https://oz.sputniknews.uz/20260914/muammo-kredit-foizlar-60423621.html
2028 yildan muammoli kreditlar bo‘yicha olinmagan foizlar balansdan chiqariladi
2028 yildan muammoli kreditlar bo‘yicha olinmagan foizlar balansdan chiqariladi
Sputnik O‘zbekiston
Bank aktivlari “standart”dan “umidsiz”gacha besh toifaga ajratiladi. Qaytmas aktivlar uchun 100 foiz zaxira yaratiladi, restrukturizatsiya qilingan kreditni yaxshilash uchun 6–12 oylik sinov davri belgilanadi.
2026-09-14T10:43+0500
2026-09-14T10:43+0500
2026-09-14T10:59+0500
markaziy bank
yangi qonun
kredit
bank
qarz
iqtisod
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/04/21226075_0:104:2000:1229_1920x0_80_0_0_88573769746158ecc5db178eca03f0c6.jpg
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekistonda banklarning muammoli kreditlar va boshqa aktivlarni baholash hamda ehtimoliy yo‘qotishlarni hisobga olish tartibi yangilanadi. Adliya vazirligi Markaziy bank boshqaruvining tegishli nizomini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.Yangi tartib banklar, shu jumladan, mikromoliya banklari va islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarga tatbiq etiladi.Aktivlar “standart”, “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarga ajratiladi. Ular bo‘yicha mos ravishda 1, 10, 25, 50 va 100 foiz miqdorida ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxira shakllantiriladi.2028 yil 1-yanvardan esa muammoli aktivlarga “foizlarni o‘stirmaslik” maqomi beriladi. Hisoblangan, ammo bank tomonidan amalda olinmagan foiz va boshqa daromadlar balansdan tashqari hisobvaraqlarda yuritiladi.Aktivni zaxira hisobidan balansdan chiqarish qarzdorning majburiyati bekor qilinganini anglatmaydi — bank qarzni undirishni davom ettirishi mumkin.Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatida tijorat banklaridagi muammoli kreditlar 22,9 trln so‘mni, ya’ni jami kredit portfelining 3,6 foizini tashkil etgan. Yil boshida bu ko‘rsatkich 18,1 trln so‘m yoki 3% edi
https://oz.sputniknews.uz/20260812/kredit-reklama-xatarlar-ogohlantirish-59649284.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/04/21226075_0:93:1654:1333_1920x0_80_0_0_c56a01a37d12febffa30d82d1f03dd6c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy bank, yangi qonun, kredit, bank, qarz, iqtisod, o‘zbekiston
markaziy bank, yangi qonun, kredit, bank, qarz, iqtisod, o‘zbekiston
2028 yildan muammoli kreditlar bo‘yicha olinmagan foizlar balansdan chiqariladi
10:43 14.09.2026 (yangilandi: 10:59 14.09.2026) Tartibga ko‘ra, banklar muammoli kreditlar bo‘yicha hisoblangan, ammo olinmagan foizlarni balansdan tashqari hisobga o‘tkazadi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekistonda banklarning muammoli kreditlar va boshqa aktivlarni baholash hamda ehtimoliy yo‘qotishlarni hisobga olish tartibi yangilanadi. Adliya vazirligi Markaziy bank boshqaruvining tegishli nizomini davlat ro‘yxatidan
o‘tkazdi. Hujjat 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Yangi tartib banklar, shu jumladan, mikromoliya banklari va islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarga tatbiq etiladi.
Aktivlar “standart”, “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarga ajratiladi. Ular bo‘yicha mos ravishda 1, 10, 25, 50 va 100 foiz miqdorida ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxira shakllantiriladi.
To‘lov muddati uzaytirilgan yoki boshqa shartlari yengillashtirilgan kreditni yaxshiroq toifaga o‘tkazish uchun qarzdor 6 yoki 12 oy davomida to‘lovlarni barqaror amalga oshirishi kerak bo‘ladi.
2028 yil 1-yanvardan esa muammoli aktivlarga “foizlarni o‘stirmaslik” maqomi beriladi. Hisoblangan, ammo bank tomonidan amalda olinmagan foiz va boshqa daromadlar balansdan tashqari hisobvaraqlarda yuritiladi.
Aktivni zaxira hisobidan balansdan chiqarish qarzdorning majburiyati bekor qilinganini anglatmaydi — bank qarzni undirishni davom ettirishi mumkin.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatida tijorat banklaridagi muammoli kreditlar 22,9 trln so‘mni, ya’ni jami kredit portfelining 3,6 foizini tashkil etgan. Yil boshida bu ko‘rsatkich 18,1 trln so‘m yoki 3% edi