O‘zbekistonda ilk yirik nanofiltratsiyali suv tozalash inshooti quriladi

© AO "Uzsuvta’minot"Podpisan memorandum o sotrudnichestve mejdu AO "Uzsuvta’minot" i China Energy Overseas Investment Co., Ltd
Podpisan memorandum o sotrudnichestve mejdu AO Uzsuvta’minot i China Energy Overseas Investment Co., Ltd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2026
Obuna bo‘lish
Yangi texnologiya suvni ortiqcha tuz va aralashmalardan tozalaydi, qattiqligini kamaytiradi va uning tarkibidagi zarur minerallarning bir qismini saqlab qolish imkonini beradi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor nanofiltratsiya texnologiyasi asosida yirik ichimlik suvi tozalash inshooti qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi inshoot Navoiy shahrida barpo etiladi. Loyihada nanofiltratsiya va mikrofiltratsiya kabi zamonaviy membranali texnologiyalardan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Oddiy qilib aytganda, nanofiltratsiyada suv maxsus membranalar orqali o‘tkaziladi. Ular suvdagi qattiqlikni keltirib chiqaruvchi kalsiy va magniy kabi moddalarning, shuningdek, ayrim organik aralashmalarning katta qismini ushlab qoladi.
Natijada suvning qattiqligi kamayib, uning sifatini barqarorlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.
11 sentabr kuni Xitoyda “O‘zsuvta’minot” AJ va "China Energy Overseas Investment Co., Ltd." vakillari loyihaning texnik yechimlari va uni amalga oshirishning keyingi bosqichlarini muhokama qildi.
Tomonlar loyihani ishlab chiqishni jadallashtirish va amaliy ishlarga yaqin muddatlarda kirishishga kelishib oldi. Uchrashuv yakunida suv ta’minoti va oqova suv sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Uroven obespechennosti naseleniya pityevoy vodoy v Uzbekistane dostignet 83,5% - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2026
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 83,5 foizga yetkaziladi — asosiy rejalar
Yangiliklar lentasi
0