MDH Turizm kengashiga raislik qilish O‘zbekistonga o‘tdi

© Press-slujba Ispolkoma SNGV Dushanbe proshlo ocherednoe zasedanie Soveta po turizmu gosudarstv-uchastnikov SNG
V Dushanbe proshlo ocherednoe zasedanie Soveta po turizmu gosudarstv-uchastnikov SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2026
Obuna bo‘lish
Dushanbeda MDH Turizm kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. MDHga a’zo davlatlar Turizm kengashiga raislik qilish O‘zbekistonga o‘tdi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qaror Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Kengash yig‘ilishida qabul qilindi. Yig‘ilishda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi.
Tomonlar MDH davlatlarining 2021–2030 yillarga mo‘ljallangan turizm sohasidagi hamkorlik strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2027–2028 yillar chora-tadbirlar rejasi loyihasini kelishib oldi. Hujjatni MDH Hukumat rahbarlari kengashi ko‘rib chiqishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, MDH doirasida turistik oqimlarni statistik hisobga olish va prognozlashning yagona tizimini yaratish hamda 2026–2027 yillarda Travel Hub "Hamdo‘stlik" xalqaro turistik loyihasini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda MDHning turizm sohasidagi tayanch tashkiloti — "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyati ham muhokama qilindi.
Kengashning 2027-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ham tasdiqlandi.
V Tashkente proydot seremoniya otkritiya Mejdunarodnogo goda ustoychivogo i jiznestoykogo turizma — 2027 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2026
BMT Turizm bilan bitim: Toshkentda 2027-yil — Barqaror turizm xalqaro yili rasman ochiladi
Yangiliklar lentasi
0