
"Avvalambor, o‘sha davlatda talab yuqori bo‘lgan kasbni o‘rganish kerak. 3 yoki 6 oy vaqt ajratib, kasb egallash va chet tilini o‘rganish muhim", — dedi migratsiya agentligi vakili.
Borilayotgan davlat tilini biladigan va talab yuqori bo‘lgan kasb egasi bo‘lgan fuqarolar munosib ish topish, yuqoriroq maosh olish va o‘z huquqlarini himoya qilish uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladi.
O‘zbekistonning 1282 raqamli koll-markazi kechayu kunduz ishlamoqda. Xorijda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari qiyin vaziyatga tushib qolganda Migratsiya agentligi vakolatxonalari, O‘zbekistonning diplomatik muassasalari va konsulxonalariga murojaat qilishlari mumkin. Migratsiya agentligining vakolatxonalari Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Janubiy Koreyada faoliyat yuritmoqda.
Qiyin vaziyatda qolgan migrantlarning O‘zbekistonga qaytishi uchun yo‘l xarajatlari qoplanadi.Xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan va vatanga qaytishga muhtoj bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga Migratsiya jamg‘armasi hisobidan yo‘l chiptalari bilan beg‘araz ta’minlanadi.
Batafsil — videomizda tanishing.
Yangiliklar lentasi
0