Gaz, neft va ko‘mir ishlab chiqarish kamaymoqda – infografika

Obuna bo‘lish
Respublikada gaz ishlab chiqarish bir yilda 16,3 foizga kamaydi.
O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–avgust oylarida tabiiy gaz, neft, gaz kondensati va ko‘mir ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamaydi. Bundan Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Hisobot davrida respublikada 24,2 mlrd kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarildi. Uni ishlab chiqarish bir yilda 16,3 foizga kamaydi.
Sakkiz oyda neft qazib olish hajmi 425 ming tonnani tashkil qildi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga kam.
Shuningdek, 4,4 mln tonna ko‘mir qazib olingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 10,2 foizga kam.
Yangiliklar lentasi
0