https://oz.sputniknews.uz/20260911/madaniy-meros-60359675.html
Barcha madaniy meros obyektlari raqamlashtiriladi
Barcha madaniy meros obyektlari raqamlashtiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Madaniy merosni rivojlantirish strategiyasini qabul qilish va sohada yagona raqamli platforma yaratish rejalashtirilmoqda. 11.09.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-09-11T10:19+0500
2026-09-11T10:19+0500
2026-09-11T13:04+0500
jamiyat
o‘zbekiston
madaniy boyliklar
madaniy meros agentligi
madaniyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/15/55130100_0:57:1106:679_1920x0_80_0_0_94067af196c4abfbebe8c6f516c356cd.jpg
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. O‘zbekistonda 2030-yilga qadar barcha madaniy meros obyektlarini raqamlashtirish rejalashtirilgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimotda ma’lum bo‘ldi.Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish uchun davlat budjetidan 466,4 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. 305 ta loyiha-smeta hujjati tayyorlandi, 55 ta obyektda ishlar yakunlandi, yana 152 ta obyektda ishlar davom etmoqda.Ushbu ishlarni tizimlashtirish maqsadida 8 183 ta madaniy meros obyekti bo‘yicha kadastr hujjatlari shakllantirildi. Yodgorliklarni qisqa muddatli ijaraga berish orqali 4 187 ta tadbirkorlik subyekti jalb etilib, sohaviy jamg‘armaga 27,9 mlrd so‘m yo‘naltirildi. 2025-yilda 52 ta obyektga 152,9 mlrd so‘m miqdorida mahalliy va xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.Qayd etilishicha, O‘zbekistonda Heritage Impact Assessment (HIA) – merosga ta’sirni baholashning prinsipial yangi tizimini joriy etish Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz kabi noyob tarixiy shaharlar va Toshkentning modernizm me’morchiligini jadal qurilish hamda infratuzilma rivoji sharoitida himoya qilishda muhim qadam bo‘ladi.Madaniy merosning yagona raqamli platformasini, obyektlarning raqamli egizaklarini, Heritage Open Data tizimini, shuningdek, madaniy meros bo‘yicha situatsion markazni tashkil etish taklif etilmoqda.Bu markaz IoT-sensorlar, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari, videotahlil va sun’iy intellekt vositalaridan foydalangan holda monitoring olib borish imkonini beradi.Turistik yuklamani boshqarish maqsadida Visitor Management tizimini joriy etish, raqamli chiptalardan foydalanishni kengaytirish, sayyohlar oqimini prognoz qilish va zarurat tug‘ilganda ayrim obyektlarga tashrif buyuruvchilar soniga cheklov o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda.Shuningdek, 2027−2035 yillarga mo‘ljallangan Madaniy merosni rivojlantirish strategiyasini qabul qilish taklif etildi. Unda madaniy merosni raqamlashtirish, moddiy va nomoddiy merosni saqlash, madaniy boyliklarni Vatanga qaytarish, tabiiy merosni muhofaza qilish hamda restavratsiya sohasini rivojlantirish dasturlari nazarda tutiladi.Turli tarixiy davrlarda mamlakat hududidan olib chiqib ketilgan noyob tarixiy yodgorliklar, arxeologik artefaktlar, nodir qo‘lozmalar va san’at asarlarini tizimli ravishda izlash, huquqiy himoya qilish hamda vatanga qaytarish maqsadida Prezident huzurida madaniy boyliklarni repatriatsiya qilish bo‘yicha komissiya tuzishga qaror qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20260712/bukhara-sayyohlar-shahar-58084064.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/15/55130100_62:0:1045:737_1920x0_80_0_0_507f48800412165254ab093cbe0cd2b4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, madaniy boyliklar, madaniy meros agentligi, madaniyat
jamiyat, o‘zbekiston, madaniy boyliklar, madaniy meros agentligi, madaniyat
Barcha madaniy meros obyektlari raqamlashtiriladi
10:19 11.09.2026 (yangilandi: 13:04 11.09.2026) Madaniy merosni rivojlantirish strategiyasini qabul qilish va sohada yagona raqamli platforma yaratish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. O‘zbekistonda 2030-yilga qadar barcha madaniy meros obyektlarini raqamlashtirish rejalashtirilgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimotda
ma’lum bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish uchun davlat budjetidan 466,4 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. 305 ta loyiha-smeta hujjati tayyorlandi, 55 ta obyektda ishlar yakunlandi, yana 152 ta obyektda ishlar davom etmoqda.
Ushbu ishlarni tizimlashtirish maqsadida 8 183 ta madaniy meros obyekti bo‘yicha kadastr hujjatlari shakllantirildi. Yodgorliklarni qisqa muddatli ijaraga berish orqali 4 187 ta tadbirkorlik subyekti jalb etilib, sohaviy jamg‘armaga 27,9 mlrd so‘m yo‘naltirildi. 2025-yilda 52 ta obyektga 152,9 mlrd so‘m miqdorida mahalliy va xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda Heritage Impact Assessment (HIA) – merosga ta’sirni baholashning prinsipial yangi tizimini joriy etish Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz kabi noyob tarixiy shaharlar va Toshkentning modernizm me’morchiligini jadal qurilish hamda infratuzilma rivoji sharoitida himoya qilishda muhim qadam bo‘ladi.
Madaniy merosning yagona raqamli platformasini, obyektlarning raqamli egizaklarini, Heritage Open Data tizimini, shuningdek, madaniy meros bo‘yicha situatsion markazni tashkil etish taklif etilmoqda.
Bu markaz IoT-sensorlar, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari, videotahlil va sun’iy intellekt vositalaridan foydalangan holda monitoring olib borish imkonini beradi.
Turistik yuklamani boshqarish maqsadida Visitor Management tizimini joriy etish, raqamli chiptalardan foydalanishni kengaytirish, sayyohlar oqimini prognoz qilish va zarurat tug‘ilganda ayrim obyektlarga tashrif buyuruvchilar soniga cheklov o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, 2027−2035 yillarga mo‘ljallangan Madaniy merosni rivojlantirish strategiyasini qabul qilish taklif etildi. Unda madaniy merosni raqamlashtirish, moddiy va nomoddiy merosni saqlash, madaniy boyliklarni Vatanga qaytarish, tabiiy merosni muhofaza qilish hamda restavratsiya sohasini rivojlantirish dasturlari nazarda tutiladi.
Turli tarixiy davrlarda mamlakat hududidan olib chiqib ketilgan noyob tarixiy yodgorliklar, arxeologik artefaktlar, nodir qo‘lozmalar va san’at asarlarini tizimli ravishda izlash, huquqiy himoya qilish hamda vatanga qaytarish maqsadida Prezident huzurida madaniy boyliklarni repatriatsiya qilish bo‘yicha komissiya tuzishga qaror qilindi.