https://oz.sputniknews.uz/20261015/mdhda-xavfsizlikni-taminlash-uchun-birgalikda-harakat-qilish-kerak-belousov-61208261.html
MDHda xavfsizlik uchun birgalikda harakat qilish kerak — Belousov
MDHda xavfsizlik uchun birgalikda harakat qilish kerak — Belousov
Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistondagi uchrashuvning asosiy mavzusi qo‘shinlarni tayyorlashni tashkil etish bo‘ldi. 15.10.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-10-15T14:09+0500
2026-10-15T14:09+0500
2026-10-15T14:25+0500
mdh
qirg‘iziston
o‘zbekiston
rossiya
mudofaa vazirligi
andrey belousov
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/0f/61209264_0:9:933:533_1920x0_80_0_0_a32cefe9bd7a4ce555e9d4e5d9084b7f.jpg
TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Global miqyosda va MDH chegaralarida vaziyat murakkabligi tufayli Hamdo‘stlik davlatlari xavfsizlikni ta’minlash uchun birgalikda harakat qilish kerak, dedi Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov Cho‘lponotada bo‘lib o‘tgan MDH mudofaa vazirlari yig‘ilishida. Rossiya mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilishda “jangovar tayyorgarlikni rejalashtirish amaliyoti muhokama qilindi va zamonaviy sharoitlarda bu ishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlandi, zamonaviy jangovar operatsiyalarda uchuvchisiz apparatlar va robot tizimlaridan foydalanish usullari va texnikalari tahlil qilindi”.Shuningdek, Belousov yig‘ilish yakunida MDHda hamkorlikni yanada mustahkamlash va milliy qurolli kuchlarning jangovar qobiliyatini oshirishga qaratilgan qarorlar imzolanganini ma’lum qildi. Yig‘ilish yakunida Rossiya mudofaa vaziri kengash "umumiy ishchan va konstruktiv muhitda" o‘tganini ta’kidladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yig‘ilish Hamdo‘stlikda barqarorlikni saqlash uchun Mudofaa vazirlari kengashi formatida hamkorlikni rivojlantirishning dolzarbligi va zarurligini yana bir bor tasdiqlagan.
https://oz.sputniknews.uz/20261015/mdh-mudofaa-vazirlari-qirgizistonga-etib-kelishdi-video-61202194.html
qirg‘iziston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/0f/61209264_0:0:851:638_1920x0_80_0_0_3b560f2b2ee81e79b28d929467e8cbf6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mdh, qirg‘iziston, o‘zbekiston, rossiya, mudofaa vazirligi, andrey belousov, jamiyat
mdh, qirg‘iziston, o‘zbekiston, rossiya, mudofaa vazirligi, andrey belousov, jamiyat
MDHda xavfsizlik uchun birgalikda harakat qilish kerak — Belousov
14:09 15.10.2026 (yangilandi: 14:25 15.10.2026) Qirg‘izistondagi uchrashuvning asosiy mavzusi qo‘shinlarni tayyorlashni tashkil etish bo‘ldi.
TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Global miqyosda va MDH chegaralarida vaziyat murakkabligi tufayli Hamdo‘stlik davlatlari xavfsizlikni ta’minlash uchun birgalikda harakat qilish kerak, dedi Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov Cho‘lponotada bo‘lib o‘tgan MDH mudofaa vazirlari yig‘ilishida.
"Xavfsizlikni ta’minlash uchun umumiy sa’y-harakatlar zarur, shuning uchun kun tartibida turgan asosiy masala — armiyalarning chaqiriqlarga tayyorligini oshirish", — dedi Belousov.
Rossiya mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilishda “jangovar tayyorgarlikni rejalashtirish amaliyoti muhokama qilindi va zamonaviy sharoitlarda bu ishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlandi, zamonaviy jangovar operatsiyalarda uchuvchisiz apparatlar va robot tizimlaridan foydalanish usullari va texnikalari tahlil qilindi”.
“Maxsus harbiy operatsiya davomida olingan jangovar tajribani qo‘shinlarni o‘quv dasturiga kiritish bo‘yicha ko‘rsatmalar aniqlandi. Qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va qo‘shma harbiy mashqlar o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi”, — dedi Rossiya mudofaa vaziri.
Shuningdek, Belousov yig‘ilish yakunida MDHda hamkorlikni yanada mustahkamlash va milliy qurolli kuchlarning jangovar qobiliyatini oshirishga qaratilgan qarorlar imzolanganini ma’lum qildi.
Yig‘ilish yakunida Rossiya mudofaa vaziri kengash "umumiy ishchan va konstruktiv muhitda" o‘tganini ta’kidladi.
"Kun tartibiga muvofiq, biz armiyalarimizning jangovar qobiliyatini yanada oshirish va harbiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator masalalarni ko‘rib chiqdik. Xalqaro vaziyatni hisobga olgan holda, Yevroosiyo va mintaqaviy xavfsizlik manfaatlarida qo‘shma harbiy hamkorlik faoliyati natijalari va ustuvorliklarini tahlil qildik. Bundan tashqari, kengash harbiy ta’lim va armiya sporti sohasida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, shuningdek, harbiy tadbirlarni rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha natijalar va takliflarni ma’qulladi", - dedi Belousov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yig‘ilish Hamdo‘stlikda barqarorlikni saqlash uchun Mudofaa vazirlari kengashi formatida hamkorlikni rivojlantirishning dolzarbligi va zarurligini yana bir bor tasdiqlagan.