https://oz.sputniknews.uz/20260917/skoda-elektropoezd-xarid-60513559.html
Toshkent kengashi "Škoda"dan 10 ta elektropoyezd xaridi loyihasini ma’qulladi
Toshkent kengashi "Škoda"dan 10 ta elektropoyezd xaridi loyihasini ma’qulladi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahar Kengashi Chexiyaning Škoda Transportation kompaniyasidan 10 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilish loyihasi konsepsiyasini ma’qulladi. Loyiha qiymati 120 mln yevro.
2026-09-17T16:41+0500
2026-09-17T16:41+0500
2026-09-17T19:34+0500
transport
toshkent
o‘zbekiston
chexiya
poyezd qatnovi
transport vazirligi
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/11/60518026_0:0:2914:1640_1920x0_80_0_0_272a758dade6c319907c2204533405f1.jpg
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi Chexiyaning "Škoda Transportation" kompaniyasidan 10 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilish loyihasi konsepsiyasini ma’qulladi. Masala kengashning navbatdagi sessiyasida "Shahar atrofida yo‘lovchi tashish" MChJ rahbariyati ishtirokida ko‘rib chiqildi.Qarorga ko‘ra, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan kiritilgan mazkur loyiha konsepsiyasi tasdiqlangan."Škoda Group" ma’lumotiga ko‘ra, loyiha qiymati 120 mln yevroni tashkil etadi. Yangi avloddagi 10 ta mintaqaviy elektropoyezd 1520 millimetrli temir yo‘l izlarida harakatlanishga mo‘ljallangan."O‘zbekiston temir yo‘llari" avvalroq poyezdlar 2027-yilda mamlakatga yetkazib berilishini ma’lum qilgan. Loyiha doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarishni qisman mahalliylashtirish, poyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish va mutaxassislar tayyorlash ham rejalashtirilgan.Transport vaziri Ilhom Mahkamovning 3-iyun kuni Qonunchilik palatasida ma’lum qilishicha, yangi elektropoyezdlar Termiz — Sariosiyo, Urganch — Nukus, Toshkent — Guliston — Bekobod, Toshkent — Angren, Toshkent — Xo‘jikent — Chinorkent va boshqa yo‘nalishlarda bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260618/ozbekiston-chexiyadan-10ta-skoda-elektropoezdi-sotib-oladi-58422716.html
o‘zbekiston
chexiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/11/60518026_583:0:2914:1748_1920x0_80_0_0_89d05f6d2bb66d48ef8502e7b1c03d1c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
transport, toshkent, o‘zbekiston, chexiya, poyezd qatnovi, transport vazirligi, iqtisod
transport, toshkent, o‘zbekiston, chexiya, poyezd qatnovi, transport vazirligi, iqtisod
Toshkent kengashi "Škoda"dan 10 ta elektropoyezd xaridi loyihasini ma’qulladi
16:41 17.09.2026 (yangilandi: 19:34 17.09.2026) Toshkent shahar kengashi "Škoda Transportation" kompaniyasidan 10 ta zamonaviy elektropoyezd xaridi konsepsiyasini ma’qulladi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi Chexiyaning "Škoda Transportation" kompaniyasidan 10 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilish loyihasi konsepsiyasini
ma’qulladi.
Masala kengashning navbatdagi sessiyasida "Shahar atrofida yo‘lovchi tashish" MChJ rahbariyati ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Qarorga ko‘ra, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan kiritilgan mazkur loyiha konsepsiyasi tasdiqlangan.
10 ta elektropoyezd yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 17-iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida "Shahar atrofida yo‘lovchi tashish" MChJ va "Škoda Transportation" o‘rtasida imzolangan edi.
"Škoda Group" ma’lumotiga ko‘ra, loyiha qiymati 120 mln yevroni tashkil etadi. Yangi avloddagi 10 ta mintaqaviy elektropoyezd 1520 millimetrli temir yo‘l izlarida harakatlanishga mo‘ljallangan.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" avvalroq poyezdlar 2027-yilda mamlakatga yetkazib berilishini ma’lum qilgan. Loyiha doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarishni qisman mahalliylashtirish, poyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish va mutaxassislar tayyorlash ham rejalashtirilgan.
Transport vaziri Ilhom Mahkamovning 3-iyun kuni Qonunchilik palatasida ma’lum qilishicha, yangi elektropoyezdlar Termiz — Sariosiyo, Urganch — Nukus, Toshkent — Guliston — Bekobod, Toshkent — Angren, Toshkent — Xo‘jikent — Chinorkent va boshqa yo‘nalishlarda bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.