Farg‘ona Saudiya kompaniyalari bilan zargarlik sohasida hamkorlik qiladi

© Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati Farg‘ona Saudiya kompaniyalari bilan zargarlik sohasida hamkorlik qiladi
Farg‘ona Saudiya kompaniyalari bilan zargarlik sohasida hamkorlik qiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2026
Obuna bo‘lish
Viloyat hokimi hamkorlarga zargarlik sohasini rivojlantirish borasidagi imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Farg‘ona viloyati Saudiya Arabistonining “Kunzite Jewelry” va “Charmant” kompaniyalari bilan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Hamkorlik memorandumi viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning Saudiya Arabistoniga ishchi tashrifi doirasida imzolandi.
Bozorov Saudiya kompaniyalari bilan viloyat zargarlik sanoatiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Hokim Farg‘ona viloyatining sanoat va investitsiya salohiyati, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berdi.
Milliy zargarlik san’ati an’analarini zamonaviy texnologiyalar va xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari qatorida qo‘shilgan qiymati yuqori mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport bozorlarini kengaytirish, mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish va ilg‘or ishlab chiqarish amaliyotlarini joriy etish qayd etildi.
Hokimlik xabariga ko‘ra, imzolangan memorandum Farg‘ona viloyati zargarlik sanoatida amaliy hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni keyingi bosqichda ishlab chiqishga qaratilgan.
 V Tashkente proxodit pervaya mejdunarodnaya yuvelirnaya vistavka UZBEK JEWELLERY FAIR-2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2026
Zargarlarga QQSning bir qismi qaytariladi
Yangiliklar lentasi
0