https://oz.sputniknews.uz/20260928/oktyabr-ozgarish-60781376.html
Toshkentda yo‘lkira oshadi, my.gov, yangi imtiyozlar: 1-oktabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi
Toshkentda yo‘lkira oshadi, my.gov, yangi imtiyozlar: 1-oktabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi
Sputnik O‘zbekiston
1 oktabrdan Toshkentda avtobus va metro yo‘lkirasi o‘zgaradi, my.gov'da yangi xizmatlar paydo bo‘ladi va madaniy tadbirlarga bepul vaucherlar beriladi. Toshkent viloyatida suv tariflari ham oshadi.
2026-09-28T08:30+0500
2026-09-28T08:30+0500
2026-09-28T09:28+0500
o‘zgarishlar
narx-navo
suv
gaz
qurilish
elektr energiyasi
eksport
tadbirkor
jarima
madaniyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1c/60781213_0:135:1448:950_1920x0_80_0_0_f9ac34ecc545d3b2d38824b796f181df.png
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Oktabr oyi boshidan O‘zbekistonda transport, kommunal xizmatlar, davlat xizmatlari va tadbirkorlikka oid qator yangi tartiblar kuchga kiradi.Toshkentda yo‘lkira 2500 so‘m bo‘ladi1 oktabrdan Toshkentda avtobus va metroda bir martalik qatnov uchun elektron to‘lov 1700 so‘mdan 2500 so‘mga oshadi. Naqd pulda to‘lov 3000 so‘mligicha qoladi, bagaj uchun esa 4000 so‘m to‘lanadi. Tegishli qaror Toshkent shahar Kengashi tomonidan 25-sentabrda qabul qilingan.Transport kartasida bir soat ichida birinchi safar 2500 so‘m, avtobusda ikkinchi safar 1500 so‘m bo‘ladi, uchinchi va keyingi avtobus safarlari bepul. Maktab o‘quvchilari, talabalar, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga abonement tariflarida 50 foiz chegirma saqlanadi.Toshkent viloyatida suv 3-oktabrdan qimmatlaydiBu o‘zgarish 1-oktabrdan emas, 3-oktabrdan kuchga kiradi."Toshkent viloyati suv ta’minoti" xizmat ko‘rsatadigan aholi uchun bir kub metr ichimlik suvi QQS bilan 2912 so‘mdan 3472 so‘mga, oqova suv xizmati 1456 so‘mdan 1680 so‘mga oshadi.Iste’molchilar 3-oktabrga qadar oldindan to‘lovni amaldagi eski tarif bo‘yicha amalga oshirishlari mumkin.my.gov.uz da yangi xizmatlar paydo bo‘ladi1 oktabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni kengayadi.Jumladan, fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqamlari va bank kartalari haqida ma’lumot olishi mumkin bo‘ladi. Foydalanilmaydigan telefon raqami xizmatini to‘xtatish, raqamga ulangan pulli xizmatlarni tekshirish, bank kartasini bloklash yoki yopish uchun ariza yuborish imkoniyati ham yaratiladi.Shuningdek, ko‘chmas mulk yoki avtotransportni garovga qo‘yish va boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq qo‘yish yoki taqiqni bekor qilish xizmati ham my.gov.uz orqali ko‘rsatiladi.Fuqaro nomiga yangi notarial harakat rasmiylashtirilganda portal orqali avtomatik xabar berish tizimi ham joriy etiladi.Teatr, kino va konsertlarga bepul vaucherlar1 oktabrdan har yili 500 ming nafar o‘qituvchi, shifokor, davlat xizmatchisi, faol o‘quvchi va talabaga teatr, kino va konsertlarga bepul vaucher berish tizimi joriy etiladi.Bunday vaucher Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 100 ming oilaning bir nafar farzandiga va nogironligi bo‘lgan bolalarga ham beriladi. Mablag‘ ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi.Tadbirkor jarimaning yarmini to‘lab, qolganidan ozod bo‘lishi mumkin1 oktabrdan tadbirkor moliyaviy jarima haqida qaror berilganidan keyin bir oy ichida uning 50 foizini ixtiyoriy to‘lasa, qolgan yarmini to‘lashdan ozod etiladi.Ikkinchi variant — jarimani olti oy davomida teng qismlarga bo‘lib to‘lash. Buning uchun birinchi oyda jarimaning oltidan bir qismini to‘lash kifoya.Eksportda ayrim to‘lovlar 30 foizga kamayadi1 oktabrdan tovarlar eksportida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya va tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar 30 foizga kamaytiriladi.Soliq xavfi past va QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga importda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati ham beriladi.Qurilishni boshlash uchun ruxsat olish tartibi o‘zgaradi1 oktabrdan istiqbolli qurilish hududi Yagona identifikator tizimida maxsus raqam olmagan bo‘lsa, ushbu hududda qurilishni boshlash uchun ruxsatnoma berish taqiqlanadi.Yagona identifikator "Uy-joy" raqamli platformasida shakllanadi va "Shaffof qurilish" tizimi bilan integratsiya qilinadi. U qurilish loyihasi va obyekt haqidagi ma’lumotlarni yagona raqam orqali kuzatib borish imkonini beradi.Shuningdek, loyiha va kapital qurilish obyektining raqamli pasportlari joriy etiladi.Andijonda suyultirilgan gaz bo‘yicha tajriba boshlanadi1 oktabrdan Andijon viloyatida tadbirkorlarga import qilingan suyultirilgan gazni maishiy gaz ballonlarida iste’molchilarga erkin narxlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish imkoni beriladi.Loyiha hozircha tajriba tariqasida faqat Andijon viloyatida amalga oshiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260827/sentyabr-uzbekistan-ozgarishlar-59990888.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1c/60781213_0:0:1448:1086_1920x0_80_0_0_984023a8f233c7ed78b53e116121af40.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zgarishlar, narx-navo, suv, gaz, qurilish, elektr energiyasi, eksport, tadbirkor, jarima, madaniyat, yaidxp
o‘zgarishlar, narx-navo, suv, gaz, qurilish, elektr energiyasi, eksport, tadbirkor, jarima, madaniyat, yaidxp
Toshkentda yo‘lkira oshadi, my.gov, yangi imtiyozlar: 1-oktabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi
08:30 28.09.2026 (yangilandi: 09:28 28.09.2026) 1 oktabrdan Toshkentda elektron yo‘lkira 2500 so‘mga oshadi, my.gov da yangi xizmatlar ishga tushadi. 3-oktabrdan Toshkent viloyatida suv ham qimmatlaydi.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Oktabr oyi boshidan O‘zbekistonda transport, kommunal xizmatlar, davlat xizmatlari va tadbirkorlikka oid qator yangi tartiblar kuchga kiradi.
Toshkentda yo‘lkira 2500 so‘m bo‘ladi
1 oktabrdan Toshkentda avtobus va metroda bir martalik qatnov uchun elektron to‘lov 1700 so‘mdan 2500 so‘mga oshadi. Naqd pulda to‘lov 3000 so‘mligicha qoladi, bagaj uchun esa 4000 so‘m to‘lanadi. Tegishli qaror Toshkent shahar Kengashi tomonidan 25-sentabrda qabul qilingan.
Transport kartasida bir soat ichida birinchi safar 2500 so‘m, avtobusda ikkinchi safar 1500 so‘m bo‘ladi, uchinchi va keyingi avtobus safarlari bepul. Maktab o‘quvchilari, talabalar, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga abonement tariflarida 50 foiz chegirma saqlanadi.
Toshkent viloyatida suv 3-oktabrdan qimmatlaydi
Bu o‘zgarish 1-oktabrdan emas, 3 oktabrdan kuchga kiradi.
"Toshkent viloyati suv ta’minoti" xizmat ko‘rsatadigan aholi uchun bir kub metr ichimlik suvi QQS bilan 2912 so‘mdan 3472 so‘mga, oqova suv xizmati 1456 so‘mdan 1680 so‘mga oshadi.
Iste’molchilar 3-oktabrga qadar oldindan to‘lovni amaldagi eski tarif bo‘yicha amalga oshirishlari mumkin.
my.gov.uz da yangi xizmatlar paydo bo‘ladi
1 oktabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni kengayadi.
Jumladan, fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqamlari va bank kartalari haqida ma’lumot olishi mumkin bo‘ladi. Foydalanilmaydigan telefon raqami xizmatini to‘xtatish, raqamga ulangan pulli xizmatlarni tekshirish, bank kartasini bloklash yoki yopish uchun ariza yuborish imkoniyati ham yaratiladi.
Shuningdek, ko‘chmas mulk yoki avtotransportni garovga qo‘yish va boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq qo‘yish yoki taqiqni bekor qilish xizmati ham my.gov.uz orqali ko‘rsatiladi.
Fuqaro nomiga yangi notarial harakat rasmiylashtirilganda portal orqali avtomatik xabar berish tizimi ham joriy etiladi.
Teatr, kino va konsertlarga bepul vaucherlar
1 oktabrdan har yili 500 ming nafar o‘qituvchi, shifokor, davlat xizmatchisi, faol o‘quvchi va talabaga teatr, kino va konsertlarga bepul vaucher berish tizimi joriy etiladi.
Bunday vaucher Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 100 ming oilaning bir nafar farzandiga va nogironligi bo‘lgan bolalarga ham beriladi. Mablag‘ ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi.
Tadbirkor jarimaning yarmini to‘lab, qolganidan ozod bo‘lishi mumkin
1 oktabrdan tadbirkor moliyaviy jarima haqida qaror berilganidan keyin bir oy ichida uning 50 foizini ixtiyoriy to‘lasa, qolgan yarmini to‘lashdan ozod etiladi.
Ikkinchi variant — jarimani olti oy davomida teng qismlarga bo‘lib to‘lash. Buning uchun birinchi oyda jarimaning oltidan bir qismini to‘lash kifoya.
Eksportda ayrim to‘lovlar 30 foizga kamayadi
1 oktabrdan tovarlar eksportida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya va tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar 30 foizga kamaytiriladi.
Soliq xavfi past va QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga importda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati ham beriladi.
Qurilishni boshlash uchun ruxsat olish tartibi o‘zgaradi
1 oktabrdan istiqbolli qurilish hududi Yagona identifikator tizimida maxsus raqam olmagan bo‘lsa, ushbu hududda qurilishni boshlash uchun ruxsatnoma berish taqiqlanadi.
Yagona identifikator "Uy-joy" raqamli platformasida shakllanadi va "Shaffof qurilish" tizimi bilan integratsiya qilinadi. U qurilish loyihasi va obyekt haqidagi ma’lumotlarni yagona raqam orqali kuzatib borish imkonini beradi.
Shuningdek, loyiha va kapital qurilish obyektining raqamli pasportlari joriy etiladi.
Andijonda suyultirilgan gaz bo‘yicha tajriba boshlanadi
1 oktabrdan Andijon viloyatida tadbirkorlarga import qilingan suyultirilgan gazni maishiy gaz ballonlarida iste’molchilarga erkin narxlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish imkoni beriladi.
Loyiha hozircha tajriba tariqasida faqat Andijon viloyatida amalga oshiriladi.