Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasida investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
16:24 16.10.2026 (yangilandi: 16:35 16.10.2026)

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Yoqilg‘i-energetika sohasida Investorlar kengashi tashkil qilinadi. Kengash sarmoyadorlar duch keladigan masalalarga tezkor yechim topish bilan shug‘ullanadi.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Bugun Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
O‘tgan davrda qilingan ishlar
O‘tgan davrda sohaga 35 milliard dollar investitsiya kiritildi, hamkor davlatlar soni 2-3 tadan 10 tadan ortiqqa yetdi.
Quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalari hisobiga qayta tiklanuvchi energiyaning jami generatsiyadagi ulushi 31 foizga ko‘tarildi. "Yashil" quvvatlar 11,1 gigavattni tashkil etmoqda. Aholi jon boshiga elektr energiyasi ishlab chiqarish 28 foizga oshib, 2 ming 300 kilovatt-soatga yetdi.
Bugun umumiy qiymati 4 milliard 700 million dollarlik 6 ta yirik loyiha bo‘yicha bitimlar imzolandi. Ular doirasida 3 ming megavatt generatsiya va 400 megavatt energiya saqlash quvvati yaratiladi.
2030 yilgacha 22 ming megavatt yangi quvvat yaratish maqsad qilingan. Natijada elektr energiyasi ishlab chiqarishning yillik hajmi 129 milliard kilovatt-soatdan oshadi, qayta tiklanuvchi energiya ulushi 54 foizga yetadi.

Shavkat Mirziyoyev provodit otkritiy dialog s investorami v toplivno-energeticheskoy sfere
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Endi loyihalar hududlar ehtiyojidan kelib chiqib ochiq tanlovga chiqariladi.
Ilk bosqichda "yashil" quvvatlarni tez yaratish uchun loyihalar ko‘pincha investorlar taklif qilgan hududlarda joylashtirildi. Bu ko‘plab sarmoya jalb etish imkonini berdi. Biroq ayrim joylarda quvvatlar to‘planib, elektrni boshqa hududlarga yetkazish xarajatlari oshdi.
Tanlovga qo‘yiladigan har bir loyiha bo‘yicha yer maydoni, tarmoqqa ulanish nuqtasi va muddati, elektrni xarid qilish hamda to‘lov shartlari avvaldan e’lon qilinadi. Barcha investorlar uchun talablar teng bo‘ladi, to‘lov intizomi va xatarlarni kamaytirish mexanizmlari mustahkamlanadi.
Energetika sohasining bosh rejasi
Birinchi marta energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqilib, ochiq e’lon qilinadi. Kelgusi yil 1-martgacha tarmoqlarga ulanish imkoniyatlari xaritasi, 1-iyulga qadar to‘liq bosh reja taqdim etiladi.
Bu hujjatlarda qaysi hududda elektrga talab o‘sishi, qanday infratuzilma zarurligi va yangi quvvatlar qayerda samarali ishlashi ko‘rsatiladi. Shu asosda investorlar ham o‘z rejalarini uzoq muddatga tuzishi mumkin bo‘ladi.
Prezident yangi stansiyalar bilan birga elektrni iste’molchiga yetkazib beradigan tarmoqlarni ham rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Generatsiya, uzatish va energiya saqlash tizimlari o‘zaro bog‘liq holda ishlashi kerak.
Bu hujjatlarda qaysi hududda elektrga talab o‘sishi, qanday infratuzilma zarurligi va yangi quvvatlar qayerda samarali ishlashi ko‘rsatiladi. Shu asosda investorlar ham o‘z rejalarini uzoq muddatga tuzishi mumkin bo‘ladi.
Prezident yangi stansiyalar bilan birga elektrni iste’molchiga yetkazib beradigan tarmoqlarni ham rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Generatsiya, uzatish va energiya saqlash tizimlari o‘zaro bog‘liq holda ishlashi kerak.
Hozir Farg‘ona, Andijon va Namanganda talabning bir qismi boshqa hududlarda ishlab chiqarilgan elektr hisobidan qoplanmoqda. Yangi sanoat zonalari va yirik korxonalarning ishga tushishi tarmoqlarga yuklamani yanada oshiradi.
Data-markazlar uchun maydonlar oldindan belgilanadi
Sun’iy intellekt va data-markazlar elektrga talab tez o‘sayotgan yo‘nalishlardan. Ular uchun yer, tarmoqqa ulanish imkoniyati va "yashil" energiya manbai mavjud maydonlar oldindan belgilanadi.
Har bir yirik data-markazda asosiy va zaxira elektr ta’minoti, energiya saqlash hamda sovitish tizimlari birgalikda rejalashtiriladi. Sarmoyadorlardan elektr va suvdan samarali foydalanadigan yechimlar kutilmoqda.
Tarmoqlar yangilanadi, saqlash quvvatlari baspo etiladi
So‘nggi besh yilda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishga 2 milliard dollardan ziyod yo‘naltirildi. Navbatdagi katta vazifa tarmoqlarni yangilash va energiya saqlash tizimlarini rivojlantirishdir.
2030 yilgacha 5 ming kilometr tarmoq va 16 ta yirik podstansiya qurish, energiya saqlash quvvatlarini 4,5 gigavattga yetkazish rejalashtirilgan. Loyihalarning katta qismi Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Namangan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Bundan buyon ustuvorlik generatsiya, saqlash va tarmoqlarni birgalikda qamrab oladigan kompleks loyihalarga beriladi. Uzoq muddatli energiya saqlash uchun gidroakkumulyatsiya stansiyalarini qurishda ham investorlar bilan hamkorlik qilish rejalashtirilmoqda.
Taqsimlash tarmoqlarida xususiy sektor ishtiroki ham kengaytiriladi. Samarqandda boshlangan yondashuvni Jizzax va Toshkent viloyatlarida davom ettirish rejalashtirilgan. Maqsad – elektr yo‘qotishlarini kamaytirish va iste’molchilarga xizmat sifatini yaxshilash.
“Eng arzon energiya – tejalgan energiya”, - dedi prezident.
Energetika sohasi eksporti
O‘zbekiston energetikada ichki bozor bilan cheklanmaydi. Ozarbayjon va Qozog‘iston bilan Kaspiy orqali "yashil" energiyani Yevropaga yetkazish loyihasi amaliy bosqichga o‘tmoqda. Afg‘oniston va Janubiy Osiyo bozorlari ham istiqbolli yo‘nalishlar sifatida belgilandi.
Energetika loyihalarida mis mahsulotlari, kabel, transformator, metall konstruksiyalar va qurilish materiallariga katta talab bor. Prezident mahalliy korxonalar sifat, narx va standartlar bo‘yicha raqobatlasha olishini qayd etdi.
Xitoyning “China Enerji” kompaniyasi 8 ta energiya saqlash stansiyasi qurilishida qariyb 40 foiz mahalliy mahsulotlardan foydalandi. Ularning qiymati 200 million dollarga yaqin bo‘ldi. O‘tgan yili esa energetikadagi barcha investitsiya loyihalarida mahalliy tovar va xizmatlar qiymati 740 million dollarga yetdi.
Prezident ushbu ko‘rsatkichni 3-4 barobar oshirish mumkinligini ta’kidladi. Sanoat kooperatsiyasi agentligi va mahalliy uyushmalar investorlarga zarur mahsulotning sifati va hajmini aniqlab, uni yetkazib berishda korxonalar bilan ishlaydi.
Hozir yuqori kuchlanishli uskunalar, energiya saqlash tizimlarining boshqaruv modullari va shamol generatorlari butlovchi qismlari katta hajmda import qilinmoqda. Ularni mahalliylashtirish bo‘yicha 850 million dollarlik 12 ta istiqbolli loyiha tayyorlangan.
Jizzax viloyati Forish tumanida qurilayotgan atom elektr stansiyasiga zarur yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida shu yerda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi. Davlat rahbari investorlarni bu loyihalarda ham hamkorlikka chaqirdi.
Neft-gaz sohasi
Hozir Usturt mintaqasidagi 6 ta investitsiya blokida qidiruv ishlari olib borilmoqda. Xorijlik hamkorlarga taklif qilish uchun boshqa hududlarda yana 128 ta blok tayyorlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ularda 5 trillion 800 milliard kub metr gaz va 560 million tonna suyuq uglevodorod resurslari mavjud.
Prezident gazdan faqat elektr olish emas, uni chuqur qayta ishlab, ko‘proq qo‘shilgan qiymat yaratish muhimligini ta’kidladi. Qashqadaryodagi sintetik suyuq yoqilg‘i majmuasida yiliga 1,5 million tonnagacha yoqilg‘i va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Prezident gazdan faqat elektr olish emas, uni chuqur qayta ishlab, ko‘proq qo‘shilgan qiymat yaratish muhimligini ta’kidladi. Qashqadaryodagi sintetik suyuq yoqilg‘i majmuasida yiliga 1,5 million tonnagacha yoqilg‘i va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Buxoro viloyatida poliyetilen, polipropilen va PET mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan MTO loyihasi albatta amalga oshirilishi qayd etildi. Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlarini modernizatsiya qilish ham ko‘zda tutilgan.
Yoqilg‘i-energetika sohasida investorlar kengashi tashkil qilinadi
Energetika loyihalari katta sarmoya va murakkab infratuzilmani talab qiladi. Yer ajratish, tarmoqqa ulanish yoki texnik shart olishdagi birgina kechikish ham butun loyihaga ta’sir qiladi.
“ACWA”, “Vision Invest”, “DataVolt”, “Voltalia” va “EDF” kabi kompaniyalar bu masalalarni doimiy muloqot orqali hal qilishni taklif etdi.
“ACWA”, “Vision Invest”, “DataVolt”, “Voltalia” va “EDF” kabi kompaniyalar bu masalalarni doimiy muloqot orqali hal qilishni taklif etdi.
Buni hisobga olib, prezident yoqilg‘i-energetika sohasida investorlar kengashini tashkil etishga qaror qilganini ta’kidladi. Kengashga prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi.
Kengash yer ajratishdan obyekt ishga tushguniga qadar sarmoyadorlar duch keladigan masalalarga tezkor yechim topish bilan shug‘ullanadi.