Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

"Sputnik"da Rossiya va O‘zbekiston soliq sohasida kadrlar va raqamlashtirishni muhokama qiladi

© Sputnik / Baxrom XatamovPress-sentr Sputnik Uzbekistan
Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2026
Obuna bo‘lish
Toshkent — Moskva — Sankt-Peterburg videoko‘prigida soliq xizmati uchun kadrlar tayyorlash, AT kompetensiyalarni rivojlantirish va soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish masalalari muhokama qilinadi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Sputnik matbuot markazida “Rossiya — O‘zbekiston: kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik va soliq xizmati uchun raqamli texnologiyalar” mavzusida Toshkent — Moskva — Sankt-Peterburg videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir 17-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi.
Muhokama markazida kasbiy tajriba almashish, soliq xizmati uchun kadrlar tayyorlash va soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish, jumladan, AT kompetensiyalarni rivojlantirish va zamonaviy tahliliy vositalarni qo‘llash masalalari bo‘ladi.
Toshkentdagi ishtirokchilar:
— O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Xalqaro soliq munosabatlari boshqarmasi boshlig‘i Umid Azizov;
— O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Soliq solish metodologiyasi departamentining bosh davlat soliq inspektori Yevgeniya Gusakova;
— Toshkent viloyati Soliq boshqarmasi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limining bosh davlat soliq inspektori Mukambar Tadjibayeva.
Moskvada:
— Rossiya Federal soliq xizmati (FSX) Kasbiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Sergey Tokarev;
— FSX Lab akademiyasi rektori Ivan Efremov.
Sankt-Peterburgda:
— “FSX Lab — Neva” filiali direktori Andrey Veselov.
10 sentabr kuni Sankt-Peterburgda O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi huzuridagi Oliy soliq maktabi va Rossiyaning FSX Lab akademiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
2025 yilda Rossiya FSX tajribasiga asoslangan dasturlar bo‘yicha O‘zbekiston Soliq qo‘mitasining 99 nafar xodimi, 2026-yilda esa yana 36 nafar mutaxassis ta’lim oldi. Ikki yil davomida ular jami 15 ta dastur bo‘yicha o‘quvdan o‘tdi.
2027 yilda hamkorlikning navbatdagi bosqichi sifatida O‘zbekiston Soliq qo‘mitasining AT mutaxassislarini raqamli texnologiyalar bo‘yicha o‘qitish rejalashtirilgan.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev
Yangiliklar lentasi
0