https://oz.sputniknews.uz/20260916/olimpiadada-koreys-tili-qazilma-boyliklarda-hamkorlik--koreya-bilan-kelishuvlar-tafsiloti-60477696.html
Olimpiadada koreys tili, qazilma boyliklarda hamkorlik — Koreya bilan kelishuvlar tafsiloti
Olimpiadada koreys tili, qazilma boyliklarda hamkorlik — Koreya bilan kelishuvlar tafsiloti
Sputnik O‘zbekiston
Koreys tili O‘zbekistondagi olimpiadaga rasmiy fan sifatida kiritiladi. Nikel va kobaltni qidirish va baholash, tibbiy mahsulotlar hamda boshqa sohalar bo‘yicha yangi kelishuvlar tafsilotlari ham ochiqlandi.
2026-09-16T12:12+0500
2026-09-16T12:12+0500
2026-09-16T12:26+0500
janubiy koreya
olimpiada
qazilma boyliklari
hamkorlik
o‘zbekiston
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/10/60477882_0:85:1448:900_1920x0_80_0_0_d658117e19b38cf4b2b587335051a6b4.png
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida prezidentlar uchrashuvi hamda Seuldagi biznes forum yakunlari bo‘yicha kelishuvlarning yangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.Janubiy Koreya hukumati ma’lumotiga ko‘ra, ta’lim sohasidagi memorandum doirasida ikki mamlakat muassasalari, o‘qituvchi va o‘quvchilari o‘rtasidagi almashinuv kengaytiriladi. Shuningdek, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan olimpiadaga koreys tili rasmiy fan sifatida kiritiladi.Qazilma boyliklar bo‘yicha hamkorlik ham aniqlashtirildi. 15-sentabrdagi O‘zbekiston–Koreya biznes forumida Koreya geologiya va mineral resurslar instituti hamda O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi alohida memorandum imzoladi. Tibbiyot yo‘nalishida ikki davlat regulyatorlari dori vositalari va tibbiy texnikaga doir qonunchilik, ro‘yxatdan o‘tkazish, sifat va xavfsizlik bo‘yicha axborot almashadi. Koreya ma’lumotlariga ko‘ra, uning O‘zbekistonga tibbiy uskunalar eksporti 2021–2025 yillarda 10,6 mln dollardan 32,9 mln dollargacha, ya’ni uch barobardan ko‘proq oshgan. Dori vositalari eksporti esa 48 foizga o‘sgan.Boshqa kelishuvlarda qalbaki brend mahsulotlarini chegarada aniqlash bo‘yicha hamkorlik va qo‘shma nazorat tadbirlari, mahkumlarni o‘z vataniga o‘tkazish tartibi, fermerlar uchun moslashtirilgan agrotexnologik o‘quv dasturlarini ishlab chiqish ham nazarda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260914/uzbekistan-south-korea-hujjat-imzolanish-60439119.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/10/60477882_0:0:1448:1086_1920x0_80_0_0_efc409c28dd96cbce4083a8a7cd17eaf.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
janubiy koreya, olimpiada , qazilma boyliklari, hamkorlik, o‘zbekiston, jamiyat
janubiy koreya, olimpiada , qazilma boyliklari, hamkorlik, o‘zbekiston, jamiyat
Olimpiadada koreys tili, qazilma boyliklarda hamkorlik — Koreya bilan kelishuvlar tafsiloti
12:12 16.09.2026 (yangilandi: 12:26 16.09.2026) O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi yangi kelishuvlar ta’lim, muhim minerallar, tibbiyot hamda boshqa yo‘nalishlarni ham qamrab oldi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida prezidentlar uchrashuvi hamda Seuldagi biznes forum yakunlari bo‘yicha kelishuvlarning yangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
Janubiy Koreya hukumati ma’lumotiga
ko‘ra, ta’lim sohasidagi memorandum doirasida ikki mamlakat muassasalari, o‘qituvchi va o‘quvchilari o‘rtasidagi almashinuv kengaytiriladi. Shuningdek, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan olimpiadaga koreys tili rasmiy fan sifatida kiritiladi.
Qazilma boyliklar bo‘yicha hamkorlik ham aniqlashtirildi. 15-sentabrdagi O‘zbekiston–Koreya biznes forumida Koreya geologiya va mineral resurslar instituti hamda O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi alohida memorandum
imzoladi.
U nikel va kobaltni qidirish va baholash, ulardan foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Keyinchalik koreyalik kompaniyalarni investitsiya va konlarni o‘zlashtirish jarayoniga jalb etish rejalashtirilgan.
Tibbiyot yo‘nalishida ikki davlat regulyatorlari dori vositalari va tibbiy texnikaga doir qonunchilik, ro‘yxatdan o‘tkazish, sifat va xavfsizlik bo‘yicha axborot almashadi. Koreya ma’lumotlariga ko‘ra, uning O‘zbekistonga tibbiy uskunalar eksporti 2021–2025 yillarda 10,6 mln dollardan 32,9 mln dollargacha, ya’ni uch barobardan ko‘proq oshgan. Dori vositalari eksporti esa 48 foizga o‘sgan.
Boshqa kelishuvlarda qalbaki brend mahsulotlarini chegarada aniqlash bo‘yicha hamkorlik va qo‘shma nazorat tadbirlari, mahkumlarni o‘z vataniga o‘tkazish tartibi, fermerlar uchun moslashtirilgan agrotexnologik o‘quv dasturlarini ishlab chiqish ham nazarda tutilgan.