1 oktabrdan Buxoroning tarixiy qismida skuter, moped va rikshalar harakati cheklanadi

© Sputnik / Baxrom XatamovBuxorodagi turistik hayot
Buxorodagi turistik hayot - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2026
Obuna bo‘lish
Cheklov Ark qo‘rg‘onidan Poyi Kalon va Haqiqat ko‘chasi orqali Labi Hovuzgacha bo‘lgan tarixiy hududda amal qiladi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. 1-oktabrdan Buxoro shahrining tarixiy qismida elektroskuter, riksha, moped, elektrosamokat va boshqa ayrim harakatlanish vositalaridan foydalanish cheklanadi. Bu Buxoro shahar hokimi qarorida belgilandi.
Cheklov Ark qo‘rg‘onidan Poyi Kalon ansambli, Haqiqat ko‘chasi bo‘ylab Labi Hovuz ansambligacha bo‘lgan hududda amal qiladi.
Qarorga ko‘ra, ushbu hududda qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lmagan yo‘lovchi tashish va individual harakatlanish vositalari, jumladan, elektroskuter, riksha, moped, to‘rt g‘ildirakli velosiped, elektrosamokat va karting harakati cheklanadi. Shuningdek, ot va tuyada harakatlanishga ham cheklov joriy etiladi.
Qaror qabul qilinishiga tarixiy hududda bunday vositalar soni keskin ko‘paygani, ularning tartibsiz harakatlanishi piyodalar va sayyohlar xavfsizligiga tahdid solayotgani hamda jarohat yetkazish bilan bog‘liq holatlar kuzatilgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Cheklov amal qiladigan hududning kirish va chiqish joylariga axborot ko‘rsatkichlari va tegishli yo‘l belgilari o‘rnatiladi.
Bunday vositalar orqali xizmat ko‘rsatuvchilarga Yangi O‘zbekiston bog‘i yoki Boqiy Buxoro bog‘i kabi maxsus hududlarda belgilangan tartibda faoliyat yuritish imkoniyatlari tushuntiriladi.
Djuma-mechet v Xive - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2026
Barcha madaniy meros obyektlari raqamlashtiriladi
Yangiliklar lentasi
0