Rossiya Qurolli kuchlari hafta davomida 12ta aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov
Obuna bo‘lish
Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlari (qurbon va yaralangan) hafta dvomida 9055 nafar harbiy xizmatchini tashkil qildi.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari 10-oktabrdan 16-oktabrgacha 12ta aholi punktini nazoratga oldi hamda uzoq masofali aniq nishonga oluvchi qurollar va uchuvchisiz apparatlar yordamida Ukraina hududiga yettita guruhli hujumlar uyushtirdi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.
Hujumlar natijasida:
Harbiy yuklarni qabul qilish, saqlash va tarqatish uchun mas’ul bo‘lgan bir nechta Ukraina port infratuzilmasi obyektlari ishdan chiqarildi.
Ukraina Qurolli kuchlari uchun G‘arb qurollari, harbiy texnika, yoqilg‘i va materiallarni yetkazib berishda ishtirok etgan 15 ta quruq yuk kemasi zarbaga uchradi.
"Shimol" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Xarkov viloyatining shimoli-sharqida dushman tuzilmalarini qamal qilishni kuchaytirdi va tashqi nazorat zonasini kengaytirishda davom etdi.
Lukashovo, Lobanovka, Reznikovo, Kupino, Nefedovka va Chornoe aholi punktlari nazoratga olindi va kecha Xarkov viloyatidagi Varvarovka va Nikolayevka aholi punktlari ustidan nazorat o‘rnatildi.
"G‘arb" guruhi yanada qulay pozitsiyalarni egalladi. Ular ikkita UQKning mexanizatsiyalashgan hujum brigadasi, dengiz piyodalari brigadasi va ikkita hududiy mudofaa brigadasini mag‘lub etishdi.
"Janub" kuchlar guruhi front chizig‘ida o‘z pozitsiyalarini yaxshiladilar. UQKning ikkita mexanizatsiyalashgan brigadasi, moto-o‘qchi brigadasi, tog‘ hujum brigadasi, aeromobil brigadasi, uchuvchisiz tizimlar brigadasi, dengiz piyodalari brigadasi va hududiy mudofaa brigadasining ishchi kuchi va texnikasini mag‘lub etishdi.
"Markaz" guruhi faol operatsiyalar natijasida DXRdagi Novotroiskoe, Petrovskoe va Lidino qishloqlarini ozod qildi.
"Sharq" qo‘shinlar guruhi dushman mudofaasiga chuqur kirib borishda davom etdi va Zaporojye viloyatidagi Nikolskoe qishlog‘ini ozod qildi.
"Dnepr" kuchlar guruhi o‘zining taktik pozitsiyasini yaxshiladi. Ular UQKning ikkita mexanizatsiyalashgan brigadasi, tog‘ hujum polki va hududiy mudofaa brigadasining ishchi kuchi va texnikasini mag‘lub etishdi.
Havo mudofaa kuchlari hafta davomida yettita boshqariladigan havo bombasi, ikkita AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS raketalari, to‘rtta "Flamingo" uzoq masofali raketalar, bitta "Neptun" uzoq masofali boshqariladigan raketa va 5695 ta qo‘zg‘almas qanotli uchuvchisiz apparatlarini urib tushirdi.
Hafta dvomida Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlari 9055 nafar harbiy xizmatchi, 77ta zirhli jangovar mashina, 47ta dala artilleriya qurollari, 619ta harbiy avtomobilni tashkil qildi.
Hafta dvomida Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlari 9055 nafar harbiy xizmatchi, 77ta zirhli jangovar mashina, 47ta dala artilleriya qurollari, 619ta harbiy avtomobilni tashkil qildi.
