Saida Mirziyoyeva Namangandagi fojiadan so‘ng o‘lim jazosi haqida fikr bildirdi

© Telegram/Saida MirziyoyevaSaida Mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2026
Obuna bo‘lish
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namangandagi fojiadan so‘ng vahshiyona jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qo‘llash kerakligini aytdi. O‘zbekistonda bu jazo 2008-yilda bekor qilingan
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namangan viloyatidagi fojia yuzasidan o‘zining Telegram-kanalida munosabat bildirib, bunday vahshiyona jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qo‘llash kerak, degan fikrni aytdi.

"Nazarimda, bunday vahshiyona jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qo‘llash kerak. Amaldagi qonunchilikda oliy jazo ko‘zda tutilmagan, shu bois javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish uchun qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlayapmiz", — deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.

Bu bayonot O‘zbekistonda o‘lim jazosining amaldagi huquqiy maqomi va uning qachon bekor qilingani haqidagi masalani ham dolzarb qildi. Mamlakatda o‘lim jazosi 2008-yildan beri bekor qilingan, 2023-yildan esa uning taqiqlanishi bevosita Konstitutsiyada mustahkamlangan.
O‘zbekistonda o‘lim jazosining huquqiy maqomi
Konstitutsiyaning 25-moddasida "O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi", deb belgilangan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston o‘lim jazosini bekor qilishga qaratilgan xalqaro majburiyatlarni ham o‘z zimmasiga olgan.
Mamlakat Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga doir Ikkinchi fakultativ protokol ishtirokchisi hisoblanadi. Ushbu hujjat a’zo davlatlardan o‘lim jazosini bekor qilish va ularning yurisdiksiyasida hech kim qatl etilmasligini ta’minlashni talab qiladi.
Shu tariqa, O‘zbekistonda o‘lim jazosining taqiqlanishi ham Konstitutsiya, ham mamlakat qabul qilgan xalqaro majburiyatlar bilan mustahkamlangan.
O‘lim jazosi qachon bekor qilingan?
Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda o‘lim jazosi mavjud edi.
1994 yilgi Jinoyat kodeksining dastlabki tahririda u qator o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun nazarda tutilgan.
2005 yilda o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi. 2008-yil 1-yanvardan u to‘liq bekor qilinib, uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etildi.
Namanganda nima bo‘lgan?
Namangan viloyatida besh yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgan bo‘lishi mumkinligi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bosh prokuratura 26-sentabr kuni jinoyat ishi viloyat prokuraturasidan Bosh prokuratura ish yurituviga olinganini va tergov Bosh prokurorning shaxsiy nazoratiga o‘tkazilganini ma’lum qildi.
Shuningdek, voqeani yashirish, unga yo‘l qo‘yish yoki mas’ul shaxslarning o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmagani aniqlangan taqdirda, ularning harakatlariga ham huquqiy baho berilishi bildirildi.
Gumonlanuvchining aybi faqat sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan belgilanadi.
Prezidentu dolojeni proyekti Gosprogrammi po realizatsii Strategii Uzbekistan-2030 v 2026 godu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2026
Pedofillarga umrbod qamoq, mahallada ochiqlik, $50 mlrd va 250 trln so‘m: dastur tasdiqlandi
Yangiliklar lentasi
0