https://oz.sputniknews.uz/20261011/ozbekiston-tiv-61106538.html
O‘zbekiston TIV: husiylarning Ar-Riyod aeroportiga uyushtirgan hujumini qat’iy qoralaymiz
O‘zbekiston TIV: husiylarning Ar-Riyod aeroportiga uyushtirgan hujumini qat’iy qoralaymiz
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bunday hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiradi hamda barcha tomonlarni vazminlik ko‘rsatishga chaqirdi. 11.10.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-10-11T12:39+0500
2026-10-11T12:39+0500
2026-10-11T12:39+0500
siyosat
o‘zbekiston
o‘zbekiston tiv
saudiya arabistoni
husiylar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0f/45200945_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_c25028722683309c0acad413a93b179d.jpg
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ar-Riyod shahridagi podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportga husiylar tomonidan amalga oshirilgan hujumni qat’iy qoralaydi. TIV tegishli bayonot bilan chiqdi. TIV halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirib, ushbu fojiali voqea oqibatida jabrlanganlarga chuqur hamdardlik izhor etgan. Jarohat olganlarning tezroq va to‘liq sog‘ayib ketishini tilagan.Ta’kidlanishicha, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasi obyektlariga hujumlar xalqaro huquq normalarining jiddiy buzilishi hisoblanadi va bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart. Tinch aholi hayotini himoya qilish va muhim infratuzilma obyektlari xavfsizligini ta’minlash so‘zsiz ustuvor vazifa bo‘lib qolishi lozim.O‘zbekiston bunday hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiradi hamda barcha tomonlarni vazminlik ko‘rsatishga, keskinlikning yanada avj olishiga yo‘l qo‘ymaslikka, kelishmovchiliklarni xalqaro huquq normalari va BMT Nizomi tamoyillariga muvofiq, muloqot va diplomatik vositalar orqali hal etishga qat’iy da’vat etadi.O‘zbekiston birodar Saudiya Arabistoni podshohligi xalqi va hukumati bilan birdamligini izhor etadi hamda mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.Ar-Riyod xalqaro aeroportiga hujum oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 309 kishi esa jarohat oldi.
https://oz.sputniknews.uz/20261011/ar-riyod-61103342.html
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0f/45200945_88:0:2819:2048_1920x0_80_0_0_d41c036df34fd2889f9e722ab936c073.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, o‘zbekiston tiv, saudiya arabistoni, husiylar
siyosat, o‘zbekiston, o‘zbekiston tiv, saudiya arabistoni, husiylar
O‘zbekiston TIV: husiylarning Ar-Riyod aeroportiga uyushtirgan hujumini qat’iy qoralaymiz
O‘zbekiston bunday hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiradi hamda barcha tomonlarni vazminlik ko‘rsatishga chaqirdi.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ar-Riyod shahridagi podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportga husiylar tomonidan amalga oshirilgan hujumni qat’iy qoralaydi. TIV tegishli bayonot bilan
chiqdi. “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ar-Riyod shahridagi Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportga husiylar tomonidan amalga oshirilgan, begunoh insonlarning halok bo‘lishi va tinch aholi vakillarining jarohatlanishiga olib kelgan mudhish hujumdan chuqur qayg‘uda ekanini bildiradi va ushbu hujumni qat’iy qoralaydi”, - deyiladi bayonotda.
TIV halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirib, ushbu fojiali voqea oqibatida jabrlanganlarga chuqur hamdardlik izhor etgan. Jarohat olganlarning tezroq va to‘liq sog‘ayib ketishini tilagan.
“Shuningdek, Saudiya Arabistoni Podshohligining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligini qat’iy qo‘llab-quvvatlashimizni yana bir bor tasdiqlaymiz”, - deya qayd etiladi TIV bayonotida.
Ta’kidlanishicha, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasi obyektlariga hujumlar xalqaro huquq normalarining jiddiy buzilishi hisoblanadi va bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart. Tinch aholi hayotini himoya qilish va muhim infratuzilma obyektlari xavfsizligini ta’minlash so‘zsiz ustuvor vazifa bo‘lib qolishi lozim.
O‘zbekiston bunday hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiradi hamda barcha tomonlarni vazminlik ko‘rsatishga, keskinlikning yanada avj olishiga yo‘l qo‘ymaslikka, kelishmovchiliklarni xalqaro huquq normalari va BMT Nizomi tamoyillariga muvofiq, muloqot va diplomatik vositalar orqali hal etishga qat’iy da’vat etadi.
O‘zbekiston birodar Saudiya Arabistoni podshohligi xalqi va hukumati bilan birdamligini izhor etadi hamda mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Ar-Riyod xalqaro aeroportiga hujum oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 309 kishi esa jarohat oldi.