MDH havo mudofaasi tizimi dronlarga qarshi moslashtiriladi

© Ispolnitelniy komitet SNGZasedanie Koordinatsionnogo Komiteta po voprosam protivovozdushnoy oboroni SNG.
Zasedanie Koordinatsionnogo Komiteta po voprosam protivovozdushnoy oboroni SNG. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2026
Obuna bo‘lish
Cho‘lponotada MDH davlatlari havo mudofaasini dronlarga qarshi moslashtirish va 2027-yilgi qo‘shma navbatchilikni muhokama qildi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Cho‘lponotada MDH davlatlari Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi Havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning 63-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda MDHning birlashgan havo hujumidan mudofaa tizimini rivojlantirish, 2027-yilda qo‘shma jangovar navbatchilikni tashkil etish hamda jangovar va tezkor tayyorgarlik tadbirlarini rejalashtirish masalalari muhokama qilindi.
MDH Ijroiya qo‘mitasi Xavfsizlik sohasida hamkorlik departamenti direktori Yevgeniy Klemez zamonaviy mojarolar tajribasi, raketa-kosmik texnologiyalar va yangi hujum vositalari havo mudofaasi tizimini yangilashni talab qilayotganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri tizimni uchuvchisiz uchish apparatlarini aniqlash va ushlashga moslashtirishdir.
Yig‘ilishda, shuningdek, qurol-yarog‘ va harbiy texnikani ishlab chiqish, modernizatsiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha hamkorlik, robotlashtirish, sun’iy intellekt, kiberhimoya va texnologik mustaqillik masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni general-mayor Ahmad Burhonov ishtirok etdi. U MDH Ijroiya qo‘mitasi yorlig‘i bilan taqdirlandi.
Yig‘ilish yakunida delegatsiyalar havo mudofaasi sohasidagi ikki va ko‘p tomonlama harbiy hamkorlik, shuningdek, yagona va birlashgan mintaqaviy tizimlarni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Dva istrebitelya McDonnell Douglas F/A-18 Hornet shveysarskix VVS vistupayut na aviashou v Bernskom Oberlande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2026
Toshkentda MDH HHM rahbarlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi: kuchli havo hujumidan mudofaa nega muhim?
Yangiliklar lentasi
0