Jahon va Yevropa chempionlari ikki rossiyalik sinxronchi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi

© Federatsiya "Uzbekistan Aquatics"Dve rossiyskie sinxronistki prisoyedinilis k sbornoy Uzbekistana
Dve rossiyskie sinxronistki prisoyedinilis k sbornoy Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2026
Obuna bo‘lish
Rossiyalik taniqli badiiy suzish sportchilari Anastasiya Baxtireva va Violetta Yevenko O‘zbekiston terma jamoasi safida Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Rossiyalik taniqli badiiy suzish bo‘yicha sportchilar Anastasiya Baxtireva va Violetta Yevenko endi O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ishtirok etadi. Bu haqda Uzbekistan Aquatics federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
World Aquatics sportchilarning O‘zbekiston terma jamoasi safida faoliyatini davom ettirish istagini qo‘llab-quvvatlab, belgilangan tartibda ularning sport fuqaroligini o‘zgartirishini ma’qulladi.
Hozir Baxtireva va Yevenko O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Ular “ayollar dueti” yo‘nalishida mamlakat sharafini himoya qilishga tayyorlanyapti. Duetning zaxira tarkibiga O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sabina Mahmudova kiritildi.
Anastasiya Baxtireva — uch karra Yevropa chempioni, ikki karra Jahon seriyasi va Do‘stlik o‘yinlari chempioni. Shuningdek, u 2025-yilgi jahon chempionatining ikki karra kumush medali sohibi.
Violetta Yevenko yoshlar o‘rtasida uch karra jahon chempioni. U, shuningdek, Yevropa chempionatlari va Jahon seriyasi musobaqalarida g‘olib chiqqan.
© Federatsiya "Uzbekistan Aquatics"Dve rossiyskie sinxronistki prisoyedinilis k sbornoy Uzbekistana
Dve rossiyskie sinxronistki prisoyedinilis k sbornoy Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2026
Dve rossiyskie sinxronistki prisoyedinilis k sbornoy Uzbekistana
Jamoani oliy sportda 19-yillik tajribaga ega murabbiy Yuliya Miteva tayyorlamoqda. Uning tarbiyalanuvchilari orasida jahon va Yevropa chempionatlari g‘oliblari hamda Olimpiada chempioni bor.
Yangi duet uchun eng yaqin yirik musobaqalardan biri Aichi-Nagoyada o‘tadigan Osiyo o‘yinlari bo‘ladi.
Tennis. St. Petersburg Ladies Trophy 2020 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2025
Dunyo reytingidagi top tennischi endi O‘zbekiston bayrog‘i ostida qatnashadi
Yangiliklar lentasi
0