Janubiy Koreya bilan 13 ta hujjat: O‘zbekiston yana 8 ta yuqori tezlikdagi poyezd olishi mumkin

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev provel peregovori s Prezidentom Respubliki Koreya Li Chje Monom
Prezident Shavkat Mirziyoyev provel peregovori s Prezidentom Respubliki Koreya Li Chje Monom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2026
Obuna bo‘lish
Tomonlar mudofaa sohasida yangi loyihalar, Orol muammolarini hal etish, Koreya tibbiyotining mahalliy bozorga kirishi va ko‘chirilgan koreyslar tarixi muzeyini yakunlashga kelishdi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Janubiy Koreya qariyb 12 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar portfelini tayyorladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi prezidenti Li Chje Monning Seuldagi muzokaralari yakunlari bo‘yicha ma’lum qilindi.
Bundan tashqari, Koreya Eksimbanki bilan 8 milliard dollarlik Strategik hamkorlik dasturi qabul qilindi.
Davlat rahbarlari tor va kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazdi. Savdo, investitsiyalar, muhim minerallar, transport va infratuzilma iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

Koreya prezidenti ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, sammit yakunlari bo‘yicha 13 ta kelishuv, memorandum va shartnoma almashildi.

Yirik amaliy tashabbuslardan biri — O‘zbekiston uchun yana sakkizta yuqori tezlikdagi poyezd tarkibini yetkazib berish imkoniyatini o‘rganish. Tomonlar loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlashni boshlashga kelishdi.
Shuningdek, O‘zbekistonda milliy genom ma’lumotlari va biologik namunalarni saqlashga mo‘ljallangan “Biom markazi”ni tashkil etish, sun’iy intellekt, data-markazlar, muhim minerallar, farmatsevtika va biotexnologiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida faoliyat yuritayotgan maxsus “Korea Desk” mexanizmining roli kuchaytiriladi.

U O‘zbekistonda ishlayotgan koreys kompaniyalarining muammolarini tezkor hal etish va investitsiya muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.

Mudofaa sohasida ham hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va yangi qo‘shma loyihalarni shakllantirishga kelishildi.
Tomonlar tibbiyot, farmatsevtika va biotexnologiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish, jumladan, Koreya kompaniyalarining O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Tomonlar Orol dengizining qurishi, cho‘llanish va suv tanqisligi bilan bog‘liq ekologik muammolarni hal etish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishdi.
Prezidentlar 2027-yilda koreyslarning Markaziy Osiyoga ko‘chirilganiga 90-yil to‘lishi munosabati bilan Toshkentda barpo etilayotgan Koryo-saram tarixi muzeyi loyihasini muvaffaqiyatli yakunlashga ham kelishib oldi.
Shuningdek, navbatdagi Hududlararo forumni Samarqandda o‘tkazish hamda 2027-yilni “Madaniyat va o‘zaro almashinuvlar yili” deb e’lon qilishga kelishildi.
Flagi stran Sentralnoy Azii i Respubliki Koreya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2026
Koreya texnologiyalari va Markaziy Osiyo minerallari bir zanjirga birlashadi
Yangiliklar lentasi
0