Toshkent va Buxoroda 3 mlrd dollarlik aeroportlar qurilmoqda

© Foto : Prezident matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport loyihasi taqdimoti bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport loyihasi taqdimoti bilan tanishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2026
Obuna bo‘lish
Toshkent va Buxoroda qariyb 3 milliard dollarlik yangi aeroportlar qurilmoqda, yirik pulli yo‘l va temir yo‘l loyihalari ham amalga oshiriladi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev transport-logistika sohasidagi yirik loyihalarning borishi yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
2030 yilga qadar O‘zbekistonda transport xizmatlari hajmini ikki barobar oshirish, sohaga 9,1 milliard dollar investitsiya jalb qilish va xizmatlar eksportini 5,7 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Taqdimotda qator yirik infratuzilma loyihalarining borishi ko‘rib chiqildi:
Toshkent va Buxoroda umumiy qiymati qariyb 3 milliard dollarlik yangi aeroport majmualari qurilmoqda. Yangi Toshkent xalqaro aeroporti birinchi bosqichda yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi;
Buxoroda aerodrom infratuzilmasi barpo etilmoqda, yo‘lovchi terminalini qurish va boshqarish uchun xususiy sherik tanlash bo‘yicha xalqaro tender o‘tkazilmoqda;
Urganch va Namangan aeroportlarini davlat-xususiy sheriklik asosida, Andijon aeroportini esa xususiy operator ishtirokida modernizatsiya qilish rejalashtirilgan;
qiymati 2,2 milliard dollar bo‘lgan Toshkent – Samarqand pulli avtomobil yo‘li qurilishi boshlangan. Toshkent – Andijon va Toshkent – Bo‘stonliq pulli yo‘llari uchun investorlar aniqlanadi;
Maktaaral – Sirdaryo, Angren – Pop, Toshg‘uzor – Boysun – Qumqo‘rg‘on, Toshkent – Samarqand va To‘qimachi – Angren temir yo‘l uchastkalarini modernizatsiya qilishga 200 million dollar yo‘naltirish taklif qilindi. Bu ularning o‘tkazuvchanligini 25–30 foizga oshirish imkonini beradi.
Shuningdek, "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temir yo‘li qurilishi, Toshkent – Samarqand yo‘nalishida alohida yuqori tezlikdagi temir yo‘l barpo etish, hududlarda temir yo‘l tarmoqlarini kengaytirish va elektrlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yuk vagonlari parkini yangilash va bu jarayonga xususiy sektorni keng jalb qilish ham taklif etildi.
Suxoy port zanimayet 149 gektarov i vklyuchayet v sebya konteynernuyu ploshadku, terminal i jeleznodorojnie puti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2026
33,5 mln tonna: xalqaro yuk tashuvlarning 80 foizi ShHT davlatlari hissasiga to‘g‘ri keldi
Yangiliklar lentasi
0