O‘zbekistondagi saylov uchastkalarida Rossiya Davlat dumasi saylovi o‘tkazilmoqda - video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Rossiya fuqarolari Toshkent, Samarqand va Farg‘onada tashkil etilgan saylov uchastkalarida Davlat dumasi deputatlari uchun ovoz bermoqda.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasining to‘qqizinchi chaqiriq deputatlari saylovida ovoz berish o‘tkazilmoqda.
Mamlakatda to‘rtta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Ularning ikkitasi Toshkentda — Rossiya elchixonasi va Rus uyida, yana bittadan uchastka Samarqand va Farg‘onada ishlayapti. Uchastkalar mahalliy vaqt bilan soat 08:00 dan 20:00 gacha ochiq.
Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aleksey Yerxov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Toshkentdagi 8297-sonli saylov uchastkasida ovoz berish shtat rejimida o‘tayotganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uchastkada navbatlar yo‘q, birinchi marta ovoz berayotganlarga esa esdalik sovg‘alari topshirilmoqda. Soat 13:00 holatiga bu yerda qariyb 500 kishi ovoz bergan.
Ovoz berish jarayonini MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi va Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasi vakillari kuzatmoqda.
Rossiya Jamoatchilik palatasining ovoz berish ustidan jamoatchilik nazorati bo‘yicha vakili Vladimir Noskov saylovchilar o‘z huquqlaridan foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratilganini ta’kidladi.
"Hozirga qadar kuzatuvchilar tomonidan hech qanday qoidabuzarlik aniqlanmadi", — dedi u.
O‘zbekistonda Rossiya fuqarolari Toshkentdagi 8297 va 8256-sonli, Farg‘onadagi 8371-sonli hamda Samarqanddagi 8374-sonli uchastkalarda ovoz berishi mumkin.
Davlat dumasi saylovida Rossiyada ovoz berish 18-sentabrda boshlangan va 20-sentabrda yakunlanadi. Xorijdagi saylov uchastkalari uchun asosiy ovoz berish kuni 20-sentabr hisoblanadi.
Rossiyane v Uzbekistane aktivno golosuyut na viborax v Gosdumu RF  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2026
Toshkent, Samarqand va Farg‘onada rossiyaliklar Davlat dumasi uchun ovoz bermoqda
Yangiliklar lentasi
0