https://oz.sputniknews.uz/20260922/uzbekistan-ish-joy-yangi-tizim-60633938.html
O‘zbekistonda ish joyida jinsiy va jismoniy zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim joriy etiladi
O‘zbekistonda ish joyida jinsiy va jismoniy zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda davlat va xususiy tashkilotlarda tazyiq, zo‘ravonlik, ruhiy bosim va kamsitishga qarshi yangi tizim bosqichma-bosqich joriy etiladi. Davlat idoralari uchun maxsus onlayn murojaat portali ham ishga tushiriladi.
2026-09-22T11:11+0500
2026-09-22T11:11+0500
2026-09-22T11:16+0500
mehnat huquqi
yangi qonun
zo‘ravonlik
korxona
112 raqami
shikoyat
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/16/60633454_0:0:1448:815_1920x0_80_0_0_60422ce132fb447e11a4f9855dffd7d6.png
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekistonda ish joyida jinsiy va jismoniy zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, tazyiq, ruhiy bosim va kamsitishning oldini olishga qaratilgan yangi tizim joriy etiladi. Bu prezidentning “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.“Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash” dasturi barcha davlat va xususiy korxona, tashkilot va muassasalarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.Agar shikoyat portal uchun mas’ul xodim, uning rahbari yoki tashkilot mansabdori ustidan bo‘lsa, murojaat avtomatik ravishda yuqori turuvchi instansiyaga yuboriladi.Murojaatni tekshirish, dalillarni to‘plash, xulosa tayyorlash va axborot almashish jarayonlari ham portal orqali amalga oshiriladi. Tekshiruv natijalari va ko‘rilgan choralar haqidagi ma’lumotlarni o‘chirib yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.Agar holatda ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlari bo‘lsa, murojaat 112 yagona dispetcherlik xizmati orqali vakolatli organlarga yuboriladi.Xodim tomonidan yoki unga nisbatan sodir etilgan tazyiq, ruhiy bosim, kamsitish, shuningdek, shikoyat qilgani uchun ta’qib qilish holatlarini mehnat intizomini buzish sifatida baholash tavsiya qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20260707/mehnat-kodeks-shahvoniy-shilqimlikk-norma-58875661.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/16/60633454_0:0:1448:1086_1920x0_80_0_0_a6fa099340a81492cdb4a0c58ce74daa.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mehnat huquqi, yangi qonun, zo‘ravonlik, korxona, 112 raqami, shikoyat, jamiyat, o‘zbekiston
mehnat huquqi, yangi qonun, zo‘ravonlik, korxona, 112 raqami, shikoyat, jamiyat, o‘zbekiston
O‘zbekistonda ish joyida jinsiy va jismoniy zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim joriy etiladi
11:11 22.09.2026 (yangilandi: 11:16 22.09.2026) Yangi tartib davlat va xususiy tashkilotlarni qamrab oladi. Jinsiy va jismoniy zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim va kamsitishga qarshi choralar kuchaytiriladi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekistonda ish joyida jinsiy va jismoniy zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, tazyiq, ruhiy bosim va kamsitishning oldini olishga qaratilgan yangi tizim joriy etiladi. Bu prezidentning “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida
belgilandi.
“Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash” dasturi barcha davlat va xususiy korxona, tashkilot va muassasalarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.
2026 yil 1-dekabrgacha davlat organlari va tashkilotlari uchun maxsus portal ishga tushiriladi. Xodimlar unda tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha onlayn murojaat qoldirishi mumkin bo‘ladi.
Agar shikoyat portal uchun mas’ul xodim, uning rahbari yoki tashkilot mansabdori ustidan bo‘lsa, murojaat avtomatik ravishda yuqori turuvchi instansiyaga yuboriladi.
Murojaatni tekshirish, dalillarni to‘plash, xulosa tayyorlash va axborot almashish jarayonlari ham portal orqali amalga oshiriladi. Tekshiruv natijalari va ko‘rilgan choralar haqidagi ma’lumotlarni o‘chirib yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar holatda ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlari bo‘lsa, murojaat 112 yagona dispetcherlik xizmati orqali vakolatli organlarga yuboriladi.
Shuningdek, tashkilotlarga jinsiy yoki jismoniy zo‘ravonlik hamda shahvoniy shilqimlikni mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol buzish sifatida belgilash tavsiya etildi.
Xodim tomonidan yoki unga nisbatan sodir etilgan tazyiq, ruhiy bosim, kamsitish, shuningdek, shikoyat qilgani uchun ta’qib qilish holatlarini mehnat intizomini buzish sifatida baholash tavsiya qilindi.