https://oz.sputniknews.uz/20260919/rossiya-dumasi-saylovida-ishtirok-etganlar-soni-40-foizdan-oshdi-60575395.html
Rossiya Dumasi saylovida ovoz berganlar soni 40 foizdan oshdi
Rossiya Dumasi saylovida ovoz berganlar soni 40 foizdan oshdi
Sputnik O‘zbekiston
Moskva vaqti bilan soat 18:15 holatiga ko‘ra, Davlat dumasiga saylovda ishtirok etganlar soni 40 foizdan oshdi. 19.09.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-09-19T20:52+0500
2026-09-19T20:52+0500
2026-09-19T20:53+0500
rossiya
markaziy saylov komissiyasi
saylovlar
rossiya davlat dumasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/13/60575505_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_1455cd9be05e5d445727b11d00f9be1b.jpg
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Moskva vaqti bilan soat 18:15 holatiga ko‘ra, Davlat dumasiga saylovda ishtirok etganlar soni 40,01 foizni tashkil etdi, deyiladi MSK saytidagi ma’lumotlarda.Rossiyada yagona ovoz berish kuni juma kuni boshlandi. Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova ta’kidlaganidek, saylovlar odatdagi tartibda o‘tmoqda, bunga provokatsiyalarga urinishlarga qaramay erishildi.Federal saylov okrugida "Yedinaya Rossiya", LDPR, Partiya pramoy demokratii, "Zelenie", "Spravedlivaya Rossiya", "Rodina", KPRF, Partiya pensionerov, "Kommunisti Rossii" va "Novie lyudi" partiyalari ishtirok etmoqda.Jami 2,2 mingdan ortiq turli darajadagi saylov kampaniyalari o‘tkaziladi. Rossiyaliklar 20,7 ming nafar deputat va ma’muriyat rahbarlarini saylaydi. Saylovlar 20-sentabrgacha davom etadi.Saylov uchastkalarining aksariyati soat 08:00 dan 20:00 gacha ishlaydi. Chegara hududlaridagi ayrim uchastkalar bundan mustasno - u yerda ovoz berish vaqti qisqartirilgan. Shu bilan birga, 33 ta hududda elektron ovoz berish jarayoni o‘tkazilmoqda.Saylovlarni 380 mingdan ortiq kuzatuvchilar ishtirok etmoqda. Ular orasida 133 ta davlat va 13 ta xalqaro tashkilot vakili bo‘lgan 1000dan ortiq xorijliklar ham bor.Rossiyaning yangi hududlari DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlari aholisi Duma saylovlarida birinchi marta ishtirok etmoqda. 152 ta xorijiy davlatlarda 333 ta saylov uchastkasi ochilgan. Shu jumladan O‘zbekistonda ham 4ta saylov uchastkasi ochilgan. Jizzax atom elektr stansiyasi qurilish maydonchasida ochilgan saylov uchastkasida 18-sentabr kuni 10ga yaqin rossiyalik mutaxassislar ovoz berishdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/13/60575505_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_9af475493cf75512e88609d46996bd8a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, markaziy saylov komissiyasi , saylovlar, rossiya davlat dumasi
rossiya, markaziy saylov komissiyasi , saylovlar, rossiya davlat dumasi
Rossiya Dumasi saylovida ovoz berganlar soni 40 foizdan oshdi
20:52 19.09.2026 (yangilandi: 20:53 19.09.2026) Moskva vaqti bilan soat 18:15 holatiga ko‘ra, Davlat dumasiga saylovda ishtirok etganlar soni 40 foizdan oshdi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Moskva vaqti bilan soat 18:15 holatiga ko‘ra, Davlat dumasiga saylovda ishtirok etganlar soni 40,01 foizni tashkil etdi, deyiladi MSK saytidagi ma’lumotlarda.
Rossiyada yagona ovoz berish kuni juma kuni boshlandi. Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova ta’kidlaganidek, saylovlar odatdagi tartibda o‘tmoqda, bunga provokatsiyalarga urinishlarga qaramay erishildi.
Federal saylov okrugida "Yedinaya Rossiya", LDPR, Partiya pramoy demokratii, "Zelenie", "Spravedlivaya Rossiya", "Rodina", KPRF, Partiya pensionerov, "Kommunisti Rossii" va "Novie lyudi" partiyalari ishtirok etmoqda.
Jami 2,2 mingdan ortiq turli darajadagi saylov kampaniyalari o‘tkaziladi. Rossiyaliklar 20,7 ming nafar deputat va ma’muriyat rahbarlarini saylaydi. Saylovlar 20-sentabrgacha davom etadi.
Saylov uchastkalarining aksariyati soat 08:00 dan 20:00 gacha ishlaydi. Chegara hududlaridagi ayrim uchastkalar bundan mustasno - u yerda ovoz berish vaqti qisqartirilgan. Shu bilan birga, 33 ta hududda elektron ovoz berish jarayoni o‘tkazilmoqda.
Saylovlarni 380 mingdan ortiq kuzatuvchilar ishtirok etmoqda. Ular orasida 133 ta davlat va 13 ta xalqaro tashkilot vakili bo‘lgan 1000dan ortiq xorijliklar ham bor.
Rossiyaning yangi hududlari DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlari aholisi Duma saylovlarida birinchi marta ishtirok etmoqda.
152 ta xorijiy davlatlarda 333 ta saylov uchastkasi ochilgan. Shu jumladan O‘zbekistonda ham 4ta saylov uchastkasi ochilgan. Jizzax atom elektr stansiyasi qurilish maydonchasida ochilgan saylov uchastkasida 18-sentabr kuni 10ga yaqin rossiyalik mutaxassislar ovoz berishdi.