Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Qurshov halqasi qisqarmoqda: Rossiya qo‘shinlari uch aholi punktini ozod qildi

© RIA NovostiRossiyskiy voyennoslujashiy v zone provedeniya spetsoperatsii.
Rossiyskiy voyennoslujashiy v zone provedeniya spetsoperatsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2026
Obuna bo‘lish
Avvalroq Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyatidagi Chernyakov aholi punktini ham nazoratga olgani xabar qilingan edi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyatidagi Shirokoe va Shevchenkovo, shuningdek, Zaporojye viloyatidagi Novoandreyevka aholi punktlarini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Shimol” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Xarkov viloyatida qurshov halqasini qisqartirish va tashqi nazorat zonasini kengaytirishda davom etmoqda.
Shu harakatlar doirasida Shirokoe aholi punkti ozod qilindi. Ayni paytda Malaya Volchya aholi punkti uchun faol janglar davom etmoqda.

Ukraina qo‘shinlarining bir sutkadagi yo‘qotishlari 60 nafargacha harbiy xizmatchini tashkil etdi. Chornoe aholi punkti yaqinida qurshovdan chiqishga uringan zirhli jangovar mashina va undagi shaxsiy tarkib ham yo‘q qilindi.

© Sputnik"Kotol" dlya VSU v Xarkovskoy oblasti
Kotol dlya VSU v Xarkovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2026
"Kotol" dlya VSU v Xarkovskoy oblasti
Tashqi nazorat zonasini kengaytirish bo‘yicha harakatlar natijasida Xarkov viloyatidagi Shevchenkovo aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi.
Shu bilan birga, “Dnepr” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Zaporojye viloyatidagi Novoandreyevka qishlog‘ini ozod qildi.
Avvalroq “Shimol” guruhi Xarkov viloyatidagi Chernyakov aholi punktini nazoratga olgan edi.
Boyevaya podgotovka tankistov 25 armii gruppirovki voysk Zapad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya harbiylari DXR va Zaporojye viloyatidagi 2 ta qishloqni ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0